Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/20
Sana02.11.2019
Hajmi1,58 Mb.
#24856
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
moliya va soliqlar 1-qism fanidan maruza matni


 
Nazorat savollari. 
 
1.  Moddiy ishlab chiqarish sohasida qanday moliyaviy munosabatlar yuzaga keladi?  
2.  Moddiy ishlab chiqarish sohasi moliyasining xususiyatlari nimalardan iborat? 
3.  Noishlab chiqarish sohasida qanday moliyaviy munosabatlar vujudga keladi? 
4.  Noishlab chiqarish sohasi moliyasining xususiyatlari nimalardan iborat? 

 
 
 
51
 
 
4-mavzu. Korxonalar va tashkilotlar moliyasi /8 soat/ 
 
2-ma’ruza. Tijorat tashkilotlari va korxonalarining moliyasi 
 
Reja 
 
1.  Tijorat tashkilotlari va korxonalari moliyasining mohiyati va funksiyalari  
2.  Tijorat tashkilotlari va korxonalari moliyasini tashkil etish tamoyillari 
 
 
1. Tijorat tashkilotlari va korxonalari moliyasining mohiyati va funksiyalari 
 
Yuridik shaxs  –  fuqarolik huquqi subyekti, fuqarolik-huquqiy munosabatlari ishtirokchisi. 
O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan 
hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy 
yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, 
majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs 
hisoblanadi. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak. 
O‘zbekiston  Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq, foyda olishni o‘z 
faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday 
maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo‘lmagan tashkilot) yuridik shaxs bo‘lishi mumkin.  
Tijoratchi tashkilot  bo‘lgan yuridik shaxs xo‘jalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish 
kooperativi, unitar korxona va qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tuzilishi mumkin.  
Tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va mulkdor 
tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasa shaklida, shuningdek qonunlarda nazarda 
tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin.  
Yuridik shaxslarning yuqoridagidek farqlanishidan kelib chiqib, ularning moliyasini ham ikkita 
sohaga ajratish mumkin: tijorat korxonalari moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi. Bu ikki guruh 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyasi tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish shakli, daromadlar va 
xarajatlarni shakllantirishi, mulkka egalik qilishi, majburiyatlarni bajarishi, soliqqa tortilishi bilan 
bog‘liq holda o‘zining xususiyatlariga ega. 
Tijorat tashkilotlari va korxonalarining moliyasi, moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, 
YaIM qiymatini yaratish, taqsimlash va ishlatish jarayonlarini qamrab oladi. Ular, asosan yalpi 
ijtimoiy mahsulot va milliy daromad yaratiladigan, moddiy ishlab chiqarish sohasida faoliyat 
yuritadilar. 
Iqtisodiy tuzumdagi o‘zgarishlar natijasida tadbirkorlik faoliyatining yakuniy maqsadi 
xususiy kapitalina saqlab holda foyda olish bo‘lib qoldi. 
Tijorat tashkilotlari va korxonalari  tadbirkorlik  faoliyatini olib borishida ishlab chiarishni 
tashkil etish va mahsulot realizatsiyasi, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarish, o‘z moliyaviy 
resursalirini shakllantirish va moliyalashtirishning tashqi manbalarini jalb qilish, ularni taqsimlash 
va ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum moliyaviy munosabatlar yuzaga keladi. 
Moliyaviy munosabatlarning moddiy asosi pul  hisoblanadi.  Moliyaviy munosabatlar  –  pul 
munosabatlarining bir qismi va faqatgina pul mablag‘larining real harakatida yuzaga keladi, xususiy 
kapitalni, markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini shakllanishi va ishlatilishi bilan 
kuzatiladi. 
Tijorat tashkilotlari va korxonalarining moliyasi –  bu xususiy kapitalni, maqsadli pul 
fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va ishlatish jarayonidagi tadbirkorlik faoliyatini olib 
borishda yuzaga keladigan pul munosabatlari. 
Tijorat tashkilotlari va korxonalari  moliyasining funksiyalari huddi umumdavlat 
moliyasinikidek, ya’ni sh va nazorat. Ikkala funksiya ham uzviy bog‘langan. 
 
1.  Taqsimlash funksiyasining vositasida ta’sischilarning qo‘yilmalari hisobiga birlamchi 
kapitalni shakllantirish, ularni ishlab chiqarishga avanslashtirish, kapitalni takror ishlab chiqarish, 
daromadlar va moliyaviy resurslarni taqsimlanishida alohida tovar ishlab chiqaruvchilarning, 

 
 
 
52
 
 
xo‘jalik subyektlarining va to‘laligicha davlatning manfaatlarini optimal hisobga olinishini 
ta’minlovchi asosiy mutanosibliklarni yaratish amalga oshadi. Moliyaning taqsimlash funksiya 
bilan tijorat tashkilotlari va korxonalarining pul fondlarini olinayotgan daromadlarni taqsimlanishi 
va qayta taqsimlanishi orqali shakllanishi bilan bog‘liq. Ularga: ustav kapitali yoki ustav fondi, 
zahira fondi, qo‘shimcha kapital, jamg‘arish fondi, iste’mol fondi, valyuta fondi va b. kiradi. 
Taqsimlash munosabatlari jamiyat manfaatlariga to‘laligicha bo‘lgani kabi, alohida xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning, ularning xodimlarini, aksionerlarni, kredit va sug‘urta institutlarini ham 
manfaatlariga taalluqlidir. Shuning uchun, birlamchi vazifa –  ularni optimal tashkil qilish. Bu 
vazifani bajarilishiga moliyaning nazorat funksiyasi yordam beradi. 
Mablag‘lar normal doiraviy aylanishining buzilishi, mahsulot ishlab chiqarish, ishlar 
bajarish, xizmatlar ko‘rsatish xarajatlarining ortib ketishi bilan xo‘jalik yurituvchi subyektning va 
to‘laligicha jamiyatning daromadlari pasayadi. Bu esa, ishlab chiqarish jarayonidagi 
kamchiliklardan, ishlab chiqarish samaradorligiga taqsimlash munosabatlarining yetarlicha ta’sir 
qilmayotganligidan guvohlik beradi. Moliyaviy ko‘rsatkichlarning tahlili xo‘jalik faoliyati 
natijalarini baholash va zarurat bo‘lganda moliyaviy natijalarni yaxshilash maqsadidagi moliyaviy 
ta’sir choralarini ko‘rish imkonini beradi. 
2.  Nazorat funksiyasining obyektiv asosi –  mahsulot ishlab chiqarish va sotish,  ishlar 
bajarish va xizmatlar ko‘rsatish xarajatlarini qiymat hisobi, daromadlar va pul fondlarini shakllanish 
jarayoni. Moliya, taqsimlash munosabatlari sifatida, takror ishlab chiqarish jarayonini 
moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlaydi (taqsimlash funksiyasi) va bu bilan takror ishlab 
chiqarish jarayonining barcha davrlarini: ishlab chiqrish, ayirboshlash, iste’mollarni yaxlit 
bog‘laydi. Biroq, daromadlarni mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish 
jarayonida yaratilgan va ularni sotishdan so‘ng olinganidan ortiq taqsimlash va ishlatishning ilojisi 
yo‘q. Xo‘jalik subyekti tomonidan olinadigan daromadlarining hajmi uning kelajakda rivojlanish 
imkoniyatlarini belgilaydi. Korxonaning raqobatbardoshligi, uning moliyaviy barqarorligi ishlab 
chiqarishning samaradorligiga, xarajatlarning qisqartirilishiga va moliyaviy resurslardan oqilona 
foydalanishligiga bog‘liq. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati ustidan moliyaviy nazoratni quyidagilar amalga 
oshiradi: 
■  bevosita xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zi, moliyaviy ko‘rsatkichlarni har tomonlama 
tahlil qilish, moliyaviy rejalarni bajarilishining borishini, mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan 
tushumlarning o‘z vaqtida kelishini, tovar-moddiy qiymatliklarni yetkazib beruvchilar, 
buyurtmachilar va mahsulot iste’molchilari, davlat, banklar va boshqa kontragentlar (shartnomaviy 
munosabatlarning bir tomoni) oldidagi majburiyatlarni bajarilishini nazorat qilish yo‘li bilan; 
■  aksiyadorlar va aksiyalarning nazorat paketiga ega bo‘lganlar, pul mablag‘larini samarali 
joylashtirish, foyda olish va dividendlar to‘lanishi ustidan nazorat qilish yo‘li bilan; 
■  soliq organlari, budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘la 
to‘lanishini nazorat qiladi; 
■  O‘zR Moliya vazirligining nazorat-taftish xizmati, budjet mablag‘laridan foydalanuvchi 
korxonalar va tashgkilotlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qiladi; 
■  tijorat banklari, ssudalar berish va qaytarishda, boshqa turdagi bank xizmatlarini 
ko‘rsatishda; 
■  mustaqil auditorlik firmalari, auditorlik nazoratlarini o‘tkazishda. 
Tijorat tashkilotlari va korxonalari xo‘jalik faoliyatining ijobiy moliyaviy natijasi moliyaviy 
resurslarni boshqarishda qo‘llanilayotgan shakl va usullarning samarali ekanligidan dalolat bersa, 
aksincha, salbiy natija yoki uning yo‘qligi moliyaviy resurslarni boshqarishdagi, ishlab chiqarishni 
tashkil etishdagi kamchiliklardan va korxonani bankrot bo‘lish ehtimolidan dalolat beradi. 
 
 
2. Tijorat tashkilotlari va korxonalari moliyasini tashkil etish tamoyillari 
 
Tijorat tashkilotlari va korxonalarining moliyaviy munosabatlari xo‘jalik faoliyatining 
asoslari: xo‘jalik mustaqilligi, o‘zini-o‘zi moliyalashtirish, moddiy manfaatdorlik, moddiy 

 
 
 
53
 
 
javobgarlik, moliyaviy zahiralar bilan ta’minlash bilan asoslangan ma’lum tamoyillar  bo‘yicha 
quriladi. 
Xo‘jalik mustaqilligi tamoyili moliya sohasidagi mustaqilliksiz amalga oshirilishi mumkin 
emas. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, iqtisodiy faoliyat sohasini, 
moliyalashtirish manbalarini, foyda olish maqsadida pul mablag‘larini joylashtirish yo‘nalishlarini 
mustaqil belgilaydilar. Bozor tijorat tashkilotlari va korxonalarini kapital qo‘yishning yangi 
sohalarini qidirib topishni, iste’mol ehtiyojiga mos keluvchi egiluvchvn ishlab chiqarishni 
yaratishni rag‘batlantiradi. Tijorat tashkilotlari va korxonalari qo‘shimcha foyda olish maqsadida 
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav kapitalini shakllanishida ishtirok etib, ularning, 
davlatning qimmatli qog‘ozlarini sotib olish shaklidagi qisqa muddatli va uzoq muddatli 
investitsiyalar xarakteridagi investitsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Biroq, to‘la xo‘jalik 
mustaqilligi to‘g‘risida gapirish mumkin emas, chunki davlat ular faoliyatining ma’lum tomonlarini 
tartibga solib turadi. Demak, tijorat tashkilotlari va korxonalarini turli darajadagi budjetlar bilan 
o‘zaro aloqalari qonunchilik bilan o‘rnatiladi. Mulkchilikning barcha shaklidagi tijorat tashkilotlari 
va korxonalari qonunchilik tartibida o‘rnatilgan stavkalarga mos tarzda tegishli soliqlarni 
to‘laydilar, budjetdan tashqari fondlarni shakllanishida ishtirok etadilar. Davlat amortizatsiya 
siyosatini ham belgilab beradi.. 
O‘zini-o‘zi moliyalashtirish tamoyili. Bu tamoyilning amalga oshirilishi –  xo‘jalik 
yurituvchi subyektning raqobatbardoshligini ta’minlovchi tadbirkorlik faoliyatini asosiy 
shartlaridan biri. 
O‘zini-o‘zi moliyalashtirish mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ishlar bajarish va xizmatlar 
ko‘rsatish xarajatlarini to‘laligicha o‘zi qoplashi, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun 
investitsiyalarni o‘ziningi pul mablag‘lari va zarurat bo‘lganda bank va tijorat kreditlari  hisobiga 
amalga oshirilishi tushuniladi. 
Rivojlangan bozor munosabatlariga ega davlatlarning o‘zini-o‘zi moliyalashtirish darajasi 
yuqori bo‘lgan korxonalarining xususiy kapitali 70% va undan ko‘pni tashkil qiladi. 
Tijorat tashkilotlari va korxonalarini moliyalashtirishning asosiy o‘z manbalariga 
quyidagilar kiradi: amortizatsiya (eskirish) ajratmalari, foyda, ta’mirlash fondlariga ajratmalar. 
Hozirgi kunda barcha tijorat tashkilotlari va korxonalari bu tamoyilga rioya qilish ikoniga ega 
emaslar. Qator soha korxona va tashkilotlari, iste’molchi uchun zarur bo‘lgan mahsulot ishlab 
chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan, obyektiv sabablarga ko‘ra ularning rentabelligini ta’minlay 
olmaydilar. Ularga shahar yo‘lovchi transporti, uy-joy-kommunal xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligining 
alohida korxonalari kiradi. Bunday korxonalar imkoniyat darajasida qaytarish va qaytarmaslik 
asosidagi budjetdan qo‘shimcha moliyalashtirish ko‘rinishidagi davlat yordamini oladilar. 
Moddiy manfaatdorlik tamoyili. Bu tmoyilnnig obyektiv zarurligi tadbirkorlik faoliyatining 
asosiy maqsadi –  foyda olish bilan asoslanadi. Tadbirkorlik faoliyatining natijalaridan 
manfaatdorlik nafaqat uning ishtirokchilarida, balki to‘laligicha davlatda ham namoyon bo‘ladi. Bu 
tamoyilning amalga oshirilishi korxonaning alohida xodimlariga yuqori darajada mehnatga haq 
to‘lash bilan ta’minlanishi mumkin. Korxona uchun bu tamoyil davlat tomonidan optimal soliq 
siyosatini, iqtisodiy asoslangan amortizatsiya siyosatini olib borilishi, ishlab chiqarishni rivojlanishi 
uchun iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratilishi natijasida amalga oshishi mumkin. Korxonaning o‘zi 
bu tamoyilning amalga oshishiga yangitdan yaratilgan qiymatni taqsimlashda, iste’mol fondi va 
jamg‘arma fondini shakllantirilishida iqtisodiy asoslangan mutanosibliklarga rioya qilish bilan 
yordam berishi mumkin. Davlatning manfaatlari korxonalarning rentabelli faoliyati bilan, ishlab 
chiqarishning o‘sishi va soliq intizomiga rioya qilinishi bilan ta’minlanishi mumkin.  
Moddiy javobgarlik tamoyili moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yuritish va uning natijalari uchun 
ma’lum javobgarliklar tizimining mavjudligini bildiradi. Bu tamoyilni amalga oshirishning 
moliyaviy usullari turli xildir va qonunchilik bilan tartibga solinadi. Shartnomaviy majburiyatlarni, 
hisob-kitob intizomini, olingan kreditlarni qaytarish muddatlarini, soliq qonunchiligi va shu 
kabilarni buzgan korxonalar penya va jarimalar to‘laydilar. Rentabelli bo‘lmagan, o‘zining 
majburiyatlari bo‘yicha javob bera olmaydigan korxonalarga bankrotlik tadbirlari qo‘llanilishi 
mumkin. 
Korxonalarning rahbarlari soliq qonunchiligini buzilishi yuzasidan ma’muriy javobgarlikka 
egadirlar. Korxonalar va tashkilotlarning alohida xodimlariga brakka yo‘l qo‘yganligi uchun 

 
 
 
54
 
 
jarimalar tizimi, mukofotlardan mahrum qilish, mehnat intizomini buzganligi uchun ishdan 
bo‘shatish choralari qo‘llaniladi. 
Moliyaviy zahiralar bilan ta’minlash tamoyili biznesga qo‘yilgan mablag‘larni qaytmaslik 
havfini mavjudligi bilan asoslanuvchi tadbirkorlik faoliyatining shartlari bilan xarakterlanadi. Bozor 
munosabatlari sharoitida tavakkalchilikning oqibatlari tadbirkorning o‘ziga yuklanadi, chunki u o‘zi 
ishlab chiqqan dasturini o‘zining tavakkalchiligi asosida ixtiyoriy va mustaqil amalga oshiradi. 
Bundan tashqari, xaridorlar uchun iqtisodiy kurashda tadbirkorlar o‘zining mahsulotlarini pullarini 
o‘z vaqtida qaytmaslik tavakkalchili bilan ham sotishga majbur bo‘ladilar. Korxonalarning 
moliyaviy qo‘yilmalari ham qo‘yilgan mablag‘larni o‘z vaqtida qaytmaslik yoki ko‘zlangandan oz 
daromad olish tavakkalchiligi bilan ham bog‘liqdir. Va nihoyat, ishlab chiqarish dasturlarini ishlab 
chiqishda bevosita iqtisodiy hatoliklarga ham yo‘l qo‘yilishi mumkin. Mazkur tamoyilning amalga 
oshishi xo‘jalik yuritishning noqulay davrlarida korxonaning moliyaviy holatini mustahkamlash 
imkoni beruvchi moliyaviy zahiralarni va turdagi fondlarni shakllantirish hisoblanadi. 
Barcha tashkiliy-huquqiy shakllardagi korxonalar tomonidan moliyaviy zahiralar budjetga 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng qoladigan sof foydadan shakllantiriladi. 
Aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy zahiralarni qonunchilik bilan o‘rnatilgan tartibda 
shakllantiradilar. Amaliyotda, past moliyaviy imkoniyatlari sababli, ularning moliyaviy barqarorligi 
uchun zarur bo‘lgan moliyaviy zahiralarni shakllantirmaydilar. 
Korxonalar moliyasini tashkil qilishining barcha tamoyillari doimiy rivojlanishda bo‘ladi va 
har qaysi iqtisodiy vaziyatlarda ularning amalga oshirilishi uchun jamiyatdagi ishlab chiqarish 
kuchlarining va ishlab chiqarish munosabatlarining holatiga mos keluvchi shakllari va usullari 
qo‘llaniladi. 
 
 
 
Nazorat savollari. 
 
1.  Yuridik shaxs deganda kim tushuniladi? 
2.  Tadbirkorlik faoliyatining yakuniy maqsadi nima hisoblanadi? 
3.  Qanday faoliyatni tijorat faoliyati deyish mumkin? 
4.  Tijorat tashkilotlari va korxonalari qanday funksiyalarni bajaradilar? 
5.  Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati ustidan moliyaviy nazoratni kimlar va qanday 
tartibda amalga oshiradilar? 
6.  Tijorat tashkilotlari va korxonalarining moliyaviy munosabatlari qanday 
tamoyillar bo‘yicha quriladi? 

 
 
 
55
 
 
4-mavzu. Korxonalar va tashkilotlar moliyasi /8 soat/ 
 
3-ma’ruza. Notijorat tashkilotlar moliyasini tashkil etish asoslari 
 
Reja 
 
1.  Notijorat tashkilotlar haqida tushuncha 
2.  Notijorat tashkilotlar moliyaviy resurslarini shakllantirish xususiyatlari 
 
 
1. Notijorat tashkilotlar haqida tushuncha 
 
Notijorat tashkiloti tijorat tashkilotidan, avvalambor, faoliyatining maqsadi bo‘yicha farq qiladi. 
Tijorat tashkilotining  asosiy maqsadi –  foyda olish bo‘lsa, notijorat tashkiloti esa, quyidagi 
maqsadlarda tashkil etiladi: 
• ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish maqsadida  (matlubot 
kooperativlari); 
• ma’naviy yoki o‘zga nomoddiy ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun (jamoat birlashmalari); 
• xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlar  (jamoat 
fondlari)
• boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijoratchilikdan iborat bo‘lmagan boshqa 
vazifalarni amalga oshirish uchun (muassasalar. 
Notijorat tashkilotiga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Notijorat tashkiloti (NTT) – bu foyda 
olish maqsadida emas, balki ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish, ma’naviy 
yoki o‘zga nomoddiy ehtiyojlarni qanoatlantirish, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa 
ijtimoiy foydali maqsadlar,  boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijoratchilikdan iborat 
bo‘lmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun tuzilgan yuridik shaxs. Shuni ta’kidlash joizki, 
fuqarolik qonunchilik NTTlarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat beradi, agarda u 
notijorat tashkilotni tashkil etish maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan va bu maqsadlarga mos kelsa. 
Notijorat tashkilotlarning huquqiy maqomi O‘zR Fuqarolik kodeksi normalari (1-qism, 4-bob, 3-§) 
bilan beligilanadi. Yuridik shaxs sifatida NTT to‘la huquqli huquq subyekti hisoblanadi. Boshqacha 
so‘z bilan aytganda, har qanday NTT uning faoliyati maqsadlariga mos keluvchi fuqarolik 
huquqlariga va faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlarga ega.  
Yuridik shaxs sifatida notijorat tashkilot quyidagi belgilarga ega bo‘lishi kerak: 
• o‘z mulkida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lishlik; 
• bu mulklar bilan o‘zining majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lish (muassasalardan 
tashqari; 
• o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la olishlik va ularni amalga 
oshira olishlik, majburiyatlarni bajara olishlik, sudda da’vogar va javobgar bo‘la olishlik; 
• mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlik. 
Tashkiliy-huquqiy shakllari bo‘yicha NTTlar matlubot kooperativlariga, 
jamoat 
birlashmalariga, jamoat fondlariga, muassasalarga bo‘linishi mumkin. 
Matlubot kooperativi  (MK)-  ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish 
maqsadida fuqarolarning a’zolikka asoslangan ixtiyoriy birlashmasi matlubot kooperativi 
hisoblanib, bu birlashuv uning a’zolari tomonidan o‘z mulkiy (pay) badallarini qo‘shish yo‘li bilan 
amalga oshiriladi. MK boshqa NTTlar bilan solishtirganda alohida maqomga ega. MK o‘zining 
faoliyatini ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish maqsadida  olib boradilar 
(misol uchun, uy-joy-qurilish kooperativlari, mulkdorlar kooperativlari (shirkatlari) va b.). boshqa 
NTTlar esa, boshqa ijtimoiy (nomoddiy) manfaatlarga ega bo‘lishlik uchun tuziladi. 
Jamoat birlashmalari  (JB)  -  ma’naviy yoki o‘zga nomoddiy ehtiyojlarni qanoatlantirish 
uchun o‘z manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan 
fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalari. 
Jamoat birlashmalari o‘z ustavlarida nazarda tutilgan ishlab chiqarish yoki o‘zga tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirishga haqlidirlar. 

 
 
 
56
 
 
Jamoat fondlari - fuqarolar va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar 
qo‘shish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy,  madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali 
maqsadlarni ko‘zlaydigan, a’zoligi bo‘lmagan nodavlat notijorat tashkiloti. 
Muassasalar  -  boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijoratchilikdan iborat 
bo‘lmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan va to‘la 
yoki qisman moliyaviy ta’minlab turiladigan tashkilot. 
Yuridik shaxslar birlashmalari.  Tijorat tashkilotlari o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini 
muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak mulkiy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish 
maqsadida notijorat tashkilotlar hisoblanuvchi uyushmalar (ittifoqlar) va o‘zga birlashmalariga 
birlashishlari mumkin.  
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari.  Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari yuridik shaxs sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning qatnashchilaridir. 
 
 
2. Notijorat tashkilotlar moliyaviy resurslarini shakllantirish xususiyatlari 
 
Ijtimoiy-madaniy xususiyatga, jamoat tartibini saqlash, boshqaruv va mudofaga taalluqli 
bo‘lgan rang-barang xizmatlarni ko‘rsatayotgan xo‘jalik subyektlari notijorat asosida faoliyat 
ko‘rsatayotgan muassasa va tashkilotlarni tashkil etadi.  
Rejali iqtisodiyot davrida ushbu muassasa va tashkilotlar xizmatining qariyb barchasi bepul 
ko‘rsatilar edi. Keyingi-yillarda aholini ijtimoiy-madaniy tadbirlarga bo‘lgan talabini sifatli va o‘z 
vaqtida ta’minlash maqsadida pullik xizmat ko‘rsatish sohalari ham kengaya boshladi.  
Iqtisodiyotni notijorat sektori muassasa va tashkilotlarining moliyaviy mablag‘lari – bu o‘z 
faoliyatini amalga oshirish va kengaytirish uchun turli manbalar hisobidan shakllantiriladigan pul 
mablag‘lari. Notijorat asosida faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa va tashkilotlar moliyaviy 
resurslarining shakllanishi ikki xususiyatga bog‘liq bo‘ladi.  
1. Ko‘rsatayotgan xizmatlar ko‘rinishi.  
2. Iste’molchiga yetkazib berilishi (pullik yoki bepul).  
Ayrim xizmatlar iste’molchilarga faqat bepul ko‘rsatiladi, boshqalari –  pullik, qolganlari 
esa, ham pullik, ham tekinga ko‘rsatiladi.  
Mamlakatning jamiyatga to‘laligicha xizmat ko‘rsatuvchi davlat boshqaruvi va mudofaasi 
sohasida har qaysi fuqaro va huquqiy shaxs bunday xizmatlarni tekinga iste’mol qiladi. Bularni 
moliyalashtirishning yagona manbai bo‘lib budjet mablag‘lari hisoblanadi, lekin shuni yoddan 
chiqarmaslik kerakki, bu mablag‘lar xizmat ko‘rsatayotgan xodimlarni to‘laligicha ijtimoiy-
iqtisodiy hayotini qondira olishi va hech ham tijorat asosida faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa va 
tashkilotlardagi o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmasligi lozim. Aks holda bu sohada xizmat 
ko‘rsatayotgan xodimlar ichida xizmatiga nisbatan loqaydlik, korrupsiya kabi salbiy illatlar tomir 
otishi tabiiydir.  
Yuqorida keltirganimizdek, ayrim muassasa va tashkilotlar notijorat asosida faoliyat 
ko‘rsatayotgan bo‘ladi, ammo keng ommaga pullik xizmat ko‘rsatadilar. Jumladan, teatr, kinoteatr, 
advokatlar, notarial idora va boshqalar. Zero, mazkur xo‘jalik subyektlariga budjetdan mablag‘ 
ajratilsada, u e’tiborli xususiyatga ega emas.  
Iqtisodiyotning nobozor sektoriga ijtimoiy-madaniy xarakterdagi xizmatlar kiradi. Ular 
turlichadir va shunga ko‘ra iste’molchilarga pulli hamda bepul ko‘rsatilib, keyinchalik 
moliyalashtirishning turli manbalariga ega bo‘ladi. Ijtimoiy-madaniy talablar uchun yo‘naltirilgan 
moliyaviy resurslarning aniq tarkibi avvalambor talab xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Bunda talablarni 
uch guruhga ajratish mumkin: jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan talablar -  bu talab 
ta’minoti har bir fuqaro oladigan daromadga bog‘liq bo‘lmay, balki davlat konstitutsiyasi orqali 
kafolatlangan bo‘lishi kerak (masalan: fuqarolarning boshlang‘ich va o‘rta ma’lumotga ega bo‘lish 
talabi). Bularning moliyalashtirish manbai bo‘lib, budjet va budjetdan  tashqari  fondlardan 
ajratiladigan umumdavlat moliyaviy resurslari hisoblanadi. Umumiy xarakterga ega bo‘lgan, biroq 
umumdavlat resurslaridan zaruriy minimum miqdorda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 
moliyalashtirilgan talablar, bu talab ta’minoti boshlangan normativ darajasida boshqa moliyaviy 
manbalar hisobidan, shu jumladan aholi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Bunday 

 
 
 
57
 
 
manbalarga aholiga minimum darajada xizmat ko‘rsatish, o‘rta darajada ma’lumot olish, 
fuqarolarning belgilangan normada ijtimoiy ta’minoti va boshqalar kiradi. Fuqarolar, ularning dam 
olishlari, uy-joy bilan ta’minlash bilan  bog‘liq bo‘lgan talablari, ular jamiyat hisobidan 
ta’minlanmay, balki ular ta’minotining moliyaviy resurslari bo‘lib, korxona, tashkilot va aholi 
mablag‘lari hisoblanadi.  
 
Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish