Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/177
Sana05.01.2022
Hajmi1,58 Mb.
#317970
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   177
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси ало А, ахборотлаштириш ва

O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki 
hisoblanadi. O‘zbekiston 
Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy 
banki to‘g‘risida” qonuniga asosan bu organ ham davlat boshqaruv organi, ham yuridik shaxs 
hisoblanadi. 
Markaziy bankning 
bosh maqsadi
 milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat. 
Uning asosiy vazifalari: 

 
monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, 
qabul qilish va amalga oshirish; 

 
O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va 
ta’minlash; 

 
banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga 
solish, banklar, kredit uyushmalari garovxonalarni nazorat qilish, qimmatbaho qog‘ozlar blankalari 
ishlab chiqarishni litsenziyalash; 

 
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta rezervlarini, shu jumladan kelishuv 
bo‘yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish; 

 
davlat budjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan  birgalikda tashkil etishdan 
iboratdir. 
Moliya faoliyatini amalga oshiruvchi maxsus huquq doirasiga ega bo‘lgan organlar qatorida 
moliyaviy nazoratni amalga oshirish uchun tuzilgan bir qancha organlarni ko‘rsatishimiz mumkin. 
Ularga Hisob palatasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Nazorat  qiluvchi organlar faoliyatini 
muvofiqlashtirish Respublika Kengashi va boshqalarni misol qilishimiz mumkin. 
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining asosiy vazifalari hisoblanadi:  

 
Davlat budjeti loyihasining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va parametrlarini shakllantirish 
jarayonini chuqur va puxta o‘rganish, ularni bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni 
erkinlashtirish borasida o‘tkazilayotgan siyosatning g‘oyat muhim ustuvor yo‘nalishlariga, 
respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish sohasida qabul qilingan maqsadli kompleks 
dasturlarga to‘la-to‘kis mos kelishi nuqtai nazaridan tanqidiy baholash; 

 
tarmoqlar va hududlar bo‘yicha Davlat budjetining daromad qismi shakllantirilishi va 
ijrosini moddama-modda, har tomonlama chuqur tahlil etish, budjet daromadlarining asosiy 
moddalari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarining realligi va tig‘izligiga baho berish, bunda yoqilg‘i-
energetika kompleksi, qazib chiqarish sanoati, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo, 
iqtisodiyotning daromad hosil qiluvchi boshqa tarmoq va sohalaridagi zaxiralarni aniqlashga 
alohida e’tibor qaratish; 

 
agrosanoat kompleksidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holati 
monitoringini amalga oshirish, qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirishga  ajratiladigan budjet 


 
 
 
32
 
 
mablag‘lari hamda budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘laridan maqsadli, oqilona va 
samarali foydalanilishini nazorat qilish; 

 
mahalliy budjetlar shakllantirilishi va amalga oshirilishini, ularning balanslanishini 
muntazam tahlil etish va nazorat qilish, mahalliy boshqaruv va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish uchun ularga real moliyaviy 
mablag‘lar ajratib berish vazifasini hal etish zarurligidan kelib chiqqan holda respublika va mahalliy 
budjetlar o‘rtasidagi nisbatni maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; 

 
respublika darajasida ham, mahalliy darajada ham davlat budjetining ijrosi va davlat 
mablag‘larining sarflanishi ustidan nazoratni tashkil qilish va ta’minlash. Davlat xarajatlarini 
kamaytirish rezervlarini aniqlash. Markazda va joylarda budjet mablag‘laridan qonuniy, maqsadli 
va samarali foydalanilishini, ulardan foydalanishda qonunbuzarliklar va suiiste’molchiliklarning 
oldini olish choralarini amalga oshirish; 

 
budjetdan tashqari jamg‘armalar —  Respublika yo‘l jamg‘armasi, Pensiya jamg‘armasi, 
Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi, 
Qishloq xo‘jaligini avanslash jamg‘armasining davlat budjeti tarkibida yig‘iladigan mablag‘lari 
to‘liq tushishi, ulardan maqsadli, oqilona va samarali foydalanilishi ustidan qattiq nazoratni amalga 
oshirish; 

 
o‘tkazilayotgan pul-kredit siyosatini, milliy valyutani mustahkamlash, uning xarid 
qobiliyatini oshirish, pul massasi va pul agregatlarini maqbul holga keltirish, bankdan tashqari pul 
aylanishini keskin qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni chuqur tahlil qilish va 
baholash; 

 
respublika tashqi savdo oborotining ahvolini chuqur tahlil qilish, respublika to‘lov 
balansini shakllantirish va undan foydalanishni baholash. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti 
prognozi bajarilishi, mahsulot importi maqbullashtirilishining ta’minlanishi, eksport tushumlari va 
xorijiy valyutani sotish to‘la-to‘kis va o‘z vaqtida bo‘lishi monitoringini amalga oshirish. Ichki 
valyuta bozorida valyutaga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganish, ayirboshlash kursi dinamikasi 
bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, milliy valyutaning erkin almashtirilishi ustidan nazoratni amalga 
oshirish; 

 
tashqaridan olinadigan qarzlarning hajmlari va maqsadga muvofiqligini tanqidiy 
baholash, olinadigan xorijiy kredit va grant mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanilishini, 
shuningdek Hukumat tomonidan yoki Hukumatning kafolati bilan olingan tashqi kreditlarga o‘z 
vaqtida xizmat ko‘rsatilishini qattiq nazorat qilish; 

 
oltin-valyuta zaxiralarining holati va uning harakati ustidan nazoratni amalga oshirish, 
tashqi aktivlarni boshqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish va ularni 
xorijiy banklarda samarali joylashtirish va qayta joylashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, oltin-
valyuta zaxiralari, shu jumladan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan o‘tkaziladigan 
operatsiyalar ustidan nazoratni ta’minlash. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish