Ulashni o‘rnatish fazasi.
SSV ma’lumotlar bazasidan chaqirilayotgan abonent xakida axborotni kidirishni amalga oshiradi va chaqirilayotgan tomonga band etish axborotini uzatadi.
Chaqirilayotgan tomonda chaqirilayotgan abonent qurilmalar holatini aniqlanadi, agar bo‘sh bo‘lsa, u xabardor qilinadi va kirish chaqiruvini qabul qilish holatida turganligi belgilanadi. Bir vaqtda SSV moduliga chaqirilayotgan abonenti chaqirik signali bilan xabardor qilinayotgani haqida xabar beriladi.
SSV chaqirik signali berilganiyotganiga ishonch hosil qilsa, u chaqirayotgan abonentga chaqirikni nazorat signalini uzatadi. Ulash javob signalini qabul qilish fazasiga o‘tadi.
Javob signalini qabul qilish fazasi.
1 - birinchi raqam
2 - “stansiya tayyor” signalini uzish
3 - nomerdagi keyingi raqamlar
4 - information xabari
5 - prefiksni taxlili
6 - chikaruvga ishlov berish (Call processing) xabari
7 - DTMF bo‘shatish
8 - Setup xabari
9 – chaqirilayotgan abonentga chaqirik signalini uzatish
10 - xabardor qilish xabari (Alerting)
11 - Alerting xabari (chaqirik signal nazorati xakida bildirish)
12 - chaqirik signalini nazoratini eshitish
Chaqirilayotgan abonent chaqirikka javob berganida ASL komplekti chaqirik signalini uzadi va tarmoq tomon Connect xabarini uzatadi.
SSV chaqirayotgan abonentga chaqirikni nazorat signalini uzatishni to‘xtatadi va chaqirayotgan va chaqirilayotgan abonentlar orasida nutk traktini ulaydi. Chaqiruv so‘zlashuv fazasiga o‘tadi.
So‘zlashuv va uzish fazalari.
1 - chaqirilayotgan abonentning go‘shak ko‘targanligi to‘g‘risidagi xabar
2 - Connect xabari ulashni o‘rnatish
3 - Connect xabari
ConnectAck xabari (tasdigi)
- so‘zlashuv fazasi
6 - ConnectAck xabari
7 - go‘shak ko‘yilgan haqida xabar
8 - Disconnect xabari
9 - Release xabari (uzish)
10 - Release xabari
11 - “band” signalini uzatish
12 - Release Complete xabari (uzish tugatildi)
13 - go‘shak qo‘yilgan haqida xabar
ASL komplekti chaqirayotgan abonent tomonidan MT go‘shak qo‘yganini aniqlaganida, SSV ga uzishga so‘rov uzatadi.
Agar SSV ulashni uzish mumkinligini tasdiqlasa, u chaqirayotgan va chaqirilayotgan abonentlar SPM modullariga chaqiruvni uzish indikatsiya xabarini uzatadi.
Chaqirayotgan abonent SPM moduli uzish xabarini qabul qilganidan keyin, u bo‘sh holatga o‘tadi.
Chaqirilayotgan abonent SPM moduli uzish xabarini qabul qilganidan keyin, chaqirilayotgan abonentga “band” signalini uzatadi va bu tonal signalini uzatish taymerini ishga tushiradi. Chaqirilayotgan abonent MT go‘shagini qo‘yganida, SPM bo‘sh holatga o‘tadi
Do'stlaringiz bilan baham: |