ASOSIY QISM 1. Ro'zaning lug'aviy va shariatdagi istiloxi. Ro'za Arab tilida " صيام"deb atalib, lug'atda bir narsadan o'zini tiymoqlikni bildiradi.1 Shariat istelohida, xaqqa ibodat niyati bilan tong otgandan to quyosh botguncha, ro'zani ochuvchi narsalardan o'zini tiymoqdir.
Ro'zani ochuvchi narsalar deganda emoq, ichmoq, jinsiy yaqinlik qilmoq va boshqa ro'zani ochuvchi narsalar ko'zda tutilgan.
Sufi Allohyor hazratlarining "Maxzanuy ul-Mubi'in" asarida ro'zani lug'aviy ma'nosi va shariy ma'nosi bunday izohlanadi "Savm" (ro'za) degan lug'atda biror vaqtda biror narsadan saqlanmoq degani. Zero, Alloh taolo Qur'oni karimda Bibi Mariyamga xitob qilib aytadi. "Men Rahmon yo'lida (ya'ni mehribon zot bo'lmish Alloh yo'lida ro’za tutmoqni nazr qilgan man deb aytgin",-dedi.
Shariatda esa niyat qilgan holda tongdan shomgacha emoq, ichmoq va jinsiy muomilani tark etmoqdir.
Ramazon oyi ro'zasini farz bo'lishi
Ramazon oyining ro'zasi ikkichi hijriy sanada farz qilingan. Aniqrog'i, ikkinchi hijriy sananing Sha'bon oyida, hijratdan o'n sakkiz oy o'tganda so'ng va qibla Kabai muazzammaga burilgandan keyin farz qilingan uning sababi oyning kelishidir. Chunki uni oyga izofa qilinadi va oyni takror bo'lishi bilan ro’za ham takror bo'ladi. Har kunning yangi bo'lishi uning ro'zasini tutishiga sababdir.
Ramazon oyi ro'zasini tutish Qur'on, sunnat, ijmo bilan sobit bo'lgan. Alloh taolo Qur'oni Karimning "Baqara" surasida:
"يا ايها الذين امنوا كتب عليكم الصيام كما كتب علي الذن من قبلكم لعلم تتقون
Ya'ni: "Ey imon keltirganlar! sizlarga ham huddi sizdan oldingi ummatlarga farz qilinganidek, ro’za farz qilindi, shoyadki taqvo qilsangiz", degan. Va yana:
شهر رمضان الذي انزل فيه القرءان هدي للناس وبينات من الهدى والفرقان فمن شهد منكم الشهر فليصمه
Ya'ni:
"Ramazon oyidirki unda Kur'on odamlar uchun hidoyat bo'lib hidoyatdan bayonatlar va furqon bo'lib tushirilganlir. Kim o'sha oyda hozir bo'lsa, bas ro'zasini tutsin" degan.
Yuqoridagi oyatda bizdan avvalgilarga farz qilingandek ro'za tutishlik farzligi bayon qilinadi.
Keyingi oyatda o'sha farz qilingan ro’za Ramazon oyida ekanligi bayon qilingan.
Shuningdek, Rasululloh Solloloxu alayxi vassallam o'zlarining muborak hadislarida rO'zAning farz ekanligini takidlaganlar:
"Payg'ambarimiz solloloxi alayxi vassallam:
"بني اسلام علي خمس: شهادة ان لا الاه الا الله ان محمدا رسول الله ؛ اقام الصلاة، اتاء زكاة، صوم رمضان حج البيت من اصتطاع اليه سبيلا "
"Islom besh ustun ustiga qurilgan: "Allohdan o'zga iloh yo'q va albatta Muhammad Allohning bandasi va elchisi deb guvohlik berish va bir kunda besh vaqt nomozni ado qilish molining qirkdan birini nisobga etgan bo'lsa zakot berish va qurbi etsa yo'l tinch bo'lsa, umrida bir marotaba haj qilish va bir yilda Ramazon oyida bir oy ro’za tutish", demganlar. Mutaffaqun alayh.
Va yana:
"Payg'ambarimiz sollolohu alayhi vasallam: "sizlarga muborak Ramazon oyi keldi. Alloh azza va jalla sizlarga uning ro'zasini tutmoqni farz qildi. Unda osmonlarning eshiklari ochilur. Unda jahannamning eshiklari yopilur. Unda o'z boshimcha shaytonlar kishanlanur. Unda Allohning bir kechasi bo'lib u ming kechadan yaxshidir.
Kim u kechani yaxshiligidan maxrum bo'lsa batahqiq maxrum bo'libdi", dedilar". Nasoiy va Bayhaqiy rivoyat qilganlar.
Islom ummati doimo Ramazon ro'zasi farz ekanlagiga ittifoq qilib kelgan.
ro’zaning farzligi quyosh botguncha ekani Qur'onning "so'ngra ro'zani kechasigacha batamom qilinglar" degan oyatidan olingan. Islomning avvalida ro’za dastlab farz qilingan vaqtida iftor vaqti quyosh botgandan xufton vaqtigacha bo'lgan.
Barro roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Muhammad sollolohu alayhi vasallamning saxobalaridan qachon bir kishi ro'zador bo'lsayu iftor vaqtida iftor qilmay uhlab qolsa o'sha kechasi va ertasiga kunduzi to kech kirmaguncha taom emas edi. KayS Ibn Sirma ro'zador edi iftor bo'lganda hotinini oldiga kelib taominng bomi dedi. Xotini:
- Yo'q lekin borib senga taom keltiraman dedi.
U kunduzi ishlar edi. Ko'zi ilinib uxlab qoldi. Xotini qaytib kelib, uni ko'rib sho'ring qurisin dedi.
Ertasiga kun yarimlaganda hushidan ketib yiqildi. Bu narsa Rasululloh sollallohu alayxi vasallamga zikr qilindi va ushbu oyat nazl bo'ldi.
"Sizlarga ro’za kechasida ayollaringizga yaqinlik qilish halol qilindi,,,,"
Buning uchun soxobi ikromlar juda ham hursand bo'ldilar.
Shuningdek:
"Va to oq ip qora ipdan ajragungacha eb-ichinglar" ham nozil bo'ldi.
Buxoriy Abu Dovud va Nasoiy rivoyat qilganlar. Boshqa rivoyatda esa "nabiyy Solloloxu alayxi vassallamning davrlarida xuftonni o'kiganlaridan keyin odamlarga taom, sharob va ayollarga yaqinlik qilish harom bo'lar edi va yangi kechaga rO'zA tutar edilar. Shunda bir kishi o'z nafsiga hiyonat qildi. Xuftonni o'qib bo'lib iftor qilmay turib hotiniga yaqinlik qildi. So'ngra, Alloh o'shani qolganlarga oson ruhsatlik qildi. Va manfa'atli kishini Iroda etidi. "Ul pok zot Alloh albatta o'z nafsingizga xiyonat qilishingizni bildi. Bas, u sizlarni kechirdi va avf qildi", ...oyatini oxirgacha tushirdi.