Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Taraflar o‘rtasida isbotlash burchini taqsimlash



Download 1,29 Mb.
bet48/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

4.6. Taraflar o‘rtasida isbotlash burchini taqsimlash
Isbotlash majburiyatining taqsimlanishi to‘g‘risidagi FPKning 72-moddasiga binoan, har bir taraf o‘zining talab va e’tirozlarini asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart.
Ta’kidlash kerakki, qonun normasida belgilangan umumiy qoida, ya’ni har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shartligi faqat fuqarolik protsessidagina mavjud bo‘lmay, balki protsessual huquqning boshqa sohalariga ham taalluqli bo‘ladi.
Ma’lumki, isbotlash majburiyatining taqsimlanishiga doir umumiy qoidalar protsessual qonunlarda, maxsus qoidalar esa moddiy huquq normalari asosida belgilanadi.
Taraflarning huquqlarini himoya qilish nuqtai nazaridan moddiy huquq normalari umumiy qoidadan farqli ravishda o‘z talab va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlash majburiyatini uning mavjudligini ta’kidlayotgan shaxsga emas, balki qarama-qarshi tomon zimmasiga yuklaydi.
Taraflar o‘rtasida isbotlash majburiyati taqsimlanishining maxsus qoidalari ichida nisbatan keng tarqalgan turi dalillar prezumpsiyasi, ya’ni muayyan faktning mavjud bo‘lishi yoki bo‘lmasligini uning aksi isbotlanmagunga qadar taxmin qilishdir. Mazkur qoida mehnatga oid nizoli ishlarda ko‘p uchraydi. Masalan, xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi natijasida zarar yetkazilsa, xodim zarar uchun javobgar bo‘ladigan shaxs harakatida ayb bo‘lish-bo‘lmasligini isbotlashdan ozod etiladi. Ushbu holatda zarar yetkazilishida aybi yo‘qligini ikkinchi taraf (ish beruvchi) isbotlab berishi kerak. To ish beruvchi buni isbotlamagunicha u zarar yetkazishda aybli deb faraz qilinadi. Masalan, MKning 189-moddasi uchinchi qismiga ko‘ra, mehnatda mayib bo‘lish oqibatida yoki o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli xodimga yetkazilgan zararni ish beruvchi, basharti zarar uning aybi bilan kelib chiqmaganligini isbotlab berolmasa, to‘lashi shartligi belgilab qo‘yil-gan. Shuningdek, o‘z mehnat vazifalarini bajarayotgan vaqtida yuqori xavf manbai natijasida xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni ish beruvchi, basharti zarar uni bartaraf qilish mumkin bo‘lmagan kuchlar tufayli yoki jabrlanuvchi qasddan qilganligi oqibatida kelib chiqqanligini isbotlab berolmasa, to‘lashi shart.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish