33
Davlat soliq xizmati organlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
1) soliq to‘lovchilarning (shu jumladan, soliq to‘lovchi bilan bog‘liq bo‘lgan subyektlarning)
moliyaviy hujjatlari, shartnomalari (kontraktlari), rejalari, smetalari, daromadlar haqidagi
deklaratsiyalari soliqlar va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan
tashqari Pensiya va Respublika yo‘l jamg‘armalariga majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish
fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg‘arib boriladigan
majburiy pensiya badallarini kiritish bilan bog‘liq
boshqa hujjatlarini, shuningdek eksport-import
operatsiyalari bilan bog‘liq hujjatlarini tekshirish, tekshiruv vaqtida yuzaga keladigan masalalar
bo‘yicha zarur tushuntirishlar, ma’lumotnomalar va axborotlar olish;
2) yuridik va jismoniy shaxslardan soliq to‘lovchilarning faoliyatiga taalluqli axborotlar,
ma’lumotnomalar, hujjatlar va ularning nusxalarini olish;
3) belgilangan tartibda:
–
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan yuridik va jismoniy
shaxslardan daromadni (foydani) va soliqqa tortiladigan boshqa obyektlar yashirilganligidan dalolat
beruvchi hujjatlarni, shuningdek huquqbuzarlik predmetlarini olib qo‘yish;
–
tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanish tartibini buzayotgan
jismoniy shaxslardan
litsenziyalarini, patentlari yoki ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarini olib qo‘yib,
so‘ngra qonun buzilganligiga doir materiallarni mazkur faoliyat bilan shugullanishga ruxsat bergan
organlarga topshirish;
4) kassalarni va tovar-moddiy boyliklar hamda hujjatlar saqlanadigan joylarni muhrlab
qo‘yish, tovarlar, buyumlar, xom ashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning namunalarini,
shuningdek hujjatlarni olib qo‘yish
va ularni tekshirishga, tadqiq qilishga va ekspertizaga yuborish;
5) savdo, tovarlarni berish va xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga, shuningdek naqd pul
tushumining bankka vaqtida topshirilishiga rioya etilishini tekshirish;
6) yuridik va jismoniy shaxslarning qaerda joylashganligidan qat’i nazar, daromad (foyda)
olish uchun foydalaniladigan yoxud soliqqa tortish obyektlarini saqlab turish bilan bog‘liq bo‘lgan
ishlab chiqarish binolari, omborxonalar, savdo va boshqa binolarni hamda joylarni (shu jumladan
alohida rejimdagi korxonalarni) tekshirish, bajarilgan ishlarni, ko‘rsatilgan xizmatlarni tekshiruv
tariqasida o‘lchash va tovar-moddiy boyliklarni ro‘yxat qilish. Soliq xizmati organlarining
soliqlar
bo‘yicha tekshirish o‘tkazayotgan mansabdor shaxslari mazkur binolar yoki joylarga kiritilmagan
taqdirda davlat soliq xizmati organlari o‘zlarida mavjud bo‘lgan axborotlar (shu jumladan, soliq
to‘lovchining xarajatlari haqidagi axborotlar) asosida yoki boshqa shunga o‘xshagan soliq
to‘lovchilarga solinadigan soliqlarni nazarda tutgan holda soliqlar summasini mustaqil ravishda
belgilashga haqlidirlar;
7) yuridik va jismoniy shaxslardan qonun hujjatlarining buzilganligi aniqlangan hollarni
bartaraf etishni talab qilish;
8) yuridik hamda jismoniy shaxslar hujjatlar asosida (hisob-kitobli) tekshiruv o‘tkazilishini
yoki davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari daromad (foyda) olish uchun
foydalaniladigan yoki soliqqa tortish obyektini saqlab turish bilan bog‘liq
binolar va joylarga
kirishini rad etsa, soliqlar va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan
tashqari Pensiya va Respublika yo‘l jamg‘armalariga majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va
to‘lash bilan bog‘liq moliyaviy hisobotlar, hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va boshqa hujjatlarni soliq
xizmati organlariga va ularning mansabdor shaxslariga tekshirish o‘tkazilayotgan vaqtda taqdim
etmasa (yoki taqdim etishni rad qilsa), bunday yuridik shaxslarning, shuningdek
qonun hujjatlariga
muvofiq jismoniy shaxslarning banklardagi va boshqa moliya-kredit muassasalaridagi hisob-kitob
va boshqa hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yish;
9) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
–
soliqlarga oid qonunbuzarliklar haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish va yuridik hamda
jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo‘llash;
–
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo
choralarini qo‘llash;
10) soliqlar borasida qonunbuzarlik faktlari bo‘yicha tovar-moddiy boyliklarni qonun
hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda musodara qilish;
34
11) soliqlar bo‘yicha boqimandalarni, shuningdek jarima summalarini qonun hujjatlariga
muvofiq so‘zsiz undirib olish;
12) yuridik va jismoniy shaxslarning gayriqonuniy ravishda olgan mablaglarini davlat
daromadiga undirish haqida ularga nisbatan sudda da’vo qo‘zgatish;
13) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning moliya-
xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishni belgilangan tartibda muvofiqlashtirish, nazorat
qiluvchi organlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish
qilish yuzasidan amalga oshirayotgan ishlarni to‘xtatish haqida takliflar kiritish;
Davlat soliq xizmati organlarining 1-7-bandlarda nazarda tutilgan
huquqlari davlat soliq
xizmati organlarining barcha mansabdor shaxslariga, 8-14-bandlarda nazarda tutilgan huquqlari esa
(tezkor-qidiruv faoliyati bundan mustasno) faqat davlat soliq xizmati organlarining boshliqlari va
ularning o‘rinbosarlariga beriladi. 8-15-bandlarda nazarda tutilgan huquqlar soliq sohasidagi
huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maxsus bo‘linmasi va uning hududiy bo‘linmalarining
mansabdor shaxslariga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bojxona qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 1997-yil 8-iyuldagi PF-1815-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona
qo‘mitasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tashkil etilgan.
Davlat bojxona qo‘mitasi organlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
1.
Respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va belgilangan vakolatlar doirasida
uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;
2.
Respublika boj siyosati ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida qatnashish;
3.
Boj qonunlariga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish;
4.
Boj ishlarini amalga oshirishda fuqarolarning, shuningdek yuridik
shaxslarning huquq va
manfaatlarini himoya qilish;
5.
Respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanishiga ko‘maklashish;
6.
Xorijiy davlatlarning bojxona organlari, bojxona ishi masalalari bilan shug‘ullanuvchi
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, xalqaro bojxona va savdo tashkilotlarida qatnashish;
7.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiquvchi bojxona ishiga
oid majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash;
8.
Boj poshlinalari, soliqlar va boshqa boj to‘lovlarini undirish.
Do'stlaringiz bilan baham: