32
mablag‘lari hamda budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘laridan maqsadli, oqilona va
samarali foydalanilishini nazorat qilish;
–
mahalliy budjetlar shakllantirilishi va amalga oshirilishini, ularning balanslanishini
muntazam tahlil etish va nazorat qilish, mahalliy boshqaruv va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish uchun ularga real moliyaviy
mablag‘lar ajratib berish vazifasini hal etish zarurligidan kelib chiqqan holda respublika va mahalliy
budjetlar o‘rtasidagi nisbatni maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
–
respublika darajasida ham, mahalliy darajada ham davlat budjetining ijrosi va davlat
mablag‘larining sarflanishi ustidan nazoratni tashkil qilish va ta’minlash. Davlat xarajatlarini
kamaytirish rezervlarini aniqlash. Markazda va joylarda budjet mablag‘laridan qonuniy, maqsadli
va samarali foydalanilishini, ulardan foydalanishda qonunbuzarliklar va suiiste’molchiliklarning
oldini olish choralarini amalga oshirish;
–
budjetdan tashqari jamg‘armalar — Respublika yo‘l jamg‘armasi, Pensiya jamg‘armasi,
Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi,
Qishloq xo‘jaligini avanslash jamg‘armasining davlat budjeti tarkibida yig‘iladigan mablag‘lari
to‘liq tushishi, ulardan maqsadli, oqilona va samarali foydalanilishi ustidan qattiq nazoratni amalga
oshirish;
–
o‘tkazilayotgan pul-kredit siyosatini, milliy valyutani mustahkamlash, uning xarid
qobiliyatini oshirish, pul massasi va pul agregatlarini maqbul holga keltirish, bankdan tashqari pul
aylanishini keskin qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni chuqur tahlil qilish va
baholash;
–
respublika tashqi savdo oborotining ahvolini chuqur tahlil qilish, respublika to‘lov
balansini shakllantirish va undan foydalanishni baholash. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti
prognozi bajarilishi, mahsulot importi maqbullashtirilishining ta’minlanishi, eksport tushumlari va
xorijiy valyutani sotish to‘la-to‘kis va o‘z vaqtida bo‘lishi monitoringini amalga oshirish. Ichki
valyuta bozorida valyutaga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganish, ayirboshlash kursi dinamikasi
bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, milliy valyutaning erkin almashtirilishi ustidan nazoratni amalga
oshirish;
–
tashqaridan olinadigan qarzlarning hajmlari va maqsadga muvofiqligini tanqidiy
baholash, olinadigan xorijiy kredit va grant mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanilishini,
shuningdek Hukumat tomonidan yoki Hukumatning kafolati bilan olingan tashqi kreditlarga o‘z
vaqtida xizmat ko‘rsatilishini qattiq nazorat qilish;
–
oltin-valyuta zaxiralarining holati va uning harakati ustidan nazoratni amalga oshirish,
tashqi aktivlarni boshqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish va ularni
xorijiy banklarda samarali joylashtirish va qayta joylashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, oltin-
valyuta zaxiralari, shu jumladan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan o‘tkaziladigan
operatsiyalar ustidan nazoratni ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: