Литературы:
1.
Cанитарные правила и нормы при работе на персональных
компьютерах, видео дисплейных терминалах и оргтехнике СанПиН РУз
N 0224-07
160
PHET SAYTI MODELLARDAN FIZIKA FANIDAGI ELEKTR MAYDON
POTENSIALINI ANIQLASHNI VIRTUAL LABORATORIYA ORQALI
BAJARISH
N.S. Sayidova, J.J. Jo`raqulov
BuxDU
O`quv jarayonida modellardan foydalanish yangi usul emas. Qadim-
qadimdan o`quv-o`rganish mobaynida modellardan foydalanib kelingan.
Simulyatorlar o`quv jarayoning qariyb barcha jabhalarida: boshlang`ich ta`limdan
boshlab oliy o`quv yurtlarigacha, oddiy til o`rganishdan to mexanika sohalarigacha
qo`llanilishi mumkin. Keyingi vaqtlarda hattoki meditsina sohasida ham
simulyatorlardan foydalanilmoqda.
Kompyuter simulyatorlaridan asosan ikki yo`nalishda foydalanish mumkin:
haqiqiy ob`ektlarni modellashtirish hamda ushbu modellarni rivojlantirish. Hayotiy
ob`ektlarni modellashtirishda eng sodda chiplardan tortib butun boshli murakkab
kompyuter tizimlarigacha virtual prototiplarini yaratish mumkin. O`quvchilar ushbu
virtual modellarni o`rganish jarayonida ularning ishlash printsip va usullarini yanada
takomillashtirishlari ham mumkin bo`ladi.
Simulyatorlardan foydalanishning asosiy sabablaridan biri ularning real
ob`ektlarga nisbatan juda ham arzon alternativ ekanligidadir. Hammaga ma`lumki,
axborot texnologiyalar va kompyuter sohasini o`qitishda asosan ma`ruzalardan
foydalaniladi; nari borsa programmalash tillarini o`qitishda ma`lum bir dasturlar
tuzish bo`yicha mashg`ulotlar olib boriladi. Ammo kompyuter jihozlarini yasash,
operatsion va network tizimlarini o`rnatish hamda sinovdan o`tkazish qimmatbaho
uskunalarga ehtiyoj tug`diradi. O`z-o`zidan ma`lumki, oliygohlarda bunday
imkoniyatlar hozircha keng ko`lamda mavjud emas. Simulyatorlar esa shunday
haqiqiy asbob-uskuna va jihozlarsiz virtual holatda kompyuter hamda network
qurilmalarini yasash va sinovdan o`tkazishga imkoniyat yaratadi. Bu o`z-o`zidan
nafaqat katta miqdorda mablag`lar tejalishiga, balki ularga umuman ehtiyoj ham
tug`dirmaydi. Simulyatorlarning qariyb hech qanday moliyaviy mablag`lar talab
etmasligi ma`lum tadqiqotlarni talabalar tomonidan yuzlab, kerak bo`lsa minglab
marotaba qayta-qayta amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
Simulyatorlardan foydalanishning yana bir afzallik tomoni ularning xavfsiz
ekanligidir. Ba`zi tadqiqotlarni amalga oshirish inson hayoti uchun xavf tug`diradi,
masalan, ekologik xavfli zonalarni kuzatish jarayonida ma`lumotlarni yig`ish uchun
foydalaniladigan network tarmog`ini o`rganish. Bunday tadqiqot katta miqdorda
moliyaviy xarajat talab etibgina qolmasdan, tadqiqotni olib boruvchilar hayotiga
xavf ham tug`diradi. Simulyatorlar yordamida esa ekologik xavfli zona hamda u
erga mos bo`lgan network tarmog`i virtual holatda yasalishi va ularning ustiga
istagancha eksperimentlar o`tkazilishi mumkin. Simulyatorlardan foydalanish
jarayonida talabalar ma`ruza vaqtida o`rgangan teoriya va bilimlarini virtual
bo`lsada hayotga tadbiq qiladilar. Ushbu tadqiqotlar jarayonida bilimlarini yanada
mustahkamlash bilan bir qatorda nazariya hamda hayotiy tadbiqotlarning
rivojlanishiga bevosita hissa qo`shadilar. Bundan tashqari o`sha simulyatorlarning
161
ham yanada rivojlanishiga, yanada haqiqiy hayotiy tadqiqotlarga yaqin natijalar
beradigan darajaga chiqarishda o`z hissalarini qo`shishlari mumkin. Bu o`z o`rnida
talabalarni faqatgina “tinglovchi” vazifasida qolmasdan, bevosita ilmiy-tadqiqot
ishlarida qatnashuvchilarga aylantiradi. Bu esa o`z navbatida talabalarda o`qish va
tadqiqotlarga bo`lgan qiziqishlarini yanada ortishiga olib keladi.
Shunga qaramasdan yuqorida ko`rsatilgan simulyatorlardan foydalanishning
salbiy tomonlari ijobiy tomonlariga nisbatan ancha kuchsiz hamda ularni bartaraf
etish imkoniyatlari mavjud. Shuning uchun ular simulyatorlardan foydalanishning
qandaydir ma`noda cheklanishiga asosiy sabab bo`la olmaydi.
Crocodile Physics dasturi kuchli simulyator bo`lib, fizik jarayonlarni
modellashtirish va fizikaning mexanika, elektr zanjirlar, optika va to`lqin hodisalari
bo`limlariga oid tajribalar yaratish va kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturdir.
PHET sayti Nobel’ mukofotining laureati, fizik K.Viman tomonidan «Physics
Education Technology» (PHET) sayti yaratilgan. PHET saytida har xil mavzularga
oid modellar mavjud bo`lib, ulardagi taqdim etilayotgan modellar ochiq manba
sifatida xohlagancha foydalanish mumkin.
PHET saytining korinishi.
Phet dasturida o`qitish va o`rganish uchun 100 dan ortiq fanga oid
simulyatorlar mavjud.
Bu mashg`ulotlarni ya`ni laboratoriya ishlarining hammasini web saytdan
qidirishimiz mumkin. Uni hammasini online tarzida ko`rishimiz mumkin yoki
o`zimizga yuklab olishimiz ham mumkin. Phet tizimida kimyo, matematika, fizika,
biologiya fanlarini simulyatsiyalar (ya`ni amaliy mashg`ulotlari) bor.
Phet tizimining maqsadlaridan biri bu o`quvchilar o`zini xuddi
o`qituvchilardek his qilib, o`zini bajarayotgan ishida har bir fanni hattoki elementar
mayda qismigacha to`liq o`rgana olishidir. Arigon davlat universitetining fizika
fanlari nomzodi, dotsenti Dedra Demaree fikriga ko`ra inson phet simulyatsiyalarini,
ya`ni phet tizimini o`rganish davrida unga bo`lgan qiziqishlari yanada ortishini
ta`kidlaydi. Phet tizimida qandaydir ko`ngil ochar mashg`ulotlar borligi, hamda
laboratoriya ishlarini bajarayotganingizda guvohi bo`lasiz.
Endi fizika fanidagi elektr maydon potensialini aniqlash mavzusini ko`rib
chiqamiz. Biz ushbu laboratoriya mashg`ulotimizda kompyuter ishchi maydonida
quyidagicha amallarni bajaramiz:
1. Kompyuterni ishga sozlab sarlavha satrida internet tarmog`iga ga ulanamiz.
So`ngra PHET nomli intenet manziliga kiramiz.
162
2. So`ngra ushbu Play with Simulations bandini tanlaymiz.
3. Undan keyin ushbu oyna hosil bo`ladi. Bunda biz Physics bo`limini
tanlaymiz va laboratoriya mashg`ulotlarini bajarishni boshlaymiz.
4. Biz ko`rib turgan ushbu rasm tajriba bajarish uchun ishga tushirilgandagi
ekran ko`rinishi hisoblanadi.
5. So`ngra tajribamizni bajarishni boshlaymiz.elektr maydonda ushbu asbob
elektr maydon potensialini aniqlaydi.
6. Ushbu rasmda esa zaryadi q= +1 nc bo`lgan musbat zaryadli zarrani ko`rib
turibmiz.
7. Biz bilamizki musbat zaryadning elektr maydon kuchlanganligi yo`nalishi
undan chiquvchi bo`ladi.
8. Ushbu rasmda esa zaryadi q= -1nc bo`lgan manfiy zaryadli zarrani ko`rib
turibmiz.
9. O`z-o`zidan ma`lumki manfiy zaryadli zarraga elektr maydon
kuchlanganligi yo`nalishi unga kiruvchi bo`ladi.
Ma`lumot uchun quyidagilar o`rinli:
Elektr maydon potensialini ushbu ȹ=k q/r formula orqali topamiz.
k elektr doimiysi bo`lib k=1/4πƐ=9*10 N m²/C² gat eng.
r = ta`sir masofasi
q =zarraning zaryadi.
10. Har ikkala zaryadlarni ma`lum bir masofaga joylashtirganimizda
ularning o`zaro ta`sirlashishini ko`rib turibmiz.
163
11. So`ngra ular orasidagi masofani ushbu asbob
yordamida
o`lchganimizda r=400.3 sm ga teng bo`ldi.
12. Endi esa har bir zaryad atrofidagi elektr maydon potensiallarini
aniqlaymiz.
13. Ko`rinib turibdiki musbat zaryadning elektr maydon potensiali ȹ=34.2
v ga hamda manfiy zaryadning elektr maydon potensiali esa ȹ= -34.2 v ga teng
bo`ldi. yana shuni aytishimiz mumkinki zaryadlar orasidagi masofaning yarmida
elektr maydon potensiali ȹ=o.009 ga teng bo`ldi.
14. Ushbu rasmlarni barchasida elektr maydon potensiali zaryadlar atrofida
mavjud va ekvipotensial sirtlarning har bir nuqtalarida har xil qiymat qabul qilishini
ko`rib turibmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |