taqsimlash
funksiyasini bajaradi.
Moliyaning boshqa muhim funksiyasi nazoratdir. U taqsimlash funksiyasi bilan uzviy
bog‘liqdir. Moliya munosabatlarining turli tarkibi orasida pul fondlarining shakllanishi va
ishlatilishi nazorati bilan bog‘liq bo‘lmagan birorta ham munosabat yo‘qdir. Shu bilan birga
faqatgina nazorat bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy munosabat ham yo‘q.
Moliya ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni shakllantirish, taqsimlash va ishlatishning
barcha bosqichlarida nazoratni amalga oshiradi. Nazoratni bosh maqsadi ijtimoiy ishlab
chiqarishning samaradorligini oshirish, xalq xo‘jaligining barcha bo‘g‘inlarida ishning sifatini
yaxshilash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlaridan oqilona foydalanishga
erishishdir.
Moliyaning
nazorat
funksiyasi korxonalarni barcha xo‘jalik faoliyatlarida namoyon bo‘ladi.
So‘m orqali nazorat qilish ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari ustidan, bu
xarajatlarning daromadlarga mos kelishi ustidan, asosiy fondlar va aylanma mablag‘larning
shakllanishi va ishlatilishi ustidan amalga oshiriladi. Mazkur nazorat mablag‘lar aylanishining
barcha bosqichlarida - moliyalashtirish va kreditlashtirishda, naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga
oshirishda, budjet va moliya tizimining boshqa bo‘g‘inlari bilan o‘zaro aloqalarda amal qiladi. So‘m
orqali nazorat yordamida mahsulot realizatsiyasi jarayoniga, shartnoma bo‘yicha shartlarni
bajarilishiga, rentabellikka, foydaga, fond qiymatiga, aylanma mablag‘lar aylanishiga ta’sir
o‘tkazadi.
Shunday qilib so‘m orqali nazorat daromadlar o‘sishini, mablag‘lar va moddiy boyliklar
oqilona sarflanishini rag‘batlantiradi, korxonalarni kamchiliklarni bartaraf etishga, xo‘jalik
faoliyatini yaxshilashga, uning samaradorligini oshirishga, xo‘jasizlik va isrofgarchilikka yo‘l
qo‘ymaslikka majbur qiladi. So‘m orqali nazoratning muhim xususiyati shunda namoyon bo‘ladiki,
u mablag‘lar kelib tushishi va ishlatilishi jarayonida uzluksiz davom etadi va maxsus tekshiruv
hamda kuzatishlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lmay, mustaqil ahamiyat kasb etadi.
Moliyaning nazorat funksiyasi obyekti
— korxonalar, tashkilotlar, muassasalar faoliyatining
moliyaviy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Moliyaviy nazoratning samaradorligini oshirish ko‘proq
korxonada bosh hisobchi, moliya bo‘limlarining xodimlari ishni qay darajada yo‘lga
qo‘yilganligini, moliyaviy axborotning haqqoniyligini, moliyaviy intizomga rioya qilishni,
buxgalteriya hisobi hisobotini to‘g‘ri yuritishga bog‘liqdir. Faqatgina shunday sharoitlarda
moliyaviy nazoratning natijalari xalq xo‘jaligidagi holatni tahlil qilish va obyektiv baholash hamda
takror ishlab chiqarish jarayoni borishini muvofiqlashtirishga qaratilgan qarorlar qabul qilish
imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |