Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги



Download 1,29 Mb.
bet105/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Sud muzokaralari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nutqlaridan iborat bo‘ladi. Sud muzokarasida qatnashuvchilar o‘z nutqlarida sud aniqlamagan holatlarni, shuningdek sud majlisida tekshirilmagan dalillarni vaj qilib keltirishga haqli emaslar.
FPKning 244-moddasi sud muzokaralarida so‘zga chiquvchilar uchun qat’iy tartibni belgilaydi. Unga ko‘ra, sud muzokaralari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nutqlaridan iborat bo‘ladi. Sud muzokaralari ishtirokchilari o‘z chiqishlarida sud tomonidan aniqlamagan holatlarga, shuningdek sud majlisida tekshirilmagan dalillarga asoslanishga haqli emas. Dastlab da’vogar va uning vakili, keyin javobgar hamda uning vakili so‘zga chiqadi. Boshlangan sud protsessida nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilgan uchinchi shaxs va uning vakili taraflardan keyin so‘zga chiqadi. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bildirmagan uchinchi shaxs va uning vakili uchinchi shaxs ishda kaysi da’vogarning yoki javobgarning tarafida ishtirok etayotgan bo‘lsa, shu da’vogar dan yoxud javobgardan keyin so‘zga chiqadi. Boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan prokuror, shuningdek davlat boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning vakillari yoki ayrim fuqarolar sud muzokaralarida birinchi bo‘lib so‘zga chiqadi. Sud tomonidan sud protsessida ishtirok qilishga jalb etilgan yoki protsessga o‘z tashabbusi bilan kirishgan davlat boshqaruvi organlarining vakillari sud muzokaralarida taraflar va uchinchi shaxslardan keyin so‘zga chiqadi. Sud muzokaralari ishtirokchilari bir-birlariga luqma tashlashi mumkin. Oxirgi luqma huquqi doimo javobgar va uning vakiliga tegishli bo‘ladi.
Rasmiy jihatdan sud muzokaralardagi chiqishlarning davomiy-ligini cheklay olmaydi. Biroq FPKning 211-moddasiga ko‘ra, raislik qiluvchi ko‘rilayotgan ishga aloqasi bo‘lmagan hamma narsani sud muhokamasidan chetlatish huquqiga ega. Shuning uchun sudya agar notiq ish mohiyatidan chetga chiqsa, uni to‘xtatish huquqiga ega.
Sud muzokaralaridan so‘ng boshqa shaxslar tomonidan boshlangan protsessda ishtirok etayotgan prokuror ishning mohiyati bo‘yicha o‘z fikrini bayon etadi. Agar sud muzokaralarini eshitgach, sudya ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan yangi holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirishni zarur deb topsa, ishni mazmunan ko‘rishni tiklash to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Ishni mazmunan ko‘rish tamom bo‘lganidan keyin, sud muzokaralari umumiy tartibda o‘tkaziladi.
Sud muzokaralarini eshitgach, sud hal qiluv qarori chiqarish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqadi, bu haqda raislik qiluvchi sud majlisida hozir bo‘lganlarga e’lon qiladi.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish