Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/177
Sana05.01.2022
Hajmi1,58 Mb.
#317970
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   177
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси ало А, ахборотлаштириш ва

O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq qo‘mitasi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1998-yil 12-yanvardagi 14-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 
faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan tashkil qilingan. 
Davlat soliq xizmati organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
1.
 
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini, soliqlarning, O‘zbekistan 
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya va Respublika pul 
jamg‘armalariga majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida 
to‘lanishini, shuningdek fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga 
jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarining to‘g‘ri va to‘liq hisoblab chiqarilishi hamda 
o‘z vaqtida kiritilishini nazorat qilish;  
2.
 
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni 
ta’minlash, soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarishlarida yordam ko‘rsatish; 
3.
 
Soliq siyosatining ro‘yobga chiqarilishida bevosita qatnashish;  
4.
 
Soliqqa tortiladigan obyektlar va subyektlarning to‘liq  hamda o‘z vaqtida hisobga 
olinishini ta’minlash;  
5.
 
Soliqlar bo‘yicha huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, ularni aniqlash va 
bartaraf etish. 


 
 
 
33
 
 
Davlat soliq xizmati organlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: 
1) soliq to‘lovchilarning (shu jumladan, soliq to‘lovchi bilan bog‘liq bo‘lgan subyektlarning) 
moliyaviy hujjatlari, shartnomalari (kontraktlari), rejalari, smetalari, daromadlar haqidagi 
deklaratsiyalari soliqlar va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan 
tashqari Pensiya va Respublika yo‘l jamg‘armalariga majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish 
fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg‘arib boriladigan 
majburiy pensiya badallarini kiritish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarini, shuningdek eksport-import 
operatsiyalari bilan bog‘liq hujjatlarini tekshirish, tekshiruv vaqtida yuzaga keladigan masalalar 
bo‘yicha zarur tushuntirishlar, ma’lumotnomalar va axborotlar olish;  
2) yuridik va jismoniy shaxslardan soliq to‘lovchilarning faoliyatiga taalluqli axborotlar, 
ma’lumotnomalar, hujjatlar va ularning nusxalarini olish; 
 3) belgilangan tartibda: 

 
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan yuridik va jismoniy 
shaxslardan daromadni (foydani) va soliqqa tortiladigan boshqa obyektlar yashirilganligidan dalolat 
beruvchi hujjatlarni, shuningdek huquqbuzarlik predmetlarini olib qo‘yish; 

 
tadbirkorlik  faoliyati bilan shugullanish tartibini buzayotgan jismoniy shaxslardan 
litsenziyalarini, patentlari yoki ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarini olib qo‘yib, 
so‘ngra qonun buzilganligiga doir materiallarni mazkur faoliyat bilan shugullanishga ruxsat bergan 
organlarga topshirish; 
4) kassalarni va tovar-moddiy boyliklar hamda hujjatlar saqlanadigan joylarni muhrlab 
qo‘yish, tovarlar, buyumlar, xom ashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning namunalarini, 
shuningdek hujjatlarni olib qo‘yish va ularni tekshirishga, tadqiq qilishga va ekspertizaga yuborish; 
5) savdo, tovarlarni berish va xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga, shuningdek naqd pul 
tushumining bankka vaqtida topshirilishiga rioya etilishini tekshirish;  
6) yuridik va jismoniy shaxslarning qaerda joylashganligidan qat’i nazar, daromad (foyda) 
olish uchun foydalaniladigan yoxud soliqqa tortish obyektlarini saqlab turish bilan bog‘liq bo‘lgan 
ishlab chiqarish binolari, omborxonalar, savdo va boshqa binolarni hamda joylarni (shu jumladan 
alohida rejimdagi korxonalarni) tekshirish, bajarilgan ishlarni, ko‘rsatilgan xizmatlarni tekshiruv 
tariqasida o‘lchash va tovar-moddiy boyliklarni ro‘yxat qilish. Soliq xizmati organlarining soliqlar 
bo‘yicha tekshirish o‘tkazayotgan mansabdor shaxslari mazkur binolar yoki joylarga kiritilmagan 
taqdirda davlat soliq xizmati organlari o‘zlarida mavjud bo‘lgan axborotlar (shu jumladan, soliq 
to‘lovchining xarajatlari haqidagi axborotlar) asosida yoki boshqa shunga o‘xshagan soliq 
to‘lovchilarga solinadigan soliqlarni nazarda tutgan holda soliqlar summasini mustaqil ravishda 
belgilashga haqlidirlar; 
7) yuridik va jismoniy shaxslardan qonun hujjatlarining buzilganligi aniqlangan hollarni 
bartaraf etishni talab qilish; 
8) yuridik hamda jismoniy shaxslar hujjatlar asosida (hisob-kitobli) tekshiruv o‘tkazilishini 
yoki davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari daromad (foyda) olish uchun 
foydalaniladigan yoki soliqqa tortish obyektini saqlab turish bilan bog‘liq binolar va joylarga 
kirishini rad etsa, soliqlar va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan 
tashqari Pensiya va Respublika yo‘l jamg‘armalariga majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va 
to‘lash bilan bog‘liq moliyaviy hisobotlar, hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va boshqa hujjatlarni soliq 
xizmati organlariga va ularning mansabdor shaxslariga tekshirish o‘tkazilayotgan vaqtda taqdim 
etmasa (yoki taqdim etishni rad qilsa), bunday yuridik shaxslarning, shuningdek qonun hujjatlariga 
muvofiq jismoniy shaxslarning banklardagi va boshqa moliya-kredit muassasalaridagi hisob-kitob 
va boshqa hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yish;  
9) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda: 

 
soliqlarga oid qonunbuzarliklar haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish va yuridik hamda 
jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo‘llash; 

 
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo 
choralarini qo‘llash; 
10) soliqlar borasida qonunbuzarlik faktlari bo‘yicha tovar-moddiy boyliklarni qonun 
hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda musodara qilish; 


 
 
 
34
 
 
11) soliqlar bo‘yicha boqimandalarni, shuningdek jarima summalarini qonun hujjatlariga 
muvofiq so‘zsiz undirib olish; 
12) yuridik va jismoniy shaxslarning gayriqonuniy ravishda olgan mablaglarini davlat 
daromadiga undirish haqida ularga nisbatan sudda da’vo qo‘zgatish; 
13) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning moliya-
xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishni belgilangan tartibda muvofiqlashtirish, nazorat 
qiluvchi organlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish 
qilish yuzasidan amalga oshirayotgan ishlarni to‘xtatish haqida takliflar kiritish; 
Davlat soliq xizmati organlarining 1-7-bandlarda nazarda tutilgan huquqlari  davlat soliq 
xizmati organlarining barcha mansabdor shaxslariga, 8-14-bandlarda nazarda tutilgan huquqlari esa 
(tezkor-qidiruv faoliyati bundan mustasno) faqat davlat soliq xizmati organlarining boshliqlari va 
ularning o‘rinbosarlariga beriladi. 8-15-bandlarda nazarda tutilgan huquqlar soliq sohasidagi 
huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maxsus bo‘linmasi va uning hududiy bo‘linmalarining 
mansabdor shaxslariga beriladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bojxona qo‘mitasi 
O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 1997-yil 8-iyuldagi PF-1815-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona 
qo‘mitasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tashkil etilgan. 
Davlat bojxona qo‘mitasi organlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 
1.
 
Respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va belgilangan vakolatlar doirasida 
uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;  
2.
 
Respublika boj siyosati ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida qatnashish;  
3.
 
Boj qonunlariga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish;  
4.
 
Boj ishlarini amalga oshirishda fuqarolarning, shuningdek yuridik shaxslarning huquq va 
manfaatlarini himoya qilish;  
5.
 
Respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanishiga ko‘maklashish;  
6.
 
Xorijiy davlatlarning bojxona organlari, bojxona ishi masalalari bilan shug‘ullanuvchi 
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, xalqaro bojxona va savdo tashkilotlarida qatnashish;  
7.
 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiquvchi bojxona ishiga 
oid majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash;  
8.
 
Boj poshlinalari, soliqlar va boshqa boj to‘lovlarini undirish. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish