99
ko‘p imtiyozlar va umumiy soliq stavkalari ancha yuqori bo‘lganda soliqqa tortiladigan
daromaddan chegirishni joriy etish.
Ikkinchisi, imtiyozlar, chegirmalar, undirishlardan asta-sekin voz kechish. Bu yo‘nalish
soliq bazasini kengaytiradi hamda soliqqa tortishda umumiy stavkani pasaytirish imkonini beradi.
Birinchi yo‘nalish takror ishlab chiqarish va fan-texnika taraqqiyoti jarayoniga aniq
maqsadni ko‘zlab ta’sir etishdan kelib chiqadi. Ikkinchi yo‘nalish esa, iqtisodiyotning barcha
sohalarida erkin tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun mumkin qadar qulay sharoit yaratishga
intiladi.
Shunday qilib, davlat soliqlar, imtiyozlar, jazo choralari (sanksiyalar) yordamida texnika
taraqqiyotini, ish o‘rinlari sonining ko‘payishini, ishlab chiqarishni kengaytirishga kapital mablag‘
sarflashni va hokazolarni rag‘batlantiradi. Soliqlar vositasida texnika taraqqiyotini rag‘batlantirish
avvalo shunda namoyon bo‘ladiki, bunda daromadning texnikaviy qayta qurollanish,
rekonstruksiya, tovarlar, oziq-ovqat va bir qator boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun
uskunalar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga yo‘naltirilgan qismi soliqdan ozod qilinadi.
Soliqqa tortish unumli faoliyatni rag‘batlantirish, unumsiz faoliyatni to‘xtatish uchun
daromadlar manbaiga ta’sir o‘tkazish yo‘li bilan korxonalarning iqtisodiy faoliyati samaradorligini
oshirishi mumkin. Masalan, mamlakat sanoatini chet ellik raqobatchilardan himoya qilish uchun
import tovarlarga soliq joriy etish usulidan foydalaniladi, bu bilan xorijga ko‘p mablag‘ chiqib
ketishining oldi olinadi, mamlakat ichkarisidagi ishlab chiqarish rag‘batlantiriladi. Ayni paytda
eksport tovarlar soliqdan ozod qilinishi chetga mahsulot chiqarish imkoniyatlari kengayishi uchun
qo‘shimcha mablag‘lardan foydalanishga sharoit yaratib beradi.
Ijtimoiy xarajatlarni (atrof-muhitni ifloslantirish, aholi sog‘ligiga havf tug‘dirish va hokazo)
ko‘paytirayotgan firmalarning mahsulotlariga qo‘shimcha soliqlarning joriy etilishi tez-tez ularning
faoliyati to‘xtab qolishiga olib keladi, tabiatni muhofaza qilish va mehnat sharoitini yaxshilash
choralarini ko‘rish zaruratini tug‘diradi.
Soliqlar ishlab chiqarishning muayyan tarmoqlarini himoya qilish uchun undiriladigan
paytlar ham bo‘ladi (masalan, import gazlamaga soliq solinishi uni xaridor olishi mumkin bo‘lgan
narxdan qimmatlashtirib yuboradi).
Jamiyat nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq bo‘lmagan faoliyatni cheklash uchun ham
soliqlardan foydalaniladi. Masalan, spirtli ichimliklar va sigaretalarga soliqlar faqat budjetni
to‘ldirish uchun emas, balki bunday mahsulotlarni iste’mol qilishni cheklash uchun solinadi.
Keltirilgan misollar xo‘jalik faolligining, bir turini rag‘batlantirish va ikkinchi turini
cheklash, chet ellik ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatchilik darajasini boshqarish va hokazolar
yo‘lidan foydalanib, soliqlar yordamida qanday qilib aholi, korxona va tashkilotlarning iqtisodiy
faoliyatini izga solib turish mumkinligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: