Parlamentar monarxiya mamlakatlari (hozirgi Buyuk Britaniya)da qirol davlat boshlig‘i vazifasini o‘tasada, amalda mamlakatni to‘la ma'noda boshqara olmaydi. Parlamentar monarxiyaning quyidagi belgilari mavjud: a) monarx hokimiyati deyarli barcha sohalar bo‘yicha cheklangan bo‘ladi; b) ijro hokimiyati hukumat tomonidan amalga oshiriladi, hukumat o‘z navbatida konstitutsiyaga ko‘ra monarx oldida emas, balki parlament oldida javobgar bo‘ladi; v) hukumat parlamentga bo‘lgan saylovlarda g‘olib chiqqan partiyalar vakillari orasidan shakllantiriladi; g) hukumat boshlig‘i lavozimiga parlamentda ko‘pchilik deputatlik o‘rniga ega bo‘lgan partiya rahbari tayinlanadi; d) qonunlarni parlament qabul qiladi, monarxning qonunlarni imzolashi esa asosan formal xarakterga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |