3. Davlat chegaralarini qo‘riqlash. Bu faoliyat chegara qo‘shinlari yoki boshqa maxsus bo‘linmalar tomonidan amalga oshiriladi va ma'lum davlatning qonunlari bilan belgilangan chegara rejimini ta'minlashni nazarda tutadi.
4. Fuqarolar mudofaasini tashkil qilish. Davlatlar tashqaridan qilinishi mumkin bo‘lgan hujumlarga qarshilik ko‘rsatish va harbiy davrda mamlakat iqtisodiyotining barqaror ishlashini ta'minlash maqsadida tinchlik davrida qator mudofaa tadbirlarini o‘tkazadilar. Bu faoliyat ommaviy qirg‘in qurollari bilan zarba berilish ehtimoli katta bo‘lgan aholi punktlarida yashovchilarni evakuatsiya qilishni nazarda tutadi. U maxsus mudofaa inshootlarini barpo etish, qutqarish va tiklash ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |