Terminal blok tuzilishi
GI bosqichi sifatida bitta multiportning ishlatilishi, kichik sig‘imli ATS qurishga imkon beradi. Bunda multiportning hamma 16 porti terminal va tizim modullarini ulash uchun ishlatilishi mumkin. Lekin ATS sig‘imini oshirib bo‘lmaydi.
Shuning uchun, S-12 tizimli stansiyalarida GI bosqichining birinchi zvenosidagi multiportining 0-7 portlari terminal subbloklarni ulash uchun ajratilgan, qolgan 8-15 portlar keyinchalik raqamli kommutatsiya maydonining sig‘imini oshirish uchun ishlatiladi. Ulash o‘rnatilayotganda multiport faqat ishga tushirilgan portlar ishlatadi.
Seksiya tuzilishi
O‘rta va katta sig‘imli ATS larning kommutatsiya maydonini qurishda bir necha terminal blok ishlatilishi mumkin. Shuning uchun ular orasidagi hamkorlikni bajarish uchun kommutatsiya maydonida ikkinchi zveno qo‘yiladi. SHunday qilib, har bir zveno modullarning yangi guruhini ulaydi. Bu zvenolar GI deb ataladi. Zvenolar orasidagi aloqa uchun birinchi zvenodagi multiportning 8-5- portlari va ikkinchi zvenodagi multiportning 0-7- portlari ishlatiladi.
Bunday konfiguratsiya seksiya deb ataladi (Section). Ikkinchi zveno multiportlarning 8-5 - portlari kommutatsiya maydonining sig‘imini oshirish uchun ishlatiladi. Bunda uchinchi zveno kiritiladi. Agar uchinchi zveno ishlatilmasa, bu port ishlatilmaydi.
Birinchi va ikkinchi zvenolar orasidagi aloqani aniqlovchi birinchi zveno multiportning raqami ikkinchi zveno port raqamiga teng; 8 ga (n-8) kamaytirilgan birinchi bosqich port raqami ikkinchi zveno multiport raqamiga teng.
Uchta GI zvenoli RKM ning tuzilishi
RKM ning sig‘imiga qarab 1 dan 16 gacha seksiya ishlatilishi mumkin. Seksiyalar bir-biri bilan hamkorlikda bo‘lishi uchun GI zvenosi ishlatiladi. Bu bosqich oxirgi hisoblanadi va multiportdagi amma portlar seksiyalarni ulash uchun ishlatiladi.
Uchinchi bosqich 8 guruhdan tashqil topgan xar bir guruhga 8 multiport kiradi. Bu multiportlarning har biri hamma seksiyalar bilan ulangan. Seksiya va guruh yig‘indisi ikkilikni hosil qiladi.
Xizmat ko‘rsatilayottan telefon yuklanishiga qarab, RKM da to‘rttagacha tekislik bo‘lishi mumkin. RKM dagi mustahkamlikni oshirish uchun ikkita tekislikdan kam ishlatilmaydi. Tekisliklar kirish kommutatorining AS (8-11 portlari) mos portlari bilan bog‘langan.
Mahalliy ATS larni qurish uchun ikkita tekislik ishlatiladi. Tranzit tugunlarida va AMTS larda uchta yoki to‘rtta tekislik ishlatiladi. Shunday qilib, RKM da ikkitadan to‘rttagacha tekislik bo‘lishi mumkin. Har bir tekislikda bittadan uchtagacha zveno (GI bosqichi ) bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |