Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Savol: 1) Sudning hal qiluv qarori asoslimi?



Download 1,29 Mb.
bet186/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Savol:
1) Sudning hal qiluv qarori asoslimi?
2) Mazkur ish qanday hal etilishi lozim?
17-BOB. HAKAMLIK SUDINING HAL QILUV QARORLARI BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN ISHLARNI YURITISH


17.1. Hakamlik sudlarida nizolarni ko‘rishning
ahamiyati va afzalliklari


Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi xo‘jalik nizolari iqtisodiy sud bilan bir qatorda hakamlik sudlari tomonidan ham ko‘rib chiqilishi ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 iyundagi “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilab qo‘yilgan edi. Keyinchalik hakamlik sudlarining tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullandi va 2007 yildan e’tiboran kuchga kirdi.
Hakamlik sudlari huquq to‘g‘risidagi nizoni, kelishmovchiliklarni ko‘rish va hal qilish uchun taraflarning xohish-idorasiga muvofiq erkin tanlanadigan nodavlat sudining bir shakli hisoblanadi. Binobarin u doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi va muvaqqat hakamlik sudlaridan iborat bo‘lib, fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida vujudga keluvchi xo‘jalik nizolarini hal etuvchi nodavlat organidir.

Hakamlik sudlarida nizolarni ko‘rishning quyidagi afzallik jihatlarini ta’kidlab o‘tish mumkin:

    • taraflarda sudyani mustaqil tanlash imkoniyati mavjud. Taraflar doimiy faoliyat ko‘rsatadigan hakamlik sudlarida mazkur sudni tashkil etgan yuridik shaxs tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi hakamlik sudyalari orasidan tanlashlari mumkin. Muvaqqat hakamlik sudi sudyasini esa hakamlik bitimi taraflari o‘zaro kelishuv asosida tanlaydilar;

    • nizolar bitta instansiyada hal etiladi. Hakamlik sudlari qandaydir bir tizimni tashkil etmaydi va bir-biriga bo‘ysunmaydi, ya’ni hakamlik sudining yuqori turuvchi instansiyasi mavjud emas;

    • ish ko‘rish qisqa muddatlarda amalga oshiriladi. “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunda hakamlik sudida nizoni ko‘rib chiqish muddati belgilanmagan. Mazkur muddat taraflar o‘rtasida tuziladigan hakamlik bitimida yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan hakamlik sudlarining reglamentida ko‘rsatiladi;

    • hakamlik sudi xarajatlari nizolarni iqtisodiysudlar va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda ko‘rish va hal etish uchun ketadigan sud xarajatlaridan bir necha bor kam, qolaversa, hakamlik sudlariga taqdim etilgan da’vo arizalaridan davlat boji undirilmaydi;

    • hakamlik sudi muhokamasi maxfiylik tartibida olib bori-ladi va oshkor qilinishi mumkin emas. Hakamlik sudyasi hakamlik muhokamasi davomida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni hakamlik muhokamasi taraflari yoki ularning huquqiy vorislari roziligisiz oshkor qilishga haqli bo‘lmaydi;

    • hakamlik muhokamasi taraflarning kelishuviga muvofiq belgilanadi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining nizomi va reglamentida sud muhokamasi taraflar va sud uchun qulay bo‘lgan joyda o‘tkazilishi belgilab qo‘yiladi.24




Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish