13. Abonentlar holatini keng tarzda talqin etish jihatidan;
C&C08 stansiyasining dasturiy ta’minotidagi mavjud buyruqlar yordamida abonentlarning holatini keng tarzda talqin qilish mumkin. Masalan: abonent foydalanayotgan qo‘shimcha xizmat turlarini qurish, abonent foydalanayotgan ta’rif rejalari va boshqa xizmat turlarini aniqlash mumkin.
14. Signalizatsiya tizimi jihatidan;
C&C08 stansiyasi butun jahon standarti asosidagi signalizatsiya tizimida ishlaydi. Bu tizim CAS, OKC-7, R-1, R-1,5, R-2, R-5 kabi signalizatsiya tizimlarini oson adaptatsiya qila oladi.
15. Xizmat ko‘rsatish jihatidan;
S-12 stansiya tizimi har xil axborot manbaini ulashga yo‘l beradi.
analog abonent liniyasini;
korxona ATS abonentlarini; Konsentratorni va hokazo.
Bundan tashqari, tizim paket kommutatsiya tarmog‘i, keng yo‘lakli ISDN tarmog‘i, aloqani boshqarish tarmog‘i, uyali tarmoq va xokazolar bilan hamkorlikda ishlay oladi. C&C08 tizimida UfTT (PSTN) ga, intellektual tarmoq IN ga, ISDN ga, Internetga integralli ulash imkonini beradi. Bu tizim katta
sig‘imli ochiq apparatli va servisli interfeyslar to‘liq to‘plamini qo‘llaydi. Ularga analog abonent liniya Z interfeysi, ISDN interfeysi (BRI va PRI), V.5 interfeysi, ulash liniya A interfeysi, LAN interfeysi (Ethernet 10Mb/c, FDDI 100Mb/s), V.24 (CR5-238), va V.35 standartli DCE-DTE interfeysi, SDH 155,52 Mbit/s interfeysi, PHI paketli kommutatsiya tarmoq bilan aloqa interfeysi kiradi.
C&C08 tizimining afzallikaridan yana biri NGN texnologiyasini adaptatsiya qilaoladi.
XAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
Elektr va aloqa ishchi xizmatchilari uchun mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha umumiy qoidalar va talablar
Aloqa sohasidagi ishchi xizmatchilar, xavfsizlik bo‘yicha kirish, ish joylarida tushuntirish qoidalaridan hamda bilim sinovidan o‘tgan asbob uskuna, maxsus kiyim va himoya vositalari to‘liq va yaroqli bo‘lgan tibbiy ko‘rikdan o‘tgan hollarida 18 yoshga to‘lgan shaxslarga ishlab chiqarishga ruxsat etiladi.
Ish joylarida va korxona hududida namunali xulqqa ega bo‘lishi kerak, ya’ni ish davomida spirtli ichimliklar ichmaslik, giyohvandlik moddalarini iste’mol qilmaslik, mehnat qonunlarida xavfsizlik texnika qoidalariga rilya qilish lozim.
Baxtsiz hodisalar sodir bo‘lganda, eng avvalo jabrlanuvchiga birinchi tibbiyo yordam ko‘rsatish, so‘ngra rahbariyatga xabar bershi lozim. Qurilma, apparat asboblarda, kabel tarmoqlarida sodir bo‘lgan nosozliklarni o‘zboshimchalik bilan tuzatish yoki ta’mirlashga ruxsat etilmaydi.
Ishchi xizmatchilar doimo ish jarayonida shaxsiy gigiena, yong‘in va portlash xavflarini oldini olish qoidalarini va talablarini bilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |