Gnoseologik funksiya. Ushbu funksiya bilishning tabiatiga va uning real muhitga munosabatini o‘rganishga qaratilgan.
Evristik funksiya. Evristika – bu haqiqatni, yangiliklarni izlab topish san'ati. Ushbu funksiya yordamida davlat-huquq hodisalarni o‘rganibgina qolmasdan, balki uning bugungi kundagi rivojlanish qonuniyatlariga oid yangi bilimlarni ham ochish mumkin bo‘ladi.
Metodologik funksiya. Yurisprudensiya uchun fundamental fan hisoblanadigan davlat va huquq nazariyasi sohaviy yuridik fanlarga nisbatan metodologik funksiyasini bajaradi. Bunda ushbu fanlarni zaruriy tushuncha va kategoriyalar bilan qurollantiradi, ularning o‘rganish obyekti va predmeti doirasini chegaralab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |