Ўзбекистон республика сиоcий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент давлат иқтисодиёт университети "молия ва бухгалтерия ҳисоби" факултети



Download 54,63 Kb.
bet6/8
Sana04.08.2021
Hajmi54,63 Kb.
#138304
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
YER BOZORI VA IQTISODIY RENTA

Monopol renta – bu tabiiy sharoit bilan bevosita bog’liq.Ya‘ni noyob qishloqxo’jalik mahsulotlari (uzumning alohida navlarni, tsitrus ekinlari, choy va boshqalar) yetishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Bunday tovarlar monopol narxlar bilan sotiladi.Bunday tovarlarni individual qiymatidan monopol narxdar yuqori bo’ldai, yer egalariga monopol renta olish imkoniyatini beradi.

Undirma sanoatdagi renta.Foydagi qazilmaqonlari joylashuvi jihatidan ham, konning boyligi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Huddi qishloq xo’jaligidagi singari, o’rta va yaxshi konlaridan korxonalar qo’shimcha foyda oladilar, u ham differentsial rentaga aylanadi.

Ijara haqi.Renta munosabatlarining qarab chiqishda rentaning ijara haqidan farqiga e‘tiborni qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan yerga oldin bino, inshoot va shu kabilar qurish bilan bog’liq ravishda kapital qo’yilmalar sarflanmagan bo’lsa, ijara haqi va renta miqdori bir-biriga to’g’ri keladi. Aks holda, ijara haqi yer rentasidan farq qiladi. Ijara haqi qo’yidagilardan iborat: yerdan foydalanganlik uchun to’langan renta (R), yerga ilgari sarflangan kapital uchun foiz (F), yer uchastkasini ijaraga berguncha qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasi (A). Buni formulada qo’yidagicha yozish mumkin:
IX = R+ F+ A (1)
Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yer faqat ijara ob‘ekti emas, balki oldi-sotdi ob‘ekti hamdir. Yer ham qishloq xo’jalik mahsuloti yetishtirish va tabiiy qazilma boyliklar qazib olish uchun, har xil ishlab chiqarish va turar joy binolari, inshootlar, yo’llar, aeroportlar qurish uchun sotib olinadi. Bunday hollarda yerning narxinima bilan belgilanadi?

Ma‘lumki, yer inson mehnati mahsuli bo’lmaganligi sababli almashuv qiymatga ega emas. Shunga ko’ra, nazariyotchilar yer va boshqa tabiat in‘omlari narxini irratsional narxlar deb aytaydilar. Yer uchastkasining egasi uni sotishdan olingan summani bankka qo’yilganda, u keltiradigan foiz tarzidagi daromad shu yer uchastkasidan olinadigan rentadan kam bo’lmagan taqdirdagina yerni sotadi.Boshqacha aytganda, yerning narxi kapitallashtirilgan rentadir.Boshqa sharoitlar teng bo’lganda, xuddi shu renta miqdori yer narxini belgilaydi. U renta miqdoriga to’g’ri va ssuda foizi normasiga teskari mutanosibdir. Shunday qilib, yerning narxi ikkita miqdorga bog’liq:

1) yer uchastkasi egasi olish mumkin bo’lgan yer rentasi miqdoriga;

2) ssuda foizi me‘yoriga.

SHundan kelib chiqib, yerning narxi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

Yeb = R × 100% (2).

F’

Bunda: Yeb – yerning bahosi, narxi; R – renta; F’- ssuda foizi me‘yori.



Misol keltiramiz: R – 15 ming dollar, F’- 5% bo’lsa, bunda yerning narxi Yeb – 300 ming dollarga teng bo’ladi. Yerning egasi faqat shu narxdagina yerini sotish mumkin, chunki muayyan miqdordagi kapitaldan olinadigan foiz unga bankdan shunday yillik daromad olishga imkon beradiki, u rentaga teng bo’ladi.

Renta miqdori o’sib, ssuda foizi me‘yori passayib borgan taqdirda yerning narxi o’sib boradi.Yer narxini aniqlashning bu usuli nazariy ahamiyatga ega. Amalda yer narxi, yer uchastkasiga talab va taklifga ta‘sir ko’rsatuvchi ko’plab omillarga bog’liq. Jumladan, yerga narxning o’sishini, unga noqishloq xo’jalik maqsadlari uchun foydalanishga talabning o’sishi bilan tushuntirilishi mumkin. Inflyatsiya va asosan giperinflyatsiya sharoitida yer narxining o’sishiga olib keladi.





Download 54,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish