“Bumerang” texnologiyasi.
Bu texnologiya bir mashg‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit
holatda o‘rganish, ijodiy tushunib etish, erkin egallashga yo‘naltirilgan. U turli
mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo‘lgan
mavzularni o‘rganishga yaroqli bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini
qamrab oladi. Har bir mashg‘ulot davomida talabalarning turli topshiriqlarni
bajarishi, navbat bilan o‘qituvchi yoki talaba, iqtisodchi yoki tadbirkor rolida
bo‘lishi, kerakli ballni to‘plashiga imkoniyat yaratadi.
―Bumerang‖ texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat
yaratadi hamda g‘oya va fikrlarni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish
ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish
imkonini beradi, ya‘ni; bo‘lajak iqtisodchilarda jamoa bilan ishlash mahorati,
muomalalik, xushfe‘llik, o‘zgalar fikriga hurmat, rahbarlik sifatlarini
shakllantirish, ishga ijodiy yondashish, o‘z faoliyatini samarali bo‘lishiga qiziqish,
o‘zini xolis baholash kabilar.
“Skarabey” texnologiyasi.
―Skarabey‖ interaktiv texnologiya bo‘lib, u talabalarda fikriy bog‘liqlik,
mantiq va xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Talabalarda muammoni hal
qilishda o‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur
texnologiya mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash,
o‘rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarini aniqlash imkonini
beradi hamda turli g‘oyalarni ifodalash va ular orasidagi bog‘liqliklarni aniqlashga
imkon yaratadi.
"6*6*6” metodi.
Bu shunday metodki, unga ko‘ra 36 ishtirokchi zarur vaqt mobaynida biror
masalani muxokama qilib, ko‘pchilik gurux ahzolarining masalaga bo‘lgan
munosabatlarini bilib olish mumkin. Xar biri 6 kishidan iborat 6 ta guruxda
mahlum bir vaqt mobaynida o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan muammo muxokama
qilinadi. SHundan so‘ng o‘qituvchi yangi guruxlarni tuzadi, uning ahzolari orasida
oldingi baxs guruxida qatnashgan bo‘lsin. Yangi guruxlarda ishtirokchilar o‘z
guruxlarida qilgan ishlarining natijalarini muxokama etadilar.
Ushbu metod gurux a‘zolarining xammasini faollashtiradi. Ularning xar biri
qisqa fursat davomida baxs ishtirokchisi bo‘lishi bilan birga, ma‘ruzachi vazifasini
bajaradi.
Ushbu metod bilan mashg‘ulotni qanday olib borish kerak?
1. Mashg‘ulot oldidan o‘qituvchi 6 ta stol atrofiga 6 ta o‘rindiq qo‘yib
chiqadi.
2. Sinf xar biri 6 ta o‘quvchidan iborat 6 ta guruxga bo‘linadi.
3.
O‘quvchilar o‘z o‘rinlarini egallab bo‘lganlaridan so‘ng o‘qituvchi baxs
mavzusini aniqlaydi (guruxlar uchun vazifalar bir xil yoki bitta masalaning turli
jixatlariga tegishli bo‘lishi mumkin).
4. O‘qituvchi guruxlarda ish borishini nazorat qilib turadi. Barcha gurux
a‘zolarini masalaning shartini to‘g‘ri tushunganligiga ishonch xosil qiladi,
savollarga javob beradi va agar ishtirokchilar yordamga muxtoj bo‘lib qolsalar,
ularga qo‘shimcha ko‘rsatmalar beradi.
5. Belgilangan vaqt tugaganidan so‘ng o‘qituvchi shunday yangi guruxlar
tuzadiki, xar bir guruxda oldingi baxs guruxlaridan albatta bittadan vakil ishtirok
etsin.
6. Yakun yasaladi.
“AJURLI ARRA” metodi.
Ajur frantsuzcha «ajour» so`zidan olingan bo`lib, «bir yoqdan ikkinchi
yoqqa o`tgan, ikki tomoni ochiq» degan ma`noni anglatadi.
Bu metoddan foydalanish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
-talaba-o`quvchilardan 4-5 kishilik kichik guruhlar tashkil etiladi
-talaba-o`quvchilarga beriladigan topshiriq va ularni bajarishda
foydalaniladigan matnli materiallar bir nechta asosiy qismlar (masalan, reja asosida
bir nechta mavzuchalar)ga qirqiladi;
-mavzuchalar va ularga doir matnli materiallar paketi kichik
guruhlarning har bir a`zosiga tarqatiladi;
-kichik guruh a`zolari matnli materiallardan foydalanib topshiriqni
bajarishga kirishadilar;
-kichik guruhlarning yaxshi o`zlashtiruvchi a`zolaridan ekspert guruhi
tashkil etiladi;
-ekspert guruhi a`zolari qo`llaridagi topshiriqlarni hamkorlikda
muhokama qilishib, boshqalarga o`rgatish rejasini egallashadilar;
-ekspertlar o`zlarining dastlabki kichik guruhlariga qaytishib o`rganganlarini
boshqa sheriklariga o`rgatishadi.
O`qitishga bunday yondashilganda talaba-o`quvchilarning hamkorlikda
ishlashlariga va katta hajmdagi o`quv materiallarining o`zlashtirilishiga erishiladi.
Bu metoddan foydalanuvchi pedagog talaba-o`quvchilarga taqdim etilgan
topshiriqni bajarishga doir materiallarni qunt bilan o`rganishni, birgalikda
muhokama etishni, savol-javob qilishni, o`rganganlarini boshqalarga o`rgatishlari
zarurligini oldindan aytadi
"Rolli o'yinlar" metodi.
Rolli o'yinlar metodining mohiyati shundan iboratki, unda o'quvchilar boshqa
kishining roliga kirib oladilar va uning ichida xarakat qiladilar. o'yinda
o'quvchilarga asosan tugallanmagan vaziyatlar beriladi. Ular qaror qabul qilishlari,
konfliktli holatlarni bartaraf etishlari yoki taklif etilgan vaziyatlarni nihoyasiga
etkazishlari kerak bo'ladi.
Rolli o'yinlar o'quvchilarda boshqalarni tushinish, ularga hayri-hohlik qilish
ko'nikmalarini rivojlantiradi. Boshqalar rolini o'ynash orqali, uning nuqtai nazarini
tushinish oson, hatto uning nimalar haqida o'ylayotgani va sezayotganini ham.
Rolli o'yinlar o'quvchilarga turli vaziyatlarda o'zini tuta bilishning modellarini
berishi mumkin.
Darslarda rolli o'yinlarini qo'llash quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi.
1. O'yinni vaziyatlarini tanlash. Rolli o'yinlarga material bo'lib xizmat
qiladigan ko'plab vaziyatlar mavjud. Ular individual qiyinchiliklarni (internet
xizmati provayderi bilan muloqat qilish) va konfliktni hal qilish vaziyatlarini
(dasturiy mahsulot buyurmachisi bilan bahs) o'z ichiga oladi. O'yinlar maxsus
savollar yoki muammolarni hal etishda qo'llanilishi mumkin. Masalan, yosh
bolalarga internet tarmog'ining barcha ma‘lumotlariga kirishga ruxsat berish
kerakmi yoki yo'qmi? degan savolga javob topishda o'yin metodidan foydalanish
mumkin.
2. Tayyorlash. o'quvchilar vaziyat yoki muammo bilan tanishadilar va ular
o'rtasida rollar taqsimlanadi.
3. Ishtirokchilarni tanlash. o'qituvchi rolga o'quvchilarni o'zi tanlashi,
guruhda o'zlari taqsimlashlariga imkon berishi yoki hohlovchilarni taklif etishi
mumkin. o'quvchilar o'zlarining sinfi oldida chiqish qilishlari yoki bir vaqtning
o'zida kichik guruhlarda ishlashlari mumkin. Rolli o'yinlarida ishtirok etmayotgan
o'quvchilar kuzatuv bo'lishlari yoki boshqa rolni o'ynashlari mumkin.
4. O'yinni o'tkazish. o'quvchilar o'yin doirasida o'zlarini tutish usulini o'zlari
tanlaydilar. Bunda albatta berilgan vaziyatga tushganda inson o'zini qanday tutishi
mumkinligi asos qilib olinadi. O'yinning borishiga o'qituvchi aralashmasligi lozim.
Agar o'yin bor joyiga kelganda qolsagina, unga turtki berish maqsadida aralashishi
mumkin. Shunda ham aralashuv qisqa, aniq va ravshan bo'lishi kerak. Ayrim
hollarda o'yin tugagandan keyin rollarni almashib, yana bir bor takroran o'yin
o'tkazish foydadan holi bo'lmaydi.
5. Muhokama. o'yin muhokama qilinishi va baholanishi kerak. Muhokama
uchun quyidagi savollarni berish mumkin:
– Siz nimalarga o'rgandingiz?
– O'yin bo'yicha va har bir rol bo'yicha nimalarni his etayapsiz?
– O'yin realistik bo'ldimi?
– Qo'yilgan masala hal etildimi? Agar hal etilgan bo'lsa, qanday hal etildi?
Agar hal etilmagan bo'lsa, nima uchun?
V. Xulosa.
Xozirgi kunda kompyuter grafikasi juda tez rivojlanib bormoqda.Misol qilib
aytadigan bulsak qurilish sohasida binolarni chizmasini chizish uchun AutoCad
dasturidan juda kupchilik foydalanyapti.
Rasmlarni uzgartirish reklamalar uchun rasmlarni chiroyli dizaynda chiqarich
uchun Photoshop grafik dasturidan foydalanishmoqda.Mufilmlar, animatsiyalar va
fan buycha kinofilmlar yaratishda Mactomedia Flash dasturidan foydalanish
mumkin. Amaliy qismda ko`rsatilgan Adobe Photoshop grafik dasturini
imkoniyatlari keng qamrovli bo‗lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar
bilan boyitishda yanada katta qulayliklar yaratadi.
Adobe Photoshop ayniqsa jurnalistlarning, rassomlarning ijodiy imkoniyatlarini
to‗la amalga oshirishlarida yordam beradi. Jurnalistika va bevosita matbuot yoki
nashriyot sohasiga aloqador bo‗lgan shaxslarning mazkur programma bilan
ishlashni bilishi ular uchun qo‗shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi.
Bu kurs ishini tayorlash davomida kompyuter grafikasi dasturlari bilan
ishlashni mukammal darajada biladigan mutaxasislar va kadrlarni qanday tayorlash
haqida kursatib utdim.
Dars jarayonida kompyuter grafikasini yangi pedagogic texnalogiyalardan va
kompyuter grafikasiga oid tayorlangan electron darslik,electron qullanmalardan
foydalangan holda dars utilsa pedagoglar kuproq natijaga ega bo‘lamiz.
Kompyuter grafikasiga o`qituvchilarni qiziqtirish uchun ularga har xil kompyuter
grafikasi yordamida tayorlangan va ishlash jarayonini video roliklarini ko`rsatish
kerak.
VI. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Olimov Q.T. Ashurova S.YU. ―Zamonaviy ta`lim texnologiyalari‖
Toshkent-2007 87b.
2. Ishmuxamedov R.J. ―Innovatsion ta`lim texnologiyalari‖ Toshkent-2008.
3. Davlatov K. Mehnat va kasb ta`limi nazariyasi hamda metodikasi.
Toshkent. O‘qituvchi 1995 y. 4. Pedagogika. / A.Q.Munavvarovning umumiy
tahriri ostida.-
T.:‖O‘qituvchi‖, 1996. –200 b.
5. L.V.Golish, D.M.Fayzullaeva Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish
va rejalashtirish. T 2010
6. Jaloliddinov M. Ro‘ziqulov. Yangi turdagi o‘quv muassasalar
to‘g‘risidagi hujjatlar. Samarqand. 1995 y.
7. Yangi turdagi o‘quv muassasalari to‘g‘risidagi hujjatlar to‘plami
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi. 1994 y.
8. N.A.Xalilov. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta`lim
to‘g‘risidagi Qarorlari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta`lim
vazirligi. T. 1998 y.
9. Bespalko V.P. Pedagogika i progressivno‘e texnologii obucheniya. Institut
prof.obr.Ministerstva Obrazovaniya Rossii.- M.,1995.336 s.
10. Tursunov I.Y., Nishonaliev U.N. Pedagogika kursi. Darslik. -T.:
O‘qituvchi, 1997. - 232 b.
Internet saytlar.
1.http://www.ref.uz
2.http://www.pedagog.uz
3. http://www.ziyonet.uz
3. http://www.GRAFIKA.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |