268
LR-PON TEXNOLOGIYASINI ISHONCHLILIGINI TA’MINLASH
TAXLILI
D.A. Davronbekov, O.M. Fozilov
TATU
PON (Passiv Optic Terminal – Passiv Optik Tarmoq)larining
masofasini va
o’tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish uchun ishonchlilikga juda qattiq talablar
qo’yiladi. 0,99999ga teng bo’lgan tayyorlik koeffitsientini ta’minlash uchun, yil
davomida tarmoqning turib qolmaslik davomiyligi 5,3 msdan oshmasligi kerak.
Ishonchlilik ob‘ektning eng muhim sifat ko’rsatkichlari hisoblanadi. Bu
uning vazifasiga ko’ra qo’llashga yaroqliligini aniqlash xususiyatlarini
birlashtiradi. Aloqa tarmog’ining ishonchliligi, uning ishlash barqarorligini
belgilaydi. bu esa tarmoq ishonchliligini oshirish bo’yicha butun bir boshli
chora tadbirlar majmuasini ishlab chiqishni talab etadi.
Tizimning barqarorligi
ortiqcha ishlov berish ya‘ni muayyan zahiralarni yaratish orqali ta‘minlanadi.
Barqaror axborot tizimlarida parametrik, vaqtinchalik, algoritmik va tuzilishli
ortiqchalik qo’llanilishi mumkin.
Ishonchlilikni oshirish muammolarini hal etish, ya‘ni rad etishlarning
yuzaga kelish chastotasini kamaytirish va ishlamaslikning
davomiyligini oshirish
uchun sifatni oshirishning statistik usullarini muvaffaqiyatli qo’llash mumkin.
Xususan, ularning yordami bilan bo’sh vaqtni taqsimlashning tasvirini aniqlab
olish mumkin. Bunday muammolarni Pareto diagrammasi yordamida
muvaffaqiyatli hal etilish mumkin. Tarmoqni rad etmasdan ishlash ehtimolligini
optimallashtirish uchun boshqa statistik uslub Monte-Karlo usuli bo’lishi
mumkin, ishonchlilik va narx bo’yicha paketli kommutatsiyalashga ega
tarmoqlarni optimallatirishda Monte-Karlo usulini joriy etish ko’rsatilgan. Shu
bilan birga, statistika usullari bilan olingan natijalar juda kam aniqlik darajasiga
ega va tayyorlik talablari ortib boradigan tarmoqlarda
boshqa usullar bilan
tasdiqlanishi kerak.
LR-PON (Long Reach - PON)ning ishonchliligini loyihalashtirishda, butun
sonli liniyaviy dasturlashtirishning aralash usuli shuningdek rejalashtirishning
evristik algoritmi amalga oshiriladi. Evristik usulga, tayyorlik uchun eng kichik
talabga ega bo’lgan birinchi ONU (Optic Networck terminal-Optik Tarmoq
Terminali)ni aniqlashga asoslangan usul tegishli.
Bunda ayrim joylarda avvalo
OLT (Optic Line Terminal - Optik Tarmoq Termina)li o’rnatilgan joyni aniqlash
amalga oshadi, keyin splitterni, undan keyin esa ruxsat etilganlarning eng kichigi
bo’lgan ishonchlilik parametrlariga ega bo’lgan ONU izlanadi. Shundan so’ng,
sxema xarajatlarni cheklash uchun tekshiriladi. Tarmoqning qiymati va
ishonchliligi uchun maqbul sxema topilmaguncha harakatlar takrorlanadi.
LR-PON tarmoqlarida ishonchlilikni oshirish uchun optik splitter va ONU
orasidagi
barcha liniya zaxiralanadi. Shunday qilib 100 % li zahira ta‘minlanadi.
LR-PON tarmoqlarida ishonchlilikni oshirish uchun rad etishlar haqidagi
ma‘lumotlar to’planadi. Buning uchun PONning Smart Access Network Testing,
Analyzing and Database (SANTAD) deb ataluvchi aqlli monitoring tizimi ishlab
269
chiqiladi. Bunday tizimlar testlashtirishga, taxlil qilishga va ma‘lumotlar bazasiga
ega va testlashtirishga ega bo’lgan intelektual kirish tarmoqlari deb nomlanadi.
Bunday testlashtirishning mazmuni, markazlashtirilgan nazorat qilishni va
tarmoqdagi rad etishlarning maydalab tahlil qilish uchun ma’muriyat
ekraniga
chiqarishda optik vaqt intervali (optical time domain reflectometer – OTDR)
kontrolleri yordamida o’lchashlarni to’plashdan iborat. Rad etishlar yuzaga
kelganda bu ma‘lumotlar sozlovchilarga jo’natiladi. Tizim aniq rad etishni
aniqlaydi va optik kabelning rad etgan joyini aniqlaydi va sozlovchiga 30 sekund
ichida rad etishning yuzaga kelganligi haqida ma‘lumot beradi. Ma’lumot to’plash
bilan ma’lumotlar bazasi tarmoq operatorlariga tarmoqning uzoq muddatli
ishlashini baholashga imkon beradi.
Ishonchlilikni oshirishning
yana bir usuli to’lqin uzunliklar massiviga
asoslangan panjarani (Arrayed-waveguide grating – AWG) qo’llash hisoblanadi.
Bunda, kam aktiv komponentlar qo’llaniladi, konfiguratsiyasi
sodda va xizmat
ko’rsatishga talabini kamaytiradi. Favqulodda vaziyatlarda, AWG tarmoqlari bir
vaqtning o’zida ikki va undan ortiq rad etishlarga qarshi himoya bilan
ta’minlash uchun optimal echim bo’lishi mumkin. Bu holda tarmoqdagi
arxitektura, tortta AWGga ega bo’lgan ikkita mustaqil halqaning joylashtirilishi
bilan bog’liq. AWG olib keladigan yo’qotish 4-5 dbni tashkil etadi (kanallar
soniga bog’liq bo’lmagan holda). Bu optik krosslarga nisbatan ancha kichik. Biroq
AWG larning ham o’ziga yarasha kamchiligi bor. Atrof muhit xaroratining
0,01 nm/C qiymatga o’zgarishi panjaraning to’lqin
uzunligini surilishiga olib
keladi. Bu esa -40 ° C dan + 85 ° C gacha bo’lgan katta harorat o’zgarishlarida
AWG ni qo’llashni istisno qiladi. AWG li tarmoqlarda rad etishlar yuzaga
kelganda himoya moduli barcha mijozlar uchun 12 ms ichida trafikni ulashni
amalga oshiradi. Sxemada rad etishni aniqlagandan boshlab 2 ms ichida uzatkichni
ulovchi qo’shimcha imkoniyat mavjud. To’lqin uzunliklari servis qurilmasida
multiplekorlanadi va bir vaqtning o’zida ikki fider tola orqali OLT qurilmasiga
(WDM multipleksoriga) uzatadi, bu bilan u liniyani 100 %li zahirasini ta‘minlaydi.
Fiderda rad etish yuzaga kelganda himoya moduli tarmoqning butun ishini
saqlagan holda trafikni zahira fiderga ulaydi.
Ulanish avtomatik holda
mijozlarga xizmat korsatishni uzmagan holda amalga oshiriladi. LR-PONning
ishonchliligini oshirish bo’yicha yo’nalishlar quyidagi 1-rasmda ko’rsatilgan.
270
1-rasm. LR-PONning ishonchliligini oshirish bo’yicha yo’nalishlar
Do'stlaringiz bilan baham: