Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


-MAVZU. DAVLAT VA HUQUQNING KELIB CHIQISHI



Download 1,34 Mb.
bet22/265
Sana11.02.2022
Hajmi1,34 Mb.
#442393
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   265
Bog'liq
№9. Davlat va huquq nazaruyasi va tarixi

2-MAVZU. DAVLAT VA HUQUQNING
KELIB CHIQISHI



Mavzuning asosiy yo‘nalishlari:

  1. Jamiyat tushunchasi.

  2. Jamiyat mavjud bo‘lishi shakllarining xilma-xilligi.

  3. Jamiyat rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar.

  4. Davlatgacha bo‘lgan jamiyatlarda ijtimoiy normalar va ijtimoiy hokimiyat.

  5. Davlat – jamiyat mavjud bo‘lishining bir shakli sifatida.

  6. Davlat va huquqning vujudga kelishi to‘g‘risidagi nazariyalar.

  7. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida jamiyat, davlat va huquq masalalari.



2.1. JAMIYAT TUSHUNCHASI

Davlat va huquq hodisalari jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichidagi mahsuli hisoblanadi. Davlat va huquq jamiyat ichida yuzaga keladi va rivojlanadi. Shu bois davlat va huquq hodisalarini o‘rganishda jamiyat va uning rivojlanish bosqichlari, turli hududlarda namoyon bo‘lish shakllari, uning rivojiga ta'sir qiluvchi omillar, jamiyat siyosiy tizimi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish muhim ahamiyatga ega.


Jamiyat so‘zining lug‘aviy ma'nosini tahlil qiladigan bo‘lsak,
u “jam bo‘lish”, “uyushish” kabi tushunchalarni anglatadi. O‘z navbatida, jamiyat tushunchasiga tor va keng ma'noda yondashish mumkin. Tor ma'noda jamiyat – bu kishilarning ma'lum bir maqsad yo‘lida birlashgan uyushmasidir. Masalan, oila, siyosiy partiyalar, mehnat jamoalari, ijodiy uyushmalar va boshqalar.
J
Jamiyat – bu tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlar mahsuli.
amiyat – bu kishilar o‘rtasidagi o‘zaro turli xil (iqtisodiy, oilaviy, ma'naviy, jamoaviy, diniy va boshqa) munosabatlar va aloqalarning murakkab tizimi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida jamiyatga quyidagicha ta'rif beriladi, ya'ni jamiyat – bu tarixiy taraqqiyotning ma'lum bosqichida moddiy boyliklar yaratishning muayyan usullari va muayyan ishlab chiqarish munosabatlari bilan xarakterlanadigan ijtimoiy munosabatlar majmuidir. Har qanday jamiyat o‘ziga xos bir butun ijtimoiy tizim bo‘lib, u muayyan darajada ijtimoiy munosabatlarning uyushganligi, tartibga solinganligi bilan farqlanadi. Jamiyat uchun boshqaruv (ijtimoiy hokimiyat)ning va kishilar xulq-atvorini umumiy qoidalar yordamida tartibga solish (ijtimoiy normalar)ning muayyan tizimi xos ekanligini aytib o‘tish mumkin.
Jamiyatda, avvalambor, biologik qonunlar emas, balki ijtimoiy qonunlar harakatda bo‘ladi1.
Aytish lozimki, jamiyatning o‘zi individlarning oddiy majmuasi emas. Jamiyat – bu moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste'mol qilish bilan bog‘liq kishilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va munosabatlarning mahsuli, murakkab ijtimoiy tizimdir.
Jamiyatga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy munosabatlar mahsuli sifatida qarash quyidagilarni tushunishga yordam beradi:
birinchidan, unga tarixiy-huquqiy nuqtai nazardan yondashish turli xil ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarni ajratib ko‘rsatishga;
ikkinchidan, ijtimoiy hayotning o‘ziga xos (iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy) tomonlarini aniqlashga;
uchinchidan, ijtimoiy munosabat subyektlari (shaxs, oila, millat, davlat va boshqalar)ni aniq ifodalashga.
Jamiyatning muhim jihati shundan iboratki, u insonlarning o‘zaro aloqalar tizimini ifodalaydi.
Inson jamiyat bilan o‘zaro aloqada bo‘la turib rivojlanadi, o‘zining ijtimoiy mohiyatiga ega bo‘lgan xususiyatlarini rivojlantiradi (kengaytiradi, o‘stiradi) hamda jamiyat taraqqiyotiga ta'sir ko‘rsatadi.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish