Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi



Download 1,29 Mb.
bet191/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

  1. hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan ko‘chirma
    nusxasi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak;

  2. hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi;

  3. belgilangan tartibda va mikdorda davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza qarzdorlarning soniga qarab ko‘chirma nusxalar bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan bo‘lsa, unga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza hakamlik sudining hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddat fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza FPKning 354-moddasida nazarda tutilgan talablar, shuningdek ushbu modda qoidalari buzilgan holda berilgan bo‘lsa, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud FPKning 194-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha bunday arizani qabul qilishni rad etadi (FPKning 355-moddasi).
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza FPKda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi. Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan ijro varaqasi so‘ralayotgan ish materiallarini hakamlik sudidan FPKda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha talab qilib olishi mumkin. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida zarur tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun FPKning
357-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligini yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va e’tirozlarni asoslash uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yo‘li bilan aniqlaydi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta ko‘rib chiqishga haqli emas. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza FPKning 349-moddasi uchinchi qismida ko‘rsatilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ish yurituvida bo‘lsa, mazkur hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilayotgan sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishni qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirishi mumkin (FPKning 356-moddasi).

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf:
1) hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra haqiqiy emasligini;
2) hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar bo‘yicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorida hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar bo‘yicha xulosalarni bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalardan ajratib olish mumkin bo‘lsa, sud hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar bo‘yicha xulosalar mavjud bo‘lgan qismi uchun ijro varaqasi beradi;
3) hakamlik sudi tarkibining yoki hakamlik muhokamasining «Hakamlik sudlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori «Hakamlik sudlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini;
5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) to‘g‘risida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida zarur tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga o‘z tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini;
6) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflari uchun hali majburiy bo‘lmaganligini yoki bekor qilinganligini yoxud uning ijrosi sud yoki iqtisodiy sud tomonidan to‘xtatib turilganligini isbotlovchi dalillarni taqdim etgan hollardagina rad etadi.
Agar hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lmasa, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etadi (FPKning 357-moddasi).

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha FPKda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimida quyidagilar ham ko‘rsatilishi lozim:

  1. hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi;

  2. hakamlik muhokamasi taraflarining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi);

  3. hakamlik sudining hal qiluv qarori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  4. hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun ko‘rsatma.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish rad etilganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yo‘qolmagan bo‘lsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangidan murojaat etishiga yoki FPKda nazarda tutilgan qoidalarga binoan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat etishiga to‘sqin-lik qilmaydi. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish hakamlik bitimining haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar bo‘yicha to‘xtamlar mavjudligi yoinki nizo hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lishi mumkin emasligi oqibatida fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan to‘liq yoki qisman rad etilgan bo‘lsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat etishi mumkin. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ajrimi darhol ijro etilishi kerak (FPK 358-moddasi).



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish