Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik sayyorada normal ekologik vaziyatni saqlash bo‘yicha ko‘pgina davlatlarning sa'y-harakatlarini birlashtiradi. Bu faoliyat keng qamrovli xususiyatga ega bo‘lib, insonning yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ekologik sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. U BMTning ixtisoslashgan muassasalari yo‘nalishida hamda mintaqaviy va boshqa davlatlararo organlar doirasida faol amalga oshiriladi. Atrof-muhitni muhofaza qilish uchun davlatlarning kosmonavtika, tibbiyot, biologiya, energetika va elektronika sohalaridagi eng so‘nggi yutuqlari qo‘llanadi.
Hozirgi zamon davlatlarining tashqi faoliyati xalqaro huquqiy normalarga asoslanadi hamda jahon hamjamiyatiga kiruvchi barcha xalqlarning tub manfaatlari va milliy xususiyatlarini hisobga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |