Kazus
Xayitmetova uydan ko‘chirish haqida Yesenovga nisbatan sudga da’vo bilan murojaat qilgan. Sud da’voni rad qilgan.
Apellatsiya instansiyasi sudi 2017-yil 19-apreldagi o‘z ajrimi bilan hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati 2018-yil 22-iyundagi qarori bilan mazkur fuqarolik ishini birinchi instansiyada ko‘rishda qatnashgan sudya, shu ishni 2017-yil
19-aprelda apellatsiya tartibida ko‘rilishida ham qatnashganligini ko‘rsatib, apellatsiya instansiyasi sudi ajrimini bekor qilib, ishni yangidan apellatsiya instansiyasida ko‘rish uchun yuborgan.
Savol: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2018-yil 22-iyundagi qarori qonuniymi?
Do'stlaringiz bilan baham: |