5.4. DAVLATNING TUZILISH SHAKLI
Davlatning tuzilish shakli – bu davlatning siyosiy va ma’muriy-hududiy tuzilishi bo‘lib, markaziy va mahalliy organlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tavsiflaydigan davlat shaklining tarkibiy qismidir.
Davlatning tuzilish shakliga ko‘ra: oddiy (unitar) va murakkab (federativ va konfederativ) ko‘rinishlari mavjud.
Unitar tuzilishdagi davlat yagona bo‘lib, u tarkibiy qismlari suverenitet belgilariga ega bo‘lmagan ma'muriy-hududiy birliklardan iborat bo‘ladi.
Unitar davlatga xos belgilar:
qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyati organlari yagona tizimining mavjudligi;
yagona konstitutsiya, qonunchilik, soliq, moliya tizimlarining mavjudligi;
yagona fuqarolikning joriy etilganligi;
barcha tashqi munosabatlar markaziy organlar tomonidan amalga oshirilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |