Ўзбекистон республика сиоcий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент давлат иқтисодиёт университети "молия ва бухгалтерия ҳисоби" факултети


Yer uchastkalariga, bino va inshootlarga bo'lgan huquqlar hamda ular bilan bog'liq bitimlarni davlat ro'yhatidan o'tkazish va ma'lumotnomalar7



Download 54,63 Kb.
bet8/8
Sana04.08.2021
Hajmi54,63 Kb.
#138304
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
YER BOZORI VA IQTISODIY RENTA

Yer uchastkalariga, bino va inshootlarga bo'lgan huquqlar hamda ular bilan bog'liq bitimlarni davlat ro'yhatidan o'tkazish va ma'lumotnomalar7

2019-yil yanvar oyi



Hudud

Yer uchastkalari

Yakka tartibdagi uy-joylar soni

Xususiylashtirilgan kvartiralar soni

Turar joy bo'lmagan bino va inshootlar soni

Ipoteka shartnomalari

Ijara shartnomalari soni

Ma'lumotnomalar soni




Yer uchastkalari soni

Umumiy maydoni, ga

Yer uchastkalariga bo'lgan huquqlar

Bino va inshootlar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

1.

Qoraqalpog'iston R.

3678

1010

4481

418

712

0

313

225

7537

2.

Andijon vil.

4805

696

4445

535

305

0

225

184

2577

3.

Buxoro vil.

589

546

1751

400

190

47

116

133

1579

4.

Jizzax vil.

1385

798

1196

442

141

0

112

14

924

5.

Qashqadaryo vil.

1218

123

1048

527

305

0

330

25

988

6.

Navoiy vil.

11675

3172

12921

2322

1653

47

1096

581

13605

7.

Namangan vil.

694

128

1431

316

252

0

108

32

1343

8.

Samarqand vil.

2715

871

2898

883

591

25

300

176

1965

9.

Sirdaryo vil.

1697

1075

1588

311

106

12

63

18

835

10.

surxondaryo vil.

737

768

3207

317

235

12

181

203

1689

11.

Toshkent vil.

2862

1106

4593

1184

798

0

245

381

2272

12.

Farg'ona vil.

3009

412

3715

1037

455

79

208

183

3567

13.

Xorazm vil.

3753

493

3158

378

311

33

221

78

2161

14.

Toshkent vil.

22

1,1

2505

4148

647

8

419

459

1762




Jami:

38839

11198

48937

13218

6701

263

3937

2692

42804

Fermer xo’jaliklarini rivojlantirishni rag’batlantirish uchun ham huquqiy, ham tashkiliy shart-sharoitlar yaratildi.Buning natijasida 2007 yilda respublikada fermer xo’jaliklarini soni 185492ta bo’lgan bo’lsa, 2009 yilda 220, 1taga yetdi.Qashqadaryo viloyatda 33447tani tashkil qildi. Fermer xo’jaliklarini qishloq xo’jalik foydalanishidagi yerlar maydoni 4881,9 ming gektardan ko’proqni tashkil qilib, bir xo’jalik ixtiyoridagi yer maydoni 26,3 gektarga, har bir kishiga 3,49 gektarni tashkil etadi.



Respublika miqyosida 2007-2015 yillar davrida sho’ralangan maydonlar to’g’risida MA’LUMOT8

Ҳудудлар номи

Шўрланмаган майдонлар

Фарқи,
+/-

Жами шўрланган майдонлар

Фарқи,
+/-

2007 йил

2015 йил

2007 йил

2015 йил

Қорақалпоғистон Республикаси

107,1

125,5

18,4

396,9

383,1

-13,8

Андижон

251,6

258,3

6,7

13,9

7,6

-6,3

Бухоро

28,9

38,6

9,7

246,0

236,3

-9,7

Жиззах

53,2

67,2

14,0

246,3

233,2

-13,1

Қашқадарё

264,4

284,4

20,0

241,4

230,5

-10,9

Навоий

14,4

22,5

8,1

112,9

100,5

-12,4

Наманган

256,5

258,9

2,4

26,0

23,4

-2,6

Самарқанд

368,2

374,9

6,7

9,9

4,6

-5,3

Сурхондарё

210,4

227,0

16,6

115,3

98,7

-16,6

Сирдарё

8,2

7,1

-1,1

284,0

280,7

-3,3

Тошкент

377,0

387,7

10,7

13,2

10,7

-2,5

Фарғона

187,4

237,5

50,1

172,3

125,2

-47,1

Хоразм







0,0

276,5

265,4

-11,1

Жами

2 127,2

2 289,6

162,3

2 154,7

2 000,0

-154,7


4.O’zbekistonda yer bozori va yerdan foydalanish holati tahlili

O‘zbekistonda agrar islohotlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirish, mulkchilik munosabatlari va shakllarini tubdan isloh qilish, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va mustahkamlash, qishloqlarni obod etish asosida qishloq aholisining daromadlari va turmush darajasini yuksaltirish vazifalarining amalga oshirilishini ko‘zda tutadi.

Mamlakatimizda ilk mustaqillik yillaridan boshlab yurtboshimiz boshchiligida fermer xo‘jaliklarim qo'llab-quvvatlashga hamda fermerlik harakatini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratildi.

Qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlami isloh qilishning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida mustaqillikning dastlabki yillarida qabul qilingan qator qonun hujjatlari qishloqda yangi huquqiy munosabatlami joriy etish hamda fermerlikni rivojlantirish imkonini yaratdi.

Qishloq xo‘jaligida bozor islohotlarini amalga oshirishni ikki bosqichga bo‘lishimiz mumkin.

Birinchi bosqich 1991-2000-yillami o‘z ichiga olib, ushbu davrda past rentabelli, aholiga o‘z imkoniyatlarini namoyon etish uchun sharoit yaratib bermagan shirkat xo‘jaliklarini tugatib, bunda fermer xo‘jaliklarini tashkil etish yo‘li tanlandi hamda quyidagi asosiy chora- tadbirlar amalga oshirildi:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 29-noyabrdagi PF-295-sonli Farmoniga asosan qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini shakllantirish, dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish va fuqarolami tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratib berildi;

- 1998-yil 30-aprelda qabul qilinsan yer kodeksi bilan fuqarolarga fermer xo‘jaligi yuritish uchun yerlami ijaraga berishning huquqiy asoslari belgilab berildi;

- 2004-yil 26-avgustda yangi tahrirda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq fermer xo‘jaliklarining huquqiy maqomi, faoliyatining tashkil etilishi hamda ulaming huquq va majburiyatlari to‘liq belgilab berildi;

- Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 300-sonli qaroriga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon (fermer) xo‘jaliklari boshliqlari attestatsiyadan o‘tkazilib, ushbu xo‘jaliklar fermer xo‘jaliklari sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Islohotlarning ikkinchi bosqichi 2001-2012-yillami o‘z ichiga olib, ushbu davrda fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi sohasidagi asosiy harakatlantimvchi kuchga aylandi hamda ushbu davrda quyidagi asosiy ishlar amalga oshirildi:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi PF-3226-sonli Farmoniga asosan zarar bilan ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz shirkatlar negizida fermer xo‘jaliklari tashkil etildi,fermer xo‘jaliklariga yer maydonlari tanlov asosida ellik yilgacha meros qilib qoldirish huquqi bilan ijaraga berildi;

- Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentyabrdagi 383-sonli qarori bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, ulami ro‘yxatdan o‘tkazish, bajarish va bajarilishini monitoring qilish tartiblari belgilandi;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-noyabrdagi PQ-725-sonli Qaroriga muvofiq hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtimvchi fermer xo‘jaliklarini davlat byudjeti hisobidan moliyaviy qoilabquwatlash uchun maqsadli mablag‘lar ajratildi;

- barcha qishloq xo‘jaligi yer maydonlari to‘liq inventarizatsiya qilinib, fermer xo‘jaliklarining faoliyatini tanqidiy baholash asosida ulaming yer maydonlari optimallashtirildi.

2017-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 160 ming 300 dan ortiq fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda9.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi 2015-yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotining 17,2 foizini yetishtirib berdi, iqtisodiyot tarmoqlarida band boigan aholining 27,6 foizi qishloq xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keldi (jadval).



O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi

tarmog‘ining tutgan o‘rni

Ko'rsatkichlar

2008

2010

2012

2014

2015

2015-yilda 2008-yilga nisbatan %

Yalpi ichki mahsulot , mlrd.so'm

36839,4

61831,2

96589,8

144867,9

171369

465,2

shu jumladan:qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti,mlrd.so'm

7134,6

15810,7

24370,3

36957

42280,4

592,6

Qishloq xo'jaligining YaIMdagi salmog'I, foizda

19,4

17,5

17,5

17,2

24,7

0

Iqtisodiyotda band bo'lgan ishchi kuchi soni,ming kishi

11035,4

11628,4

12223,8

12818,4

13058,3

118,3

shu jumladan:qishloq xo'jaligida bandlar soni,ming kishi

2958,7

2965,2

3330

3531,3

3643,3

1231,4

Qishloq xo'jaligida band bo'lgan ishchilar salmog'I,foizda

26,8

25,5

27,2

27,6

27,9

0


5.Qishloq xo’jaligining respublika iqtisodiyotida tutgan o'rni

Avvalo, qishloq xo’jaligining iqtisodiyotda tutgano’rni haqida gapirishdan


oldin quyidagilarga e’tibor qarataylik. 2013 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
ishlab chiqarish hajmi 2000 yilga nisbatan 2,3 barobar ko‘paydi. Faqat o‘tgan
yilning o‘zida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 6,8 foizga, jumladan,
dehqonchilik – 6,4 foizga, chorvachilik – 7,4 foizga o‘sdi.
Aytish kerakki, izchil yuqori o‘sish sur’atlari bilan birga, yalpi ichki
mahsulotning umumiy hajmida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulushining kamayish
tendensiyasi kuzatilmoqda. Masalan, 2000 yilda bu boradagi ko‘rsatkich 30,1
foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2013 yilda faqatgina 16,8 foizni tashkil etdi.
Buni avvalambor iqtisodiyotimizda amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy
o‘zgarishlarning, mamlakatimiz bir paytlardagi agrar respublikadan bosqichmabosqich ravishda sanoati rivojlangan zamonaviy davlatga aylanib borayotganining yaqqol tasdig‘i sifatida qabul qilishimiz darkor.
Qishloq xo‘jaligining o‘zida keng ko‘lamli o‘zgarishlar va sifat jihatdan
yangilanishlar yuz bermoqda.
Yurtimizda ekin maydonlarini optimallashtirish va qishloq xo‘jaligi
ekinlarini rayonlashtirish borasida har tomonlama puxta o‘ylangan siyosat olib
borilayotgani eng muhim xomashyo va eksportbop mahsulot bo‘lmish paxta
etishtirishning nisbatan barqaror hajmini saqlagan holda, boshqa qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari etishtirishni bir necha barobar ko‘paytirish imkonini berdi.O‘tgan
2013 yilda mirishkor dehqon va fermerlarimizning fidokorona mehnati bilan misli
ko‘rilmagan natijalarga erishildi – 7 million 800 ming tonna g‘alla, 8 million 400
ming tonna sabzavot etishtirildi. Mamlakatimizning ulkan xirmoniga 3 million 360
ming tonnadan ortiq paxta xomashyosi etkazib berildi.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga
alohida to‘xtalmoqchiman. Qishloq xo‘jaligining o‘zida keng ko‘lamli o‘zgarishlar va sifat jihatdan yangilanishlar yuz bermoqda. Yurtimizda ekin maydonlarini optimallashtirish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini rayonlashtirish borasida har tomonlama puxta o‘ylangan siyosat olib borilayotgani eng muhim xomashyo va eksportbop mahsulot bo‘lmish paxta etishtirishning nisbatan barqaror hajmini saqlagan holda, boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishni bir necha barobar ko‘paytirish imkonini berdi. Eng muhimi, xalqimizni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlashga zamin tug‘dirdi, kerak bo‘lsa, ularni chet mamlakatlarga eksport qilishga imkon bermoqda. Xususan, g‘alla etishtirish 2000 yilga nisbatan 2 barobar, kartoshka – 3,1 marta, sabzavot – 3,2 barobar, uzum – 2 marta, go‘sht va sut – 2,1 karra, tuxum – 3,4 barobar oshdi. O‘tgan 2013 yilda mirishkor dehqon va fermerlarimizning fidokorona mehnati bilan misli ko‘rilmagan natijalarga erishildi – 7 million 800 ming tonna g‘alla, 8 million 400 ming tonna sabzavot etishtirildi. Mamlakatimizning ulkan xirmoniga 3 million 360 ming tonnadan ortiq paxta xomashyosi etkazib berildi.


6.O'zbekistonda agrar islohotlar vа ularni chuqurlashtirishning asosiy yo'nalishlari

Respublikamiz Prezidenti I.Karimov so'zlagan nutqida iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo'nalishlariga to'xtalib, "Qishloq xo'jaligida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish vа uning barqaror rivojlanishini


ta'minlash bundan buyon ham g'oyat muhim masala bo'lib qoladi," - deb
ta'kidladi vа mavjud muammolarning yechimini topishni ХХI asr boshidagi
dolzarb masala qilib qo'ydi.
O'zbekistonda agrar islohotlarning negizi yerga bo'lgan mulkchilik
masalasidir. Respublika Konstitutsiyasida yer xususiy mulk qilib sotilishi
mumkin emasligi, balki uni uzoq muddatli ijaraga shartlari bilan topshirish
mumkinligi ta'qidlangan.
Islohotlarning ilk bosqichida mamlakat qishloq xo’jaligi barqarorligini
ta’minlash va rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki
asoslari yaratiladi. Bunda ustuvor yo’nalish qilib shaxsiy tomorqa xo’jaliklarini
rivojlantirish belgilangan edi. Ular ixtiyoridagi yer maydonlari 1989 – 1995
yillarda ikki barobarga ko’paydi.
Natijada aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashda va
qishloq xo’jaligini rivojlantirishda barqarorlikka erishildi.
Tarmoqda mulkni davlat tasarrufidan chiqarishga va xususiylashtirishga muhim ahamiyat berildi. Jumladan, 1066 ta davlat xo’jaliklari (sovxozlar) tugatilib, ular negizida jamoa xo’jaliklari tashkil etildi. Chorvachilik fermalari, bog’ va tokzorlar, kichik yer maydonlari hamda issiqxonalar xususiylashtirildi.
Islohotlarning ikkinchi bosqichida “Yer kodeksi”, “Qishloq xo’jalik kooperativi
(shirkat xo’jaligi) to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”, “Dehqon xo’jaligi
to’g’risida”gi qonunlar va tegishli Hukumat qarorlari qabul qilinib, me’yoriy
hujjatlar tasdiqlandi.
Bunday huquqiy bazaning yaratilishi agrar islohotlarni chuqurlashtirishga
zamin yaratdi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning xalqaro
andozalar va xalqimiz mentalitetiga mos keladigan - shirkat, fermer va dehqon
xo’jaliklaridan iborat modeli tanlandi.
Yer munosabatlarida yangi tamoyillar joriy qilindi. Shirkat xo’jaliklarida ekin maydonlarini, bog’ va tokzorlarni oila pudratchilariga tanlov asosida uzoq
muddatga ijaraga berish amalgam oshirila boshlandi. Yerni fermer xo’jaliklariga
50 yilgacha vа dehqon хо'jaliklariga umrbod foydalanishga berish tizimi yaratildi.
Tarixan shunday bo’lib qolganki, ko’pgina mamlakatlarda jumladan, bizning
mamlakatimizda ham qishloq xo’jaligidagi kapitalning uzviy tuzilishi
sanoatdagidan pastdir. Shuning uchun qishloq xo’jaligida yaratilgan tovarlarning
bozor qiymati ishlab chiqarishning ijtimoiy qiymatidagi qo’shimcha qiymat
miqdori jamiyatda shakllangan o’rtacha foydadan ortiq bo’ladi. Qishloq xo’jalik
tovarlarining bozor bahosi bilan ijtimoiy ishlab chiqarish bahosi o’rtasidagi bu
tafovut absolyut renta manbayi bo’lib xizmat qiladi.
Yurtimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning kelajagi haqida gapirganda, er va suv resurslari bo‘yicha imkoniyatlarimiz cheklanganini hisobga olib, bu borada yagona to‘g‘ri yo‘l – qishloq xo‘jaligini intensiv asosda rivojlantirish, erlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash, seleksiya ishlarini chuqurlashtirish, yuksak samarali zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va suvdan oqilona
foydalanish, eng muhimi – dehqon va fermerlarning dardi bilan yashash, desam,
o‘ylaymanki, barchangiz mening fikrimga qo‘shilasiz.
Faqat erga mehr, uning unumdorligini oshirish va birinchi navbatda dehqon
va fermerga doimiy e’tibor, ularning manfaati haqida g‘amxo‘rlik qilish – bu
qishloqni va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish bo‘yicha biz
tanlagan yo‘ldir. Agrar islohotlarning 1998 yildan boshlangan ikkinchi bosqichida
Oliy Majlisning IX sessiyasida (1998 yil 28-30 aprel) O'zbekiston
Respublikasining “Yer kodeksi to’g’risida”gi, “Qishloq xo'jaligi kooperativlari (shirkat xo’jaliklari) to’g’risida”gi, “Fermer xo’jaliklari to’g’risida”gi, “Dehqon xo’jaliklari to’g’risida”gi, Qonunlar qabul qilindi. Bunday huquqiy bazaning yaratilishi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga zamin yaratdi.
Islohotlarning uchinchi bosqichi 2000 yildan boshlandi. Bu bosqichda
birinchi navbatda past pentabelli va zarar ko’kib ishlayotgan korxonalarni fermer
xo’jaliklariga aylantirish asosida qayta tashki etish mexanizmining joriy etilishi,
qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko’rsatuvchi
zamonaviy infratuzilma tizimining barpo etilishi bilan tavsiflanadi. Faqat 2000-
2003 yillarda 336 ta, shu jumladan 11 ta tumanda shirkat xo’jaliklari to’liq
tugatilib, ular negizida 20 mingdan ortiq fermer xo’jaliklari tashkil etildi.
Ushbu chora-tadbirlarning natijasi o'laroq, 2004 yilda O'zbekistonda faoliyat
ko’rsatayotgan fermer xo’jaliklari soni 104 mingga yaqinlashdi (2003 yilda 87,5
ming edi), ularga biriktirilgan yer maydoni 2935,3 ming gektarni tashkil etib
(2003 yilda 2148,1 ming ga), bir fermerga to’g’ri keladigan yer maydoni 28,2
gektargayetdi. Ayni vaqtda dehqon xo’jaliklarining umumiy soni 4,5 mln. taga,
ularga biriktirilgan yer maydoni esa 682,5 ming gektarga yetdi. Bugungi kunda
yalpi qishloq xo'jaligi mahsulotining 59,7 foizi dehqon xo’jaliklari, 20,4 foizi
fermer xo’jaliklari, 19,9 foizi qishloq xo'jaligi korxonalari hissasiga to’g’ri
kelmoqda.
Qishloq xo’jaligining moddiy-texnika ta`minotini yaxshilash maqsadida yangi texnika, o'g`it, yoqilg`i va moylash materiallari yetkazib berishni yaxshilash
bo’yicha davlat dasturi ishlab chiqilgan va u bosqichma-bosqich amalga
oshirilmoqda. Jumladan, chet ellardan (AQSH, Germaniya) yuqori mehnat
unumdorligiga ega bo’lgan paxta teradigan, g`alla o'radigan (Keys) kombaynlari
keltirildi. Ularning ayrim turlari va ehtiyot qismlarini o'zimizda ishlab chiqarish
yo’lga qo’yildi.
O'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlardan ko’zda tutilgan bosh maqsad
qishloqda haqiqiy mulkdorlar sinfini, yer va mahsulotning haqiqiy egalarini
shakllantirishdir. Qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali qishloq
xo’jalik korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish asosiy masalalardan
hisoblanadi.
Ilg`or mamlakatlar tajribasiga ko’ra, qishloq xo’jaligining yuqori darajada
rivojlanishi avvalo sanoat rivoji bilan bog`liqdir. Ma`lumki, AQSH hamda
Yevropaning bir qator rivojlangan mamlakatlarida aholining 4-5 foizini tashkil
etadigan, zamonaviy texnika va texnologiyaga ega bo’lgan fermer xo’jaliklari o’z
xalqini qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan to’liq ta`minlab qolmasdan ularning bir
qismini eksportga ham chiqaradilar. Hozirgi vaqtda respublikamiz xalq xo’jaligida
ish bilan band bo’lgan 3,8 mln. aholining salkam yarmi hamon qishloq xo’jaligi
sohasida mehnat qilmoqda. Kelajakda ana shu ortiqcha mehnat resurslarini
sanoatga, xizmat ko’rsatish sohalariga jalb etish iqtisodiy siyosatning muhim
yo’nalishi bo’lib qolishi lozim.
2008 yildan boshlab mamlakatimizda qariyb 1 million 500 ming gektar
sug‘oriladigan erning meliorativ holati yaxshilandi, er osti suvlari yuqori bo‘lgan
maydonlar 415 ming gektarga yoki salkam 10 foizga qisqardi, kuchli va o‘rtacha
sho‘rlangan maydonlar 113 ming gektarga kamaydi.
Xabaringiz bor, o‘tgan yili 2013-2017 yillarda sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar davlat dasturini qabul qildik. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, barcha manfaatdor idoralar, Fermerlar kengashi va avvalambor fermer xo‘jaliklarining o‘zi ushbu dasturda ko‘zda tutilgan choratadbirlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlashi darkor. Vazirlar Mahkamasi mazkur dastur ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin.

O’zbekiston Respublikasida yerik shoxli qora mollar soni 2011yilda 9642,5ming boshni tashkil etadi. Jumladan, sigirlar - 114,6ming bosh, qo’y va echkilar - 846,6ming bosh, parrandalar - 4997,9ming boshni tashkel etadi.


Sigirlarning 94,7 % dexqon xo’jaliklarida, 4,5 % fermer xo’jaliklarida, qo’y va
echkilar mos ravishda – 80,5va 7,4 %, cho’chqalar 79,5va8,5 %, parrandalar –
60,3 va 11 ,6 % tashkil etadi.
2011 yilda barcha xo’jaliklar bo’yicha tirik vazinda 1 564,2ming tonna go’sht,
6766,2ming tonna sut, 3441,7mln.dona tuxum, 28,7ming tonna jun yetishtirilgan.
Donli o’simliklar band etgan maydonjahonda ekin maydonlarining 50 foizini
tashkil qiladi. Yiliga dunyoda 2,0mlrd. Tonnage yaqin don yetishtiriladi. Bu jon
boshiga 3,1s dan to’g’ri keladi. Don asosiy oziq-ovqat maxsuloti bo’lib, sanoat
uchun xom ashyo hisoblanadi. Jahon miqyosida don mahsulotlari etishtirish darajas iaholining o‘sib boorish darajasidan yuqori sur’atdarivojlanmoqda.

Xulosa
Oxirgi besh yilda ilk marotaba paxtadan eng ko'p 3,5 mln tonna hosil yetishtirildi. Bunga qulay ob-havo sharoitlari, ekin maydonlarining ko'payishi, agrotexnik tadbirlarning o'z vaqtida amalga oshirilishi, hosildorlikning oshganligi hamda fermer хо'jaliklarida paxta yetishtirishning ortganligi natijasida erishildi. Joriy yilda o'tgan yilga nisbatan don mahsulotlari 532,1 ming t., kartoshka 28,5 ming t., sabzavotlar 181,4 ming t., poliz mahsulotlari 42,8 ming t., mevalar 97,6 ming t., uzum 52,5 ming tonnaga ko'paydi. Chorvachilikda ham o'sish tendensiyasi
kuzatilmoqda.
Ko'rinib turibdiki, qishloq хо'jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim
tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo'lgan oziqovqat mahsulotlari vа sanoat tarmoqlari uchun хоm ashyo ishlab chiqariladi. Aholi uchun zarur bo'lgan tovarlar bozorini to'ldirish uchun qishloq xo'jaligi tarmoqlarini rivojlantirish darkor. Boshqa sohalar kabi qishloq хо'jaligida ham takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o'rtasida muayyan iqtisodiy aloqa vа munosabatlar sodir bo'ladi.
Yer maxsus resurs. U boshqa omillardan tubdan farq qiladi. Tengi yo'q ishlab chiqarish vositasi ekanligi tufayli uni boshqa biror narsa bilan
almashtirib bo'lmaydi.
Yerning yana bir muhim xususiyati uning ko'chmasligidir. Yer uchastkalarini bozorga, iste'molchilarga yoki suv manbalariga yaqin bo'lishini qanchalik xohlamaylik uni ko'chira olmaymiz.
Yer foydalanish jarayonida yeyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha agar undan
to'g'ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi.
Respublika qishloq xo’jaligida tub burilishlarning huquqiy asoslarini yaratish
uchun qabul qilingan qonunlar: “Yer to’g’risida”, “o’zbekiston respublikasida tadbirkorlik to’g’risida”, “Ijara to’g’risida”, “Dehqon xo’jaliklari to’g’risida”, “Yer solig’I to’g’risida”, “Кichik biznes vaxususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish to’g’risida”, o’zbekiston Respublikasining ‘‘Yer kodekisi”, “Qishloq xo’jaligi koopiratevi to’g’risida”, Fermer xo’jaligi to’g’risida”giqonunlar qishloq xo’jaligida ko’p ukladli iqtisodiyot poydevorini yaratishga yo’l ochadi.
“Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 18-yanvarda O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari hamda 2019-yilgi mo`ljallangan eng muhim ustuvor
yo`nalishlariga bag`ishlangan majlisidagi mamlakatimizda fermerlik harakatini
qo`llab quvatlash uchun huquqiy tashkiliy hamda moliyaviy shart sharoitlarni
tug`dirib berishgani katta omil ekanligini takidladilar.”
Iqtisodiyotimizning 2018 yilga mo‘ljallangan asosiy vazifa va ustuvor
yo‘nalishlari avvalo bu sohaning yuqori sur’atlar bilan o‘sib borishini ta’minlash,
buning uchun mavjud barcha rezerv va imkoniyatlarni safarbar etish borasida
qabul qilingan strategiyani davom ettirishga qaratilgan.
YAlpi ichki mahsulot hajmini 8,1 foizga, sanoatni 8,3 foizga, qishloq
xo‘jaligini 6 foizga, chakana savdo aylanmasini 13,9 foizga ko‘paytirish, bozor
xizmatlarini 16,2 foizga oshirgan holda, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini
55 foizga etkazish ko‘zda tutilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1 .O'zbekiston Respublikasining Yer kodeksi. - Т.: O'zbekiston. 1999. .
2. O'zbekiston Respublikasining "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi qonuni. 1998 уil 30
aprel.
3. O'zbekiston Respublikasining "Qishloq хо'jalik kooperativi (shirkat xo'jaligi)
to'g'risida”gi qonuni. 1 998 уil 30 aprel.
4. Qishloq хо'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo'nalishlari
to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.2003 уil 24 mart.1.
5.Karimov I.A. O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida. Т.:
O'zbekiston. 1995.
6.KarimovI.A.Qishloqxo'jaligitaraqqiyoti-to'kinxayotmanbai.Т.:O'zbekiston. 1998.
7. O'zbekiston Respublikasining "Dehqon xo'jaligi to'g'risida"gi qonuni. 1998 уil
30 aprel.
8. A.O'lmasov, M.Sharifxojaev. Iqtisodiyot nazariyasi.Т. 1995 у.
9. A.O'lmasov, А. Vahobov.Iqtisodiyot nazariyasi.Т.: Sharq. 2006.
10. D.Tojiboeva. Iqtisodiyot nazariyasi.I-qism.Т. 2002.
1 1 . D.Tojiboeva. Iqtisodiyot nazariyasi.П-qism. Т. 2003.
12. N. Beknozov. Iqtisodiyot nazariyasi. / /Darslik. - Т. 2005 у.
13.U.Umarov. Iqtisodiyot nazariyasi. / /O'quv qo'llanma. Т.: Meros. 2004.
14. Sh. Shodmonov, R.Alimov, T.Jo'raev Iqtisodiyot nazariyasi.Т. 2002.
15. Sh. Shodmonov, U.V.G'afurov.Iqtisodiyot nazariyasi.
16.Sangirov Ravshan. Mustaqil o`zbekistoning agrar siyosati: yutuqlari va
muomolari. Toshkent 2013-yil
17.www.forex.com
18.www.tenfore.ru
19.www.forex-rdc.ru
20.www.telekurs.ru
21 .www.eSignal.com
22. www.stat.uz

1 Sh. Mirziyoyev. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-mtizom va shaxsiy

javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”

// Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so‘zi 2017-yil 16-yanvar.


2 O‘zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi». Т., « 0 ‘zbekiston», 1999 y., 20-modda.

3 Sh. Mirziyoyev. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-mtizom va shaxsiy

javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”



// Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so‘zi 2017-yil 16-yanvar.

4 Manba: O ‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari

5 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari

6 O‘zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi». Т., « 0 ‘zbekiston», 1999 y., 20-modda.

7 www.ygk.uz

8www.stat.uz

9 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari

Download 54,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish