Jahon bankining
tashkil etilgan vaqti – 1944-yil-iyul, Bretton-Vuds (AQSh, Nyu-Gempshir
shtati), shtab-kvartirasi (qarorgohi) Vashingtonda joylashgan.
Bretton-Vuds xalqaro hamkorligi tomonidan Jahon bankiga belgilangan vazifalar unga
berilgan nom – ya’ni Xalqaro qayta tiklanish va taraqqiyot banki (MBRR) da o‘z aksini topdi.
Asosiy vazifa sifatida iqtisodiy taraqqiyotni moliyalashtirish yuklatildi. Agar jahon bankining
birlamchi kreditlari ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yevropaning iqtisodiyotini tiklashga
yo‘naltirilgan bo‘lsa, keyinchalik u o‘z e’tiborini Jahonning qoloq mamlakatlari iqtisodiyotini
tiklashga qaratdi. Xozirgi vaqtda esa jahon bankining asosiy maqsadi rivojlanayotgan
mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotiga, mazkur mamlakatlarning ishlab chiqarish
darajasini oshirishga yordam berish va aholini ijtimoiy axvolini yaxshilashga ko‘maklashishdir.
Jahon banki o‘z tarkibiga yirik ikkita tashkilotni:
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki
(MBRR-XTTB) va
Xalqaro taraqqiyot
assotsiatsiyasini
(MAR-XTA) oladi. Ulardan tashqari unga yana uchta boshqa tashkilotlar ham
bilvosita kiradi: Jahon banki bilan uyushgan, ammo huquqiy, moliyaviy jihatdan mustaqil faoliyat
ko‘rsatuvchi – Xalqaro moliyaviy korparatsiya (MFK) (bu tashkilot rivojlanayotgan
mamlakatlardagi xususiy korxonalarni moliyalashtirishga yordam beradi). Investitsion
kelishmovchiliklarni tartibga solish xalqaro markazi va Investitsiyalarni har tomonlama
kafolatlovchi agentlik (MIGA).
Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (MAR) mamlakatlarga imtiyozli kreditlar berish bilan
shug‘ullanib, ular donor mamlakatlar tomonidan beriladigan hayriya mablag‘lari asosida
moliyalashtiriladi. Jahon banki dunyodagi kapital, qimmatbaxo qog‘ozlar bozorlarining asosiy
mablag‘ oluvchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, bank bir qator mamlakatlardan obligatsiya, zayom
sotish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarz oladi, yigilgan mablaglar qoloq mamlakatlarning taraqqiyoti
yo‘lida ishlatiladi va ular imkoniyati darajasidagi past foizlar hisobida beriladi.
144
Jahon banki kredit olish, uni qaytara olish darajasida bo‘lgan mamlakatlar uchun
mablag‘larni mujassamlaydi. Ammo, boy mamlakatlarga yoki alohida shaxslarga jahon banki
tomonidan kredit berilmaydi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining jon boshiga yalpi milliy maxsulot 1200 dollar
atrofida bo‘lgan taqdirda ular Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan kredit olish imkoniyatiga
ega bo‘ladilar. Bu kreditlar 12-15 yil ichida qoplanishi lozim. Ikkinchi tomondan, Xalqaro
taraqqiyot assotsiatsiyasi kreditlarni qoloqroq mamlakatlarga, ya’ni ulardagi milliy maxsulot jon
boshiga 800 dollardan kam bo‘lgan mamlakatlarga beriladi. Bu kreditlar bo‘yicha foizlar
olinmasdan, ko‘pgina hollarda ular 35-40-yillar oralig‘ida to‘lash sharti bilan beriladi.
Jahon banki o‘z faoliyatini rivojlanayotgan va qoloq mamlakatlarga texnik loyihalarni,
iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish jihatdan yordam berish orqali bu mamlakatlarning iqtisodiy
saloxiyatini oshirishga yordam beradi. Bu vazifalar bankining asosiy uzoq muddatli vazifasi
hisoblanadi.
Oxirgi yillarda bank oldingi yillardagi tajribalariga tayangan holda mamlakatlarning
iqtisodiy rivojlanish bosqichlari darajalarini inobatga olib, loyihalarni tanlash jarayonida asosan
rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloq qatlamlarini qamrashga, ularning taraqqiyot darajalarini
oshirishni nazarda tutgan holda olib borilyapti.
Bank mamlakatlarga texnik jihatdan yordam berish va moliyalashtirish jarayonida BMT
tomonidan belgilangan dasturga asosan ham texnik yordam beruvchi, ham loyihani ijro etuvchi
sifatida qatnashadi.
Bank tomonidan tanlanadigan loyiha, ularning yo‘nalishlari milliy mamlakatlar, ularning
maxalliy hokimiyatlari, boshqa tegishli tashkilotlar bilan har tomonlama kelishilgan holda amalga
oshiriladi.
Bank kredit ajratish jarayonida o‘z mutaxassislari ishtirokida kredit oluvchi
mamlakatlarning iqtisodini sinchkovlik bilan tahlil etish asosida qaysi sohaga asosiy e’tibor berish
yoki kapital quyilmalarni joylashtirish borasida u yoki bu sohani tanlash imkoniyatidan
foydalaniladi.
Bunday taxlitda ish yuritish ushbu mamlakatning asosiy muammolari yechimida qatnashib,
uning rivojlanishiga yordamlashishni nazarda tutadi.
O‘zbekiston jahon bankiga 1992-yil 21-sentabrda a’zo bo‘ldi, uning oldidagi
majburiyatlarini bajarish uchun 12,1 mln AQSh dollari miqdorida badal to‘ladi. O‘zbekistonga
MBRR tomonidan 2493 aksiya (jami aksiyalar mikdorining 0,17 foizi) chiqarildi, ovozlar esa –
2743 (0,81 foiz) ni tashkil etadi.
Jahon banki 1993-yili Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochdi va uning O‘zbekistondagi
asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- bozor strukturasining shakllanishda texnik yordam ko‘rsatish;
- ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga
moliyaviy jihatdan ko‘mak berish;
- mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash.
Bozor tizimlarini shakllantirishga texnik jihatdan yordam berish borasida respublikada
makroiqtisodiy sohada monitoring o‘tkazish, ularni tahlil etish, bank tizimi, buxgalteriya xisob-
kitoblarini, kommunikatsiyalarini rivojlantirish kabi tadbirlar kiradi. Jumladan, bu borada Jahon
bank tizimining vakllari bilan birgalikda respublikada bank tizimining rivojlanish darajasi
yo‘nalishida tadqiqot ishlari olib borildi, undan kelib chiqqan holda bozor mexanizmining
infratuzilmasini mujassamlash, ilmiy-texnikaviy saloxiyat darajasini aniqlash borasida ham ancha
ishlar olib borildi.
Jahon banki energetika sohasini rivojlantirish va islohatlarni chuqurlashtirishga
mo‘ljallangan loyihalar uchun ham kredit ajratib, Orol muammolarini yechimiga, ishlab chiqarish
sektorlari rivojiga, paxtani qayta ishlab chiqarish sohasiga ham e’tiborini qaratmoqda.
12-oktabr 1993-yil – birinchi kredit. Institutsional rivojlanish bo‘yicha texnik yordam
loyihasi. Jahon banki tomonidan 21 mln AQSh dollari miqdoridagi zayom 20-yil muddatga,
shundan 5 yil imtiyozli muddatdir. Loyihaning umumiy qiymati 25 mln AQSh dollari.
Moliyalashtirishning boshqa manbalari: O‘zbekiston hukumati – 400 mln AQSh dollari, YeI – 2,6
mln AQSh dollari, Yaponiya – 1 mln AQSh dollari (keyinchalik qator kreditlar bo‘ldi).
145
MBRR tomonidan moliyaviy sektorini islox etish borasidagi loyihani moliyalashtirish
bo‘yicha zayom ajratish ko‘zda tutilgan. Ushbu loyiha bo‘yicha hozirda ozroq miqdorda avans
ajratilgan, moliyaviy sektorni islox etish bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rish, uni amalga oshirish uchun
komissiya tarkibi tuzilgan.
1960-yil-noyabrda o‘z faoliyatini boshlagan
Do'stlaringiz bilan baham: |