Zbekiston musulmonlar idorasi mir arab oliy madrasasi



Download 111,41 Kb.
bet5/6
Sana28.06.2022
Hajmi111,41 Kb.
#715711
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ro\'za to\'liq

5. E'tikof
E'tikof Qur'onda zikr qilingan go'zal ibodatdir
"Baqara" surasi, 125-oyatida Alloh taolo marhamat qilib aytadi:4
"Biz Ibrohim va Ismoilga esa: "ibodat qasdi ila Ka'bani tavof qilguvchilar, e'tikofga chekilguvchilar, ruku va sajda qilguvchilar uchun mening uyimni pok tutingizlar", deb amr etgan edik".
Yana "Baqara" surasi, 187-oyatida Alloh taolo aytadi:
"Ammo masjidlarda e'tikofga (ibodatga) chekilgan paytlaringizda xotinlaringizga yaqinlik qilmang. Bu (hukm-lar) Allohning chegaralaridir, zinhor chegaralarga yaqinlashmang. Alloh, toki saqlanib taqvo qilsinlar deya, insonlarga o'z oyatlarini shundoq bayon etur".
Ramazon kechalarida erkaklar uchun ayol-lariga yaqinliq qilmoq mumkin bo'lsa ham, e'tikof holida bu mumkin emas.
Bas, e'tikof muqaddas qur'oni ka-Rimda bildirilgan uluG' ibodatdir.
E'tikof fazilati
Hazrati Imom Buxoriy va Imom Muslim Hazrati Abdulloh ibn Umar roziyallohu 5anhumodan rivoyat qiladilar: "Hazrati Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ramazonning oxirgi o'n kunligida (hamisha) e'tikof o'tirar edilar" .
Yana Hazrati Oisha onamiz roziyallohu anho rivoyat qiladilar: "Hazrati Nabiy sollallohu alayhi va sallam to Alloh taolo omonatini olgunicha Ramazonning oxirgi o'n kunligida e'tikofga o'tirmoqni kanda qilmadilar. Janobdan so'ng ul zotning ayollari ham shundoq e'tikof qiladigan bo'lishdi".
Hazrati Abu Hurayra roziyallohu anhu aytdilar: "Hazrati Nabiy sollallohu alayhi va sallam har Ramazonda e'tikofga chekilar edilar. Vafot qiladigan yillari esa yigarma kun e'tikof qildilar".
Ibni Moja va Bayhaqqiy Xdzrati Ibn Abbos raziyallohu anhumodan rivoyat qilgan hadisda Hazrati Rasululloh sol-lallohu alayhi va sallam aytdilar: "E'takof o'tirgan kishi gunohlaridan ajraladi va unga butun savob amallarini qilayotgan kabi ajr berilib turadi" .
Tabaroniy Ali ibn Haysandan rivoyat qilgan hadisi sharifda aytiladi:
"Ramazon oyida o'n kun e'tikof qilmoq ikki hAJ va ikki Umra kabidir (ya'ni, shu qadar savobga tengdir).
"E'tikof"ning shariy ma'nosi"
"E'tikof" so'zi bir narsani lozim tutmoq degan ma'noni bildiradi. E'tikof deb lug'atda masjidning ichidan tashqari chiqmay, bir necha kun ibodat qilib turmoqkd aygiladi. Shariatda esa, masjidda Alloh-taologa yaqinlik hosil qilmoq niyatida ibodatni lozim tugmoq ma'nosidadir.
Shariatda e'tikof ikki qismdir: 1) vojib e'tikof, ya'ni agar kishi e'tikof o'girmoqni o'ziga nazr qilsa, vo-JIB bo'ladi; 2) muborak Ramazoni sharif oyining oxirgi o'n kunida e'tikof o'girmoq sunnati muakkadadir va boshqa paytlarda mustahabdir. Mu'takif, ya'ni e'tikof o'tirgan kishi mas-jiddan chiqmay, uyiga bormay, ibodat bilan mashg'ul bo'ladi. Unda banda Alloh uchun hamma narsadan ajralib chiqadi. Ra-mazon kechalarvda ayollar bilan mubosharat qilish halol qilingan bo'lsada, e'tikof paytlari kechalari ham ayollariga yaqinlik qilishdan tiyiladi.
E'tikof sunnati muakkadadir6
Ramazon oyining oxirgi o'n kunida ro'zador holda, e'tikofni niyat qilib, jamoat namozi o'qiladigan masjidda e'tikof o'tirmoq erkaklar uchun sunnati muakkadadir.
Chunki Janobi Paygambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) Ramazon oyining oxirgi o'n kunligida e'tikof o'girmokdi o'zlariga vazifa qilib olgan edilar. Vazifa qilib olib, hamisha o'girganlari e'tikofning sunnat amal ekanita dalildir.
"Sahihi Buxoriy"da Hazrati Oisha onamiz raziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "Hazrati Nabiy sollallohu alayhi va sallam to Alloh taolo omonatini olgunicha Ramazon oyining oxirgi o'n kunligida e'tikofga o'tirmoqni kanda qilmadilar"
Hazrati Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) dunyodan oxiratga o'ta-digan yillarida shavvol oyida ham e'tikof o'tirganlar.
E'tikof Ka'batullohda eng afzal-dir. Undan keyin Madinai Munavvara-da (Hazrati Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam masjidlarida), undan keyin Baytul-Maqdisda, undan keyin jamoat ko'p yig'iladigan, Jum'a namozi o'qiladigan masjidlarda afzal. Jum'a o'qilmaydigan, ammo besh vaqt namoz o'qiladigan masjidlarda ham e'tikof o'tirsa bo'ladi.
E'tikof muddati
Sunnati muakkada bo'lgan e'tikof muddati o'n kun.
Vojib e'tikofning eng oz muddati bir kun. Masalan, bir kishi e'tikof o'tirmoqni nazr qilsa, bir kun e'ti-kof qilmog'i vojib bo'ladi. Vojib e'ti-kofni bir kun to'lmay buzib chiqsa, keyin qazo qiladi, ya'ni bir kun to'liq e'tikof o'tirib, qazosidan qutuladi.
Kishi necha kunlar e'tikof o'tirish-ni nazr qilsa, u e'tikof o'tirgan kunlarning kechalari bilan birga, yoki kechalari e'tikof o'tirmoqni nazr qilsa, kunduzlari bilan birga ketma-ket ayrilmasdan e'tikof qilmog'i lozim bo'ladi.
Hazrati Imom A'zam rahmatullohi alayh qavllariga ko'ra, nafl e'tikof-ning eng oz muddati bir kun. U zot Hazrati Hasan ibn ziyod rivoyat qilgan hadisi sharifning zohir ma'nosiga tayanganlar.
Hazrati Imom Muhammad rahmatul-lohi alayh qavllarida, (nafl) e'tikofning eng oz muddati bir soat. U zot Hazrati Imom A'zamning shogirdi va ashobi bo'lganlari uchun, bu so'z Imom A'zam mazhabining hukmi hisoblanadi. Va (bunday hollarda) ro'zasiz ham (Ramazon oyidan boshqa paytlarda) e'tikof o'tirsa bo'ladi. Zohir rivoyatda Hazrati Imom Muhammadning so'zlari ko'zda tutilgan.
Ba'zi qism nafl e'tikoflarda ro'-zador bo'lish shart emas.
E'tikofga kirish va chiqish vaqti
Hazrati Oisha onamiz raziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "Hazrati Rasu-lulloh sollallohu alayhi va sallam qachon e'tikof qilmoqchi bo'lsalar, bomdod namozshga o'qib, undan keyin e'tikof joy-iga kirar edilar" .
Hazrati Imom Termiziy: "ba'zi ilm axdlarining amali shu hadisi sharif asosidadir", deydilar.
E'tikof Ramazonning oxirgi dahasida to'liq o'n kun bo'lmog'i lozim. Mu'takif Ramazonning oxirgi kuni asr namozidan keyin e'tikofdan chiqadi.
E'tikof faqat masjidda bo'ladi
Faqat jamoat masjidida e'tikof o'tiriladi. Bu hukm Hazrati Huzayfa ra-ziyallohu anhuning: "e'tikof faqat jamoat masjididadir" degan hadisla-riga asoslanadi.
Hazrati Imom A'zam rahmatullohi alayhdan bunday rivoyat bor: "e'tikof faqat besh vaqt namozlar o'qiladigan masjidlardagina qilinadi. Chunki e'ti-kof namozga mushtoq bo'lib turiladigan ibodatdir. Bas, shunday ekan, uni (besh vaqt namoz) ado etiladigan joyda o'gash xos qilindi".
Hazrati Huzayfa raziyallohu anhudan rivoyat qilindi, Rasuli Akram sol-lallohu alayhi va sallam aytdilar: "Imomi va muazzini bor bo'lgan har bir masjid e'tikof uchun durustdir" .7
E'tikofda uzrsiz masjiddan chiqilmaydi.
E'tikofda masjiddan tashqari chiqilmaydi. Faqat eng zarur insoniy hojatlar uchungina chiqadi. Yana Jum'a namoziga borish uchun, agar Jum'a o'qiladigan masjid yaqin bo'lsa, qiyomdan keyin masjiddan chiqadi. Ammo Jum'a masjidi uzoq bo'lsa, Jum'a namoziga ulgurarlik vaqtni bilib, chiqadi. Va yana Jum'a namozining oldingi va keyingi sunnatlarini o'qiy oladigan muddatda chiqadi. Jum'a farzidan keyingi Sun-nat namozlarini ham o'qib bo'lgach, e'tikof joyiga qaytadi. Ammo u jome'da bundan ortiq tursa ham, bir kecha-kunduz turib qolsa ham, e'tikofi buzilmaydi. Chunki jome'masjid ham e'tikof joyidir. Faqat u erda ko'p turib qolishi yaxshi emas. Chunki u odam bitta joyda e'tikofni ado etishga (niyat qilib) kirishdi. Zaruratsiz ikki masjidda uning e'tikofi mukammal bo'l-maydi .8
Bas, e'tikof o'tirgan kishi faqat in-soniy hojati: qazoi hojat, tahorat va Jum'a namozi uchungina chiqadi. Chunonchi, Hazrati Oisha onamiz raziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisi sharifda aytiladi: "Hazrati Nabiy sallalolhu alayhi va sallam e'tikof o'gargan joylaridan faqat insoniy hojat uchungina chiqar edilar9. (Yo'qsa chiqmas edilar)" . Jum'a namozi uchun chiqish e'tikofchining eng zarur hojatlaridandir. Lekin e'tikof joyidan uzrsiz holda, insonjy hojatlaridan tashqari, bir soat masjiddan chiqib tursa ham, e'tikofi buziladi.
Ayollar e'tikofi
Ayollar erining ruxsati bilan uyi-ning besh vaqt namoz o'qiladigan joyi-da e'tikof o'tirishi mumkin. Chunki uyi uning namozgohidir va shu uyda ayol namozini kutib turadi. Agar u ayolning (maxsus) namoz o'qiydigan xonasi bo'lmasa, uyining bir joyini o'zi tanlab, o'sha erda e'tikof o'tiradi.
E'tikof vaqtida eri uning yoniga kelmaydi. (Chunki e'tikofni buzadigan hollarni sodir qilmaslik kerak.) E'tikofdagi ayol, zaruriy hojati bo'lmasa, uzrsiz uyidan chiqmaydi.


Download 111,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish