Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Nikohdan ajratish bilan bog‘liq ishlar



Download 1,29 Mb.
bet146/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Nikohdan ajratish bilan bog‘liq ishlarning taalluqliligi ikki guruhga: Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (FHDYo)16 va sud organlarida ko‘rib hal qilishga bo‘linadi.
Nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 43-moddasiga muvofiq, er-xotindan birining arizasi bo‘yicha, ular o‘rtasida voyaga yetmagan umumiy bolalari borligidan qat’iy nazar, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida amalga oshiriladi, agar er-xotindan biri sud tomonidan :
1) bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa;
2) ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa;
Yuqoridagi holatlarda agar bolalar haqida, er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini bo‘lish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er (xotin)ga ta’minot berish uchun mablag‘ to‘lash haqida nizo mavjud bo‘lsa, ularning nikohi sud tartibida bekor qilinadi17.
Bunday hollarda arizaga qo‘shimcha ravishda quyidagilar ilova qilinadi:
♦ er (xotin)ning muomalaga layoqatsiz yoxud bedarak yo‘qolgan deb topilganligi to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan sud qarori;
♦ er (xotin)ning uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan sud hukmidan ko‘chirma, shuningdek sudlangan er (xotin)ning nikohi o‘rtada bolalari va mol-mulki yuzasidan nizo yo‘qligi to‘g‘risidagi roziligini ifodalovchi hujjatlar bo‘lishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 34-moddasida ko‘rsatilgan da’vogarning tanlashi bo‘yicha sudlovlik qoidalariga ko‘ra, bedarak yo‘qolgan deb yoxud ruhiy holati buzilganligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar, shuningdek uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bilan nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi da’volar da’vogarning xohishiga ko‘ra o‘z yashash joyidagi sudda ko‘rilishi mumkin.
Agar da’vogarning voyaga yetmagan bolalari borligi, shuningdek nogironligi yoki og‘ir kasalligi tufayli u javobgar yashab turgan joyidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga borishga qiynalsa, nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi da’volar da’vogarning yashaydigan joyidagi sudga taqdim etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 41-moddasiga binoan, sudning nikohdan ajratish asoslari belgilangan bo‘lib, agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yo‘q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 39-moddasiga ko‘ra, erning nikohdan ajratish to‘g‘risida talab qo‘yishini man etadigan hollar quyidagi asoslar mavjud bo‘lganda, ya’ni xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga haqli emas.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 44-moddasiga ko‘ra, nikohdan ajratish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarish vaqtida sud tomonidan hal etiladigan masalalar belgilangan bo‘lib, nikohdan sud tartibida ajratilayotganda er va xotin voyaga yetmagan bolalari kim bilan yashashi, bolalarga va (yoki) mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj er yoki xotinga ta’minot berish uchun mablag‘ to‘lash tartibi, bu mablag‘ning miqdori yoxud er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishga doir kelishuvni ko‘rib chiqish uchun sudga taqdim qilishlari mumkin.

Agar yuqorida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha er va xotin o‘rtasida kelishuv bo‘lmagan taqdirda, shuningdek ushbu kelishuv bolalar yoki er-xotindan birining manfaatlariga zid ekanligi aniqlangan taqdirda sud:





Mol-mulkni bo‘lish uchinchi shaxslarning manfaatiga daxldor bo‘lgan hollarda, sud mol-mulkni bo‘lish talabini alohida ish yuritish uchun ajratadi. Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganida to‘yni o‘tkazishga ketgan sarf-xarajatlarni undirish haqidagi talablar qanoatlantirilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 48-moddasiga ko‘ra, sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilingan yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan er (xotin) qaytib kelgan va tegishli sud qarorlari bekor qilingan hollarda, nikoh er-xotinning birgalikdagi arizasiga ko‘ra fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi tomonidan tiklanishi mumkin. Agar er (xotin) yangi nikohga kirgan bo‘lsa, nikohni tiklash mumkin emas.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish