Zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va



Download 92,71 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana30.12.2021
Hajmi92,71 Kb.
#96054
1   2   3   4
Bog'liq
1 Mavzu

 

ADABIYOTLAR 

 

1. 



Шарифхўжаев М. Ўзбекистонда очиқ фуқаролик жамиятининг шаклланиши. 

– 

Т.: Шарқ, 2003 



2. 

Қирғизбоев М. Фуқарлик жамияти: генезиси, шаклланиши ва ривожланиши. 

– 

Т.: Ўзбекистон, 2010   



3.  Utamurodov A. va boshqalar. Fuqarolik jamiyati. O’quv qo’llanma. –  T.: 

Universitet. 2018. 21 b.t. 

4. 

Жалилов А. ва бошқалар. Фуқаролик жамияти асослари. – Т.: Baktria press, 



2015.  

5. 


Қирғизбоев М. Фуқаролик жамияти: сиёсий партиялар, сиёсий мафкуралар, 

сиёсий маданиятлар. – T.: Шарқ. 1998.  



 

INTERNET SAYTLARI 

 


1. 

www.president.uz

 

2. www.ziyonet.uz 



 

DARSNING  MAQSADI: O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi 

bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi  to’g’risida 

talabalarda tasavvur hosil qilish 

 

Mavzu: O’ZBEKISTON MILLIY TARAQQIYOTINING YANGI 



BOSQICHIDA FUQAROLIK JAMIYATINING SHAKLLANISHI VA 

RIVOJLANISHI. HARAKATLAR STRATEGIYASI - O‘ZBEKISTON 

MILLIY TARAQQIYOTI YANGI BOSQICHINING ASOSI 

 

1.Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategik pirovard maqsadi 

2.Fuqarolik jamiyati g’oyalar evolyutsiyasi 

3.Fanning predmeti, obyekti, maqsadi, vazifalari va boshqa ijtimoiy fanlar bilan 

o’zaro bog’liqligi.  

4.“Rivojlanish”,    “strategiya”,    “konsepsiya”    tushunchalarining mazmuni. Mustaqil 

O‘zbekiston Milliy taraqqiyot modelining ishlab chiqilishi 

5.O’zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirishning  Harakatla  rstrategiyasi  – 

milliyt araqqiyotimizning yangi bosqichi 

6.Inson manfaatlari hamma narsadan ustun“, “Xalq davlat idoralariga emas, balki 

davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Xalq boy bo‘lsa, davlat boy va 

qudratli bo‘ladi” konseptual g‘oyalari 

 

Fuqarolik jamiyati tushunchasi –  kishilik jamiyatining asrlar mobaynida 



shakllangan tafakkur mahsuli bo‘lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan 

belgilanadi. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish 

uchun avvalo u haqdagi g‘oyalar genezisini,asoslarini bilish lozim. Fuqarolik jamiyati 

ma’lum asoslar (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy) yaratilgandagina 

shakllanishi mumkin. Bular quydagilardan iborat:  

iqtisodiy asos - shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan mulk 

shakllarining xilma-xilligi, iqtisodiy plyuralizm, ko‘p ukladlilik, erkin bozor 

munosabatlari. Qaysiki jamiyatda uning har bir a’zosi, qandaydir mulkka ega 

bo‘lishi, o‘z xohishi bilan tasarruf etish, sarflash huquqiga ega bo‘lishi, xususiy mulk 

daxlsizligi, davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik, mexnat va iste’mol faoliyati 

erkinligining ta’minlanganligi. 



ijtimoiy-siyosiy asos – mustaqil davlatlarning tashkil topishi, iqtisodiy va siyosiy 

hokimiyatning ajratilishi. Insonlarning o‘z maqsadlarini himoya qilish maqsadida 

ma’lum tashkilotlarga birlashishi,Hokimiyatlar turli-tuman markazlar, tashkilotlar, 

siyosiy institutlar qo‘lida jamlangan bo‘lsa, ular bir-birini cheklaydi va muvozanatga 

solib turadi. Siyosiy plyuralizm, davlat hokimiyati funksiyalarining sekin-asta 

fuqarolik jamiyati institutlariga berib borilishi. “Kuchli davlatdan –  kuchli jamiyat 

sari” tamoyilining namoyon bo‘lishi. Birinchi Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, 

“Fuqarolik jamiyati qurish bir qancha vakolatli vazifalarni davlatdan mahalliy 




hokimiyat organlariga, jamoat tuzilmalariga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 

organlariga bosqichma-bosqich topshirishni ko‘zda tutadi”

1



Fuqarolik jamiyatining antik konseptual ta’limotida jamiyat va davlat 



fenomenlarining uzviyligi qadimgi yunon dunyoqarashining muhim xususiyatlaridan 

biri hisoblanadi. Xususan, Aflotunning (mil. av. 427–347 y.) “Davlat” dialogida 

fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy hayotini ajratishgina emas, ijtimoiy sohani 

hozirgidek zamonaviy talqinda, siyosiy faollik sifatida tushunilgan. Bunda jamiyat 

hayotining siyosiy jihatlari, fuqarolik jamiyati tizimining umumiy tavsifi sifatida 

namoyon bo‘ladi. 

Fuqarolik jamiyati g‘oyasining keyingi rivoji Aflotunning shogirdi Arastu(mil. 

av. 384–322 y.) ijodi bilan bog‘liq. Ustozi kabi Arastu ham eng mukammal jamiyat 

g‘oyasini ishlab chiqishga diqqat e’tiborini qaratadi, biroq fuqarolik jamiyati 

g‘oyalari tarkibida bu masala o‘zgacha nazariy jihatlarni tashkil qiladi. Uni ko‘proq 

ijtimoiy transformatsiya emas, balki davlat tuzilmasidagi o‘zgarishlar qiziqtiradi. 

Bundan tashqari Arastu o‘zining nazariy ishlanmalarida davlat haqidagi mavhum 

g‘oyaga tayanishni emas, jumladan Aflotunga xos bo‘lgan, balki voqe’likda mavjud 

bo‘lgan boshqaruv shakllarini solishtirish, qiyosiy tahlil qilishga tayanadi, bu jihat 

esa uning davlat va jamiyat borasidagi pozitsiyasini konkretroq bo‘lishini 

ta’minlaydi.  

Platondan farqli o‘laroq, Aristotel xususiy mulkni e’tirof etadi. CHunki u inson 

tabiatiga xos bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning o‘zagini tashkil 

etadi. Aristotel mulk huquqining fuqarolar farovonligi, davlat va uning boshqaruv 

shakli xavfsizligi, qonunchilik organi ishida fuqarolarning ishtiroki mexanizmi, 

lavozimlarni egallash va vazifalarni bajarish, sud organlari ishidagi rolini atroflicha 

o‘rgangan. Huquqni Aristotel adolat mezoni deb hisoblagan va unga ijtimoiy 

munosabatlarni tartibga soluvchi va ayni vaqtda ularni muhofaza qiluvchi institut 

sifatida yondashgan. Aristotel fikriga ko‘ra, siyosiy boshqaruv –  bu odamlarning 

emas, balki qonun boshqaruvidir: hatto eng yaxshi hukmdorlar ham tuyg‘ular va 

hissiyotga beriluvchan bo‘ladi, qonun esa «oqilona tafakkur»dir. 

Qadimgi rim mutafakkiri Mark Tuliy Sitseron (mil. av. 106-43  yillar)  ham 

jamiyat va davlat (respublika)ni tenglashtiradi.  Davlatni u umumiy manfaatlar bilan 

o‘zaro bog‘langan odamlar majmui sifatida tasavvur qiladi, davlat xalqning umumiy 

mulki hisoblanadi va odamlar birgalikda yashashga tabiiy ehtiyoj sezadi. Uning 

fikricha, davlatning vazifasi mulkni muhofaza qilishdan iborat. Davlat ayni shu 

maqsadda tashkil etiladi. Sitseron fikriga ko‘ra, uch boshqaruv shakli (monarxiya, 

aristokratiya va demokratiya) unsurlarini o‘zida mujassamlashtirgan aralash davlat 

eng ideal davlatdir. Faqat shunday davlatda har bir jamiyat a’zosining  manfaatlarini 

qondirish va u davlatni boshqarishda ishtirok etishi ta’minlanadi. «Davlatning 

mustahkamligi va fuqarolarning huquqiy tengligi» bunday davlat tuzumining muhim 

fazilati deb hisoblaydi.Sitseronning «Davlat haqida» va «Qonunlar haqida» asarlari 

davlat va huquq muammolariga bag‘ishlangan. Davlat Sitseron talqinida qadimgi 

yunon mutafakkirlarining konsepsiyalaridagi kabi davlatning barcha erkin a’zolari 

umummanfaat ifodasi sifatidagina emas, balki bu a’zolarning o‘zaro kelishilgan 

                                                            

1

 



Каримов И. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз.Тошкент. “Ўзбекистон”, 1999.7-жилд 388-бет. 


huquqiy munosabatlari majmui, muayyan huquqiy tuzilma, «umumiy huquqiy 

tartibot» sifatida ham namoyon bo‘ladi. 

Fuqarolik jamiyati fanining predmeti fuqarolik jamiyatining shakllanishi, 

rivojlanishi, har bir milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror topishining umumiy, 

o‘ziga xos qonuniyatlarini va tamoyillarini o‘rganishdan iboratdir. 

Fuqarolik jamiyati fanining ob’ekti –  bu rivojlangan mamlakatlarda va 

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllanish va rivojlanish jarayoni hisoblanadi. 

Bu jarayon ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy  va ma’naviy sohalardagi tub o‘zgarishlarni 

ifodalaydi va bir necha o‘n yilliklarni o‘z ichiga olib, unda fuqarolik jamiyatining 

huquqiy davlat bilan o‘zar uyg‘unlikda rivojlanish bosqichlari nazariy va amaliy 

nuqtai nazarlardan o‘rganiladi. 

Fuqarolik jamiyati fanining predmeti – bu uzoq va bosqichma-bosqich tarzdagi 

tarixiy rivojlanish natijasidan iborat bo‘lib, fuqarolik jamiyati shakllangan va 

rivojlangan oraliq davr –  bir necha avlodlarning yangi jamiyat qurishdagi ishtiroki, 

jamiyatshunos olimlarning bu jamiyatni rivojlantirishga doir nazariy ishlanmalari

Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati 

qurishning “O‘zbek modeli”ga xos nazariy qarashlar, mamlakatda fuqarolik 

jamiyatining rivojlanish jarayonidan iboratdir. 

Fanni  o‘qitishdan maqsad  -  talaba yoshlar ongida fuqarolik jamiyatiga doir 

tasavvurlarni singdirish, ularda jamiyatni rivojlantirishga doir mustaqil fikrlash 

ko‘nikmalarini shakllantirish, Vatanga sadoqat his-tuyg‘ularini yuksaltirish 

kabilardan iboratdir.  

Fanning vazifalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 

-  jahon tajribasi va milliy voqeliklarni o‘rganish asnosida fuqarolik jamiyatiga 

doir konsepsiyalar mazmun-mohiyatini ochib berish; 

-  talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir tushunchalarni tahlil qilishda, unga doir 

nazariyalarni o‘rganishda har tomonlama ko‘maklashish, ularning jamiyatga doir 

qarashlarini boyitish; 

-  fuqarolik jamiyati qurish islohotlarida shaxsning rolini ochib berish asnosida 

talabalarda shaxsiy fuqarolik nuqtai nazarlarni shakllantirishga yordamlashish; 

-  talabalar ongiga fuqarolik jamiyati qurish jarayonida paydo bo‘ladigan 

muammolar va ularning echimlariga doir bilimlarni singdirish

- talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir nazariy ishlanmalarni tahlil qilish 

ko‘nikmalarini shakllantirishlarida ularga har tomonlama ko‘mklashish;  

-  “Kuchli davlatdan –  kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining mazmun-

mohiyatini tushuntirish; 

- ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bilimlar berish va yoshlarda faol fuqarolik 

pozitsiyalarini shakllantirish mexanizmlariga doir bilimlar berishdan iborat. 

Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi umume’tirof 

etilgan qonuniyatlarni 2 guruhga ajratish mumkin: 

1-guruh. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi 

umume’tirof etilgan qonuniyatlar. 

2-guruh. Har bir mamlakatlarning milliy va tarixiy rivojlanishidagi o‘ziga xos 

jihatlarini xisobga oladigan qonuniyatlar. 

Fanning asosiy tushunchalari quyidagilar: 



fuqaro, jamiyat, fuqarolik jamiyati, davlat, huquqiy davlat, siyosiy institutlar, 

fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning huquq va erkinligi, inson huquqlari, 

jamiyatining ijtimoiy tuzilmasi, jamiyatining iqtisodiy asoslari, demokratik institutlar, 

qonun ustuvorligi, saylov, saylov huquqi, fuqaroviylik, fuqaro faolligi, yurt tinchligi, 

vatan ravnaqi, xalq farovonligi, yuksak ma’naviyat, daxldorlik hissi, ommaviy 

axborot vositalarini erkinlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish, millatlar va 

konfessiyalararo totuvlik, jamoatchilik nazorati, davlat organlari faoliyatining 

ochiqligi, ijtimoiy sheriklik kabilardir. 

Fuqarolik jamiyati fanini o‘qitish jarayonida ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, 

tizimlilik, qiyosiy tahlil metodlaridan foydalaniladi.  

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar 

milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, 

davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini,  inson huquq va 

erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini ta’minlash uchun 

muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning 

bunyodkorlik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. 

Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan 

mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-

kredit siyosati puxta o’ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, 

iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflyasiyani prognoz ko’rsatkichlari 

darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, 

fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar 

yaratilishiga xizmat qildi. 

Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili, 

bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida 

raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar 

bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab 

chiqish va ro’yobga chiqarishni taqozo etmoqda. 

Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning 

har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlaryaratish, mamlakatimizn 

imodernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha 

ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida: 

1. Aholi va tadbirkorlarni o’ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama 

o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo’llash amaliyoti va ilg’or xorijiy tajribani 

tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan 

hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017  —  2021 yillarda O’zbekiston 




Download 92,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish