- qoida. Kichik asosga ega bo‘lgan sanoq tizimidan katta asosga ega bo‘lgan sanoq tizimiga o‘tishda (1.1) ifodadan foydalaniladi.
Misol: X2=10112 ikkilik sonini X10 o‘nlik soniga o‘zgartiring.
Yechimi. (3.1) ga asosan q=2 uchun
X10 = 1·2 3 + 1·2 2 + 0·21 + 1·20 =11
ga ega bo‘lamiz.
- qoida. Kichik asosga ega bo‘lgan sanoq tizimidan katta asosga ega bo‘lgan sanoq tizimiga o‘tish quyidagicha amalga oshiriladi:
birlamchi signalning butun qismi yangi sanoq tizimi asosiga bo‘linadi;
birlamchi signalning kasr qismi yangi sanoq tizimi asosiga ko‘paytiriladi.
Misol: 25,12 o‘nlik sonini ikkilik sanoq tizimiga o‘zgartiring.
Yechimi.
Butun qismni o‘zgartiramiz:
25:2 = 12 + 1 (X0 = 1)
12:2 = 6 + 0 (X1 = 0)
6:2 = 3 + 0 (X2 = 0)
3:2 = 1 + 1 (X3 = 1)
1:2 = 0 + 1 (X4 = 1)
X2 ikkilik sonining butun qismi bo‘linishining so‘nggi natijasidan yoziladi, ya’ni 2510=110012 ko‘rinishida bo‘ladi.
Kasr qismini o‘zgartiramiz:
0,12·2 = 0 + 0,24 (X-1 = 0)
0,24·2 = 0 + 0,48 (X-2 = 0)
0,48·2 = 0 + 0,96 (X-3 = 0)
0,96·2 = 1 + 0,92 (X-4 = 1)
0,92·2 = 1 + 0,84 (X-5 = 1).
Aniqligi yuqori darajada bo‘lgan natija olish uchun bu jarayonlar k - marta takrorlanadi. 5 ta qiymatgacha aniqlikda bo‘lgan ikkilik sonini kasr qismini yozish uchun ko‘paytirishning birinchi natijasidan olinadi, ya’ni 0,1210=0,00012 ko‘rinishida bo‘ladi.
So‘nggi natija 25,1210 ≈ 11001,00012 ko‘rinishida bo‘ladi.
Eslatma. Ikkilik sanoq tizimidan sakkizlik yoki o‘n oltilik sanoq tizimiga o‘tish ancha sodda usulda amalga oshirilishi mumkin. 8=23, 16=24 bo‘lgani sababli, sakkizlik sanog‘ida yozilgan sonning bir razryadini uchta razryad, o‘n oltilik sanog‘ida yozilgan bir razryadini to‘rtta razryad ko‘rinishida va aksincha ifodalash mumkin.
Misol: X2 =1010012 ni X8 ga o‘zgartiring.
Yechimi. 11.1-javdalga mos ravishda 1012 = 58 va 0012 = 18 ga teng, shu sababli X8 = 518 bo‘ladi.
Misol: X2 =101 001102 ni X16 ga o‘zgartiring.
Yechimi. 1.3-javdalga mos ravishda 10102 = A16 va 01102 = 616 ga teng, shu sababli X16 = A616 bo‘ladi.
Raqamli texnikada bit, bayt, so‘z kabi terminlar keng qo‘llaniladi.
Ikkilik razryadni odatda, bit deb atashadi. Shunday qilib, 1001 soni 4 bitli ikkilik soni, 101110011 soni esa, 9 bitli ikkilik soni hisoblanadi. Sonning chap chekkasidagi bit katta ryazryad (u katta vaznga ega), o‘ng chekkadagi bit kichik razryad (u kichik vaznga ega) hisoblanadi. 16 bitdan iborat bo‘lgan ikkilik soni 1.33-rasmda keltirilgan.
Hisoblash va axborot texnikasi evolutsiyasi qurilmalar o‘rtasida axborot almashinish uchun 8 bitli kattalikni paydo qildi. Bunday 8 bitli kattalik bayt deb ataladi. Komputer va boshqaruv diskret tizimlarning yangi turlari axborotlarni 8, 16 yoki 32 bitlar yordamida (1, 2 va 4 bayt) so‘zlar bilan bo‘laklab qayta ishlamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |