3. Dualistik (aralash) monarxiya. Dualistik monarxiyada davlat hokimiyatini tashkil etish ikki tomonlama xarakterga ega, ya'ni monarx ijro hokimiyatiga boshchilik qiladi, o‘zi oldida javobgar bo‘lgan hukumatni shakllantiradi, qonunchilik hokimiyati esa parlamentga tegishli bo‘ladi (Iordaniya, Marokash, Malayziya kabi davlatlarda mavjud). Shu bilan birga, monarx parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarga mutlaq veto qo‘yish huquqiga ega.
4. Teokratik monarxiya. Bunday boshqaruv shakli mavjud bo‘lgan davlatlarda monarx ham dunyoviy, ham diniy hokimiyatga ega bo‘ladi (Vatikan, Saudiya Arabistoni).
Respublika – davlat boshqaruvining shunday shakliki, bunda davlat hokimiyati aholi tomonidan muayyan muddatga saylab qo‘yiladigan organlar va davlat boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |