Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Fuqarolik protsessual huquqining konstitutsiyaviy prinsiplari



Download 1,29 Mb.
bet9/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Fuqarolik protsessual huquqining konstitutsiyaviy prinsiplari

Fuqarolik protsessual huquqining maxsus prinsiplari

1) odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi;
2) qonun va sud oldida tenglik;
3) sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysunishi;
4) sud ishlari yuritiladigan til;
5) sud muhokamasining oshkoraligi;



1) ish­larni qonun hujjatlari asosida hal qilinishi;
2) ish­ning haqiqiy holati, taraflarning huquq va majburiyatlari sud tomonidan aniqlanishi (obyektiv haqiqat);
3) erkin huquq, ya’ni dis­pozitivlik;
4) taraflar tortishuvi va teng hu­quqliligi;
5) sud muhokamasining bevositaligi va og‘zakiligi;
7) sud orqali himoyalanish huquqi;
8) sud hujjatlarining majburiyligi.

Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi prinsipi. O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sudlar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur prinsip O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 7-moddasida ham mustahkamlangan bo‘lib, unga ko‘ra Fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlov faqat sud tomonidan, FPKda belgilangan qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi.


Qonun va sud oldida tenglik prinsipi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, FPKning 8-moddasi va “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning
6-moddasida belgilangan. Unga ko`ra, qonun va sud oldida tenglik prinsipi odil sudlovni amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlov fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan, tashkilotlarning esa tashkiliy-huquqiy shaklidan, mulkchilik shaklidan, joylashgan yeri, shuningdek boshqa holatlardan qat’i nazar, qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi.
Sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysunishi prinsipi. Mazkur prinsip O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
112-moddasida, FPKning 9-moddasida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi FPKning 9-moddasiga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar mustaqildirlar va faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biror-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–4850-son, 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–4947-son va 2017-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini sud tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–4966-son Farmonlarining qabul qilinishi sudyalarning mustaqilligini mustahkamlashda va ularning ijtimoiy jihatdan muhofaza qilishni kuchaytirishda, odil sudlovni sifatini oshirishda hamda sudya kadrlarni tanlash va ularni tayinlash (saylash)da, sudyalikka qo‘yilgan talablarni samarali tizimini joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Sudyalarning mustaqilligi prinsipining amal qilishi odil sudlovning fuqarolar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning, ular o‘rtasidagi nizolarni hal etishning samarali vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Sud ishlari yuritiladigan til prinsipi. Mazkur prinsip O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, FPKning 11-moddasi hamda “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi FPKning
11-moddasiga ko‘ra,
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik sud ishlari o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yuritiladi. Sud ishlari yuritiladigan tilni bilmaydigan shaxslarga ishga taalluqli materiallar bilan o‘z ona tilida to‘liq tanishib chiqish, sudda ona tilida yoki o‘zi biladigan boshqa tilda so‘zlash, ko‘rsatuv va tushuntirishlar berish, arz bilan murojaat etish, iltimosnomalar taqdim etish, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan tartibda tarjimonning xizmatlaridan foydalanish huquqi ta’minlanadi. Ishda ishtirok etuvchi va sud ishlari yuritiladigan tilni bilmaydigan shaxs ishdagi sud hujjatlari berilishini so‘rab yozma ariza bilan murojaat etgan taqdirda, unga sud hujjatlari uning ona tiliga yoki u biladigan boshqa tilga tarjima qilib topshiriladi.
Sud ishlari yuritiladigan til prinsipi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va sud majlisi zalida hozir bo‘lgan shaxslarga jarayonning tushunarli, shu bilan birga sudda ish ko‘rishning tarbiyaviy xarakterda bo‘lishini ta’minlaydi. Sud ishlari yuritiladigan til prinsipiga rioya etilishi ish holatlarini to‘g‘ri aniqlashiga qonuniy, asosli hal qiluv qarori chiqarilishiga ko‘maklashadi.



Eslab qoling!
O‘zbekiston Respublikasi FPKning 377-moddasiga binoan ishni ko‘rishda sud ishi yuritiladigan til to‘g‘risidagi qoidalarning buzilishi protsessual huquq normalarining buzilishi hisoblanib, har qanday holda ham sudning hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos bo‘ladi.




Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish