Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва


 Budjetdan tashqari fondlarni tashkil etish



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/177
Sana05.01.2022
Hajmi1,58 Mb.
#317970
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   177
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси ало А, ахборотлаштириш ва

2. Budjetdan tashqari fondlarni tashkil etish 
 
Budjetdan  tashqari  fondlarni  tashkil  etish  manbalari  ko‘p  jihatdan  ularning  xarakteri  va 
maqsadlarini  amalga  oshirish  uchun  belgilangan  vazifalarning  ko‘lamlari  bilan  aniqlanadi. 
Manbalarning  turli  xilligiga  va  ularning  miqdoriga  davlat  yoki  rivojlanishning  konkret  davridagi 
iqtisodiy  va  moliyaviy  ahvol  ta’sir  ko‘rsatadi.  Shunday  qilib,  budjetdan  tashqari  fondlarni  tashkil 
etish  manbalari  birmuncha  doimiy  bo‘lganday  vaqtinchalik  xarakterga  ham  ega  bo‘ladi.  Ular 
ma’muriy-hududiy birligi bilan ajralib, davlat hududlarida bo‘lishi mumkin.  
Budjetdan  tashqari  fondlarga  tushadigan  mablag‘larning  foydalanish  yo‘nalishlari  –  bu 
fondlarni maqsadlariga, konkret iqtisodiy sharoitga qarab ishlab chiqilgan va amalga oshiriladigan 
rejalar asosida belgilanadi. Mablag‘larning bir qismi ta’sis faoliyatga yo‘naltiriladi hamda qimmatli 
qog‘ozlarni  olish  uchun  ham  yo‘naltirilishi  mumkin.  Budjetdan  tashqari  fondlar  investorlar  va 
moliyaviy bozorning qatnashchisi bo‘lishi mumkin, chunki:  

 
birinchidan, odatda pul mablag‘lari bilan foydalanish vaqti ularning vujudga kelishi bilan 
to‘g‘ri kelmaydi;  

 
ikkinchidan, investitsion faoliyat natijasidagi daromadlar tegishli fondlarning xarajatlarini 
moliyalashtirish uchun qo‘shimcha manba bo‘ladi.  
Budjetdan  tashqari  fondlarni  tashkil  etish  huquqiga  respublika  va  mahalliy  organlar  ega. 
Respublika darajasida tashkil etilgan budjetdan tashqari fondlar odatda mahalliy hukumat organlari 
ixtiyoriga  bir  qismini  ajratish  bilan  xarakterlanadi.  Bu  respublika  va  mahalliy  budjetdan  tashqari 
fondlarga tushadigan to‘lovlarning ulushini aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.  
Bunday  yo‘l  bilan  davlatning  ijtimoiy  sug‘urta  fondlari,  ya’ni  Pensiya  fondi,  aholining 
bandlik fondi va boshqalar tashkil etiladi.  
Davlatning  budjetdan  tashqari  fondlari  (BTF)
  –  bu  davlat  ixtiyoridagi,  qat’iy  maqsadli 
yo‘nalishga ega bo‘lgan moliyaviy resurslar yig‘indisi. BTFlarni shakllantirish vositasida hokimiyat 
organlari  tomonidan  milliy  daromadni  ahamiyati  ma’lum  ijtimoiy  guruhlari  va  iqtisodiyotning 
alohida sohalari manfaatlarida qayta taqsimlash ruy beradi.  
BTF  O‘zbekiston  Respublikasi  moliya  tizimining  tarkibiy  qismi  hisoblanadi  qonunchilik 
asosida  tashkil  etiladi.  BTFni  tashkil  qilishdan  asosiy  maqsad  rivojlanishning  ma’lum  bosqichida 
jamiyat uchun muhim bo‘lgan ba’zi xarajatlarni mustaqil daromad manbalari bilan ta’minlashdir.  
BTFlar davlat maqomiga ega. BTFlarni shakllanish manbalari quyidagilar hisoblanadi:  

 
budjetdan tashqari fondlarga o‘rnatilgan majburiy maqsadli ajratmalar;  

 
budjet mablag‘lari;  

 
fond tomonidan amalga oshirilgan tijorat faoliyatidan olinadigan foyda;  

 
fuqarolar va tashkilotlarning ixtiyoriy badallari.  
Mahalliy manbalar evaziga mahalliy darajada o‘z budjetidan tashqari fondlar tashkil etiladi. 
Ularning ichida mahalliy hududni rivojlantirish uchun, kam ta’minlangan aholi qatlamlarini ijtimoiy 
qo‘llab-quvvatlash fondlari, tabiatni saqlash fondlarini va boshqalarni ajratish mumkin.  
Maqsadli  budjetdan  tashqari  fondlar
  odatda  davlat  hukumat  organlari  ixtiyorida  bo‘ladi, 
lekin ular operativ boshqarilishi turli va shu qatorda maxsus ma’muriy apparat orqali olib borilishi 
mumkin.  
Boshqaruv  tuzilmalari  fondlar  bilan  foydalanishi  uchun  qonun  bilan  belgilangan  ma’lum 
huquqlarga va majburiyatlarga ega.  


 
 
 
115
 
 
Budjetdan tashqari fondlar yordamida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:  

 
korxonalar,  tashkilotlarga  kreditlar,  subsidiyalar  berish  moliyalashtirish  yo‘llari  bilan 
ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir ko‘rsatiladi;  

 
umuman, ijtimoiy infratuzilmani moliyalashtirish, subsidiya, pensiya va nafaqalar berish 
yo‘llari orqali aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;  

 
chet el davlatlariga, shu qatorda xorijiy sheriklarga qarzlar berish va boshqalar.  
Budjetdan  tashqari  fondlarning  o‘z  faoliyatini  amalga  oshirishini  tashkil  etish  davlat 
hukumat  organlarining  ixtiyorida  bo‘ladi.  Ularni  jamlash  va  foydalanish  tartibi  esa,  tegishli 
qonunlar bilan qat’iy belgilanadi.  

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish