ADABIYOTLAR
1.
Шарифхўжаев М. Ўзбекистонда очиқ фуқаролик жамиятининг шаклланиши.
–
Т.: Шарқ, 2003
2.
Қирғизбоев М. Фуқарлик жамияти: генезиси, шаклланиши ва ривожланиши.
–
Т.: Ўзбекистон, 2010
3. Utamurodov A. va boshqalar. Fuqarolik jamiyati. O’quv qo’llanma. – T.:
Universitet. 2018. 21 b.t.
4.
Жалилов А. ва бошқалар. Фуқаролик жамияти асослари. – Т.: Baktria press,
2015.
5.
Қирғизбоев М. Фуқаролик жамияти: сиёсий партиялар, сиёсий мафкуралар,
сиёсий маданиятлар. – T.: Шарқ. 1998.
INTERNET SAYTLARI
1.
www.president.uz
2. www.ziyonet.uz
DARSNING MAQSADI: O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi
bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi to’g’risida
talabalarda tasavvur hosil qilish
Mavzu: O’ZBEKISTON MILLIY TARAQQIYOTINING YANGI
BOSQICHIDA FUQAROLIK JAMIYATINING SHAKLLANISHI VA
RIVOJLANISHI. HARAKATLAR STRATEGIYASI - O‘ZBEKISTON
MILLIY TARAQQIYOTI YANGI BOSQICHINING ASOSI
1.Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategik pirovard maqsadi
2.Fuqarolik jamiyati g’oyalar evolyutsiyasi
3.Fanning predmeti, obyekti, maqsadi, vazifalari va boshqa ijtimoiy fanlar bilan
o’zaro bog’liqligi.
4.“Rivojlanish”, “strategiya”, “konsepsiya” tushunchalarining mazmuni. Mustaqil
O‘zbekiston Milliy taraqqiyot modelining ishlab chiqilishi
5.O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatla rstrategiyasi –
milliyt araqqiyotimizning yangi bosqichi
6.Inson manfaatlari hamma narsadan ustun“, “Xalq davlat idoralariga emas, balki
davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Xalq boy bo‘lsa, davlat boy va
qudratli bo‘ladi” konseptual g‘oyalari
Fuqarolik jamiyati tushunchasi – kishilik jamiyatining asrlar mobaynida
shakllangan tafakkur mahsuli bo‘lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan
belgilanadi. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish
uchun avvalo u haqdagi g‘oyalar genezisini,asoslarini bilish lozim. Fuqarolik jamiyati
ma’lum asoslar (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy) yaratilgandagina
shakllanishi mumkin. Bular quydagilardan iborat:
iqtisodiy asos - shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan mulk
shakllarining xilma-xilligi, iqtisodiy plyuralizm, ko‘p ukladlilik, erkin bozor
munosabatlari. Qaysiki jamiyatda uning har bir a’zosi, qandaydir mulkka ega
bo‘lishi, o‘z xohishi bilan tasarruf etish, sarflash huquqiga ega bo‘lishi, xususiy mulk
daxlsizligi, davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik, mexnat va iste’mol faoliyati
erkinligining ta’minlanganligi.
ijtimoiy-siyosiy asos – mustaqil davlatlarning tashkil topishi, iqtisodiy va siyosiy
hokimiyatning ajratilishi. Insonlarning o‘z maqsadlarini himoya qilish maqsadida
ma’lum tashkilotlarga birlashishi,Hokimiyatlar turli-tuman markazlar, tashkilotlar,
siyosiy institutlar qo‘lida jamlangan bo‘lsa, ular bir-birini cheklaydi va muvozanatga
solib turadi. Siyosiy plyuralizm, davlat hokimiyati funksiyalarining sekin-asta
fuqarolik jamiyati institutlariga berib borilishi. “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat
sari” tamoyilining namoyon bo‘lishi. Birinchi Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek,
“Fuqarolik jamiyati qurish bir qancha vakolatli vazifalarni davlatdan mahalliy
hokimiyat organlariga, jamoat tuzilmalariga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlariga bosqichma-bosqich topshirishni ko‘zda tutadi”
1
.
Fuqarolik jamiyatining antik konseptual ta’limotida jamiyat va davlat
fenomenlarining uzviyligi qadimgi yunon dunyoqarashining muhim xususiyatlaridan
biri hisoblanadi. Xususan, Aflotunning (mil. av. 427–347 y.) “Davlat” dialogida
fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy hayotini ajratishgina emas, ijtimoiy sohani
hozirgidek zamonaviy talqinda, siyosiy faollik sifatida tushunilgan. Bunda jamiyat
hayotining siyosiy jihatlari, fuqarolik jamiyati tizimining umumiy tavsifi sifatida
namoyon bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyati g‘oyasining keyingi rivoji Aflotunning shogirdi Arastu(mil.
av. 384–322 y.) ijodi bilan bog‘liq. Ustozi kabi Arastu ham eng mukammal jamiyat
g‘oyasini ishlab chiqishga diqqat e’tiborini qaratadi, biroq fuqarolik jamiyati
g‘oyalari tarkibida bu masala o‘zgacha nazariy jihatlarni tashkil qiladi. Uni ko‘proq
ijtimoiy transformatsiya emas, balki davlat tuzilmasidagi o‘zgarishlar qiziqtiradi.
Bundan tashqari Arastu o‘zining nazariy ishlanmalarida davlat haqidagi mavhum
g‘oyaga tayanishni emas, jumladan Aflotunga xos bo‘lgan, balki voqe’likda mavjud
bo‘lgan boshqaruv shakllarini solishtirish, qiyosiy tahlil qilishga tayanadi, bu jihat
esa uning davlat va jamiyat borasidagi pozitsiyasini konkretroq bo‘lishini
ta’minlaydi.
Platondan farqli o‘laroq, Aristotel xususiy mulkni e’tirof etadi. CHunki u inson
tabiatiga xos bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning o‘zagini tashkil
etadi. Aristotel mulk huquqining fuqarolar farovonligi, davlat va uning boshqaruv
shakli xavfsizligi, qonunchilik organi ishida fuqarolarning ishtiroki mexanizmi,
lavozimlarni egallash va vazifalarni bajarish, sud organlari ishidagi rolini atroflicha
o‘rgangan. Huquqni Aristotel adolat mezoni deb hisoblagan va unga ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soluvchi va ayni vaqtda ularni muhofaza qiluvchi institut
sifatida yondashgan. Aristotel fikriga ko‘ra, siyosiy boshqaruv – bu odamlarning
emas, balki qonun boshqaruvidir: hatto eng yaxshi hukmdorlar ham tuyg‘ular va
hissiyotga beriluvchan bo‘ladi, qonun esa «oqilona tafakkur»dir.
Qadimgi rim mutafakkiri Mark Tuliy Sitseron (mil. av. 106-43 yillar) ham
jamiyat va davlat (respublika)ni tenglashtiradi. Davlatni u umumiy manfaatlar bilan
o‘zaro bog‘langan odamlar majmui sifatida tasavvur qiladi, davlat xalqning umumiy
mulki hisoblanadi va odamlar birgalikda yashashga tabiiy ehtiyoj sezadi. Uning
fikricha, davlatning vazifasi mulkni muhofaza qilishdan iborat. Davlat ayni shu
maqsadda tashkil etiladi. Sitseron fikriga ko‘ra, uch boshqaruv shakli (monarxiya,
aristokratiya va demokratiya) unsurlarini o‘zida mujassamlashtirgan aralash davlat
eng ideal davlatdir. Faqat shunday davlatda har bir jamiyat a’zosining manfaatlarini
qondirish va u davlatni boshqarishda ishtirok etishi ta’minlanadi. «Davlatning
mustahkamligi va fuqarolarning huquqiy tengligi» bunday davlat tuzumining muhim
fazilati deb hisoblaydi.Sitseronning «Davlat haqida» va «Qonunlar haqida» asarlari
davlat va huquq muammolariga bag‘ishlangan. Davlat Sitseron talqinida qadimgi
yunon mutafakkirlarining konsepsiyalaridagi kabi davlatning barcha erkin a’zolari
umummanfaat ifodasi sifatidagina emas, balki bu a’zolarning o‘zaro kelishilgan
1
Каримов И. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз.Тошкент. “Ўзбекистон”, 1999.7-жилд 388-бет.
huquqiy munosabatlari majmui, muayyan huquqiy tuzilma, «umumiy huquqiy
tartibot» sifatida ham namoyon bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyati fanining predmeti fuqarolik jamiyatining shakllanishi,
rivojlanishi, har bir milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror topishining umumiy,
o‘ziga xos qonuniyatlarini va tamoyillarini o‘rganishdan iboratdir.
Fuqarolik jamiyati fanining ob’ekti – bu rivojlangan mamlakatlarda va
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllanish va rivojlanish jarayoni hisoblanadi.
Bu jarayon ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalardagi tub o‘zgarishlarni
ifodalaydi va bir necha o‘n yilliklarni o‘z ichiga olib, unda fuqarolik jamiyatining
huquqiy davlat bilan o‘zar uyg‘unlikda rivojlanish bosqichlari nazariy va amaliy
nuqtai nazarlardan o‘rganiladi.
Fuqarolik jamiyati fanining predmeti – bu uzoq va bosqichma-bosqich tarzdagi
tarixiy rivojlanish natijasidan iborat bo‘lib, fuqarolik jamiyati shakllangan va
rivojlangan oraliq davr – bir necha avlodlarning yangi jamiyat qurishdagi ishtiroki,
jamiyatshunos olimlarning bu jamiyatni rivojlantirishga doir nazariy ishlanmalari,
Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati
qurishning “O‘zbek modeli”ga xos nazariy qarashlar, mamlakatda fuqarolik
jamiyatining rivojlanish jarayonidan iboratdir.
Fanni o‘qitishdan maqsad - talaba yoshlar ongida fuqarolik jamiyatiga doir
tasavvurlarni singdirish, ularda jamiyatni rivojlantirishga doir mustaqil fikrlash
ko‘nikmalarini shakllantirish, Vatanga sadoqat his-tuyg‘ularini yuksaltirish
kabilardan iboratdir.
Fanning vazifalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- jahon tajribasi va milliy voqeliklarni o‘rganish asnosida fuqarolik jamiyatiga
doir konsepsiyalar mazmun-mohiyatini ochib berish;
- talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir tushunchalarni tahlil qilishda, unga doir
nazariyalarni o‘rganishda har tomonlama ko‘maklashish, ularning jamiyatga doir
qarashlarini boyitish;
- fuqarolik jamiyati qurish islohotlarida shaxsning rolini ochib berish asnosida
talabalarda shaxsiy fuqarolik nuqtai nazarlarni shakllantirishga yordamlashish;
- talabalar ongiga fuqarolik jamiyati qurish jarayonida paydo bo‘ladigan
muammolar va ularning echimlariga doir bilimlarni singdirish;
- talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir nazariy ishlanmalarni tahlil qilish
ko‘nikmalarini shakllantirishlarida ularga har tomonlama ko‘mklashish;
- “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining mazmun-
mohiyatini tushuntirish;
- ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bilimlar berish va yoshlarda faol fuqarolik
pozitsiyalarini shakllantirish mexanizmlariga doir bilimlar berishdan iborat.
Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi umume’tirof
etilgan qonuniyatlarni 2 guruhga ajratish mumkin:
1-guruh. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi
umume’tirof etilgan qonuniyatlar.
2-guruh. Har bir mamlakatlarning milliy va tarixiy rivojlanishidagi o‘ziga xos
jihatlarini xisobga oladigan qonuniyatlar.
Fanning asosiy tushunchalari quyidagilar:
fuqaro, jamiyat, fuqarolik jamiyati, davlat, huquqiy davlat, siyosiy institutlar,
fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning huquq va erkinligi, inson huquqlari,
jamiyatining ijtimoiy tuzilmasi, jamiyatining iqtisodiy asoslari, demokratik institutlar,
qonun ustuvorligi, saylov, saylov huquqi, fuqaroviylik, fuqaro faolligi, yurt tinchligi,
vatan ravnaqi, xalq farovonligi, yuksak ma’naviyat, daxldorlik hissi, ommaviy
axborot vositalarini erkinlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish, millatlar va
konfessiyalararo totuvlik, jamoatchilik nazorati, davlat organlari faoliyatining
ochiqligi, ijtimoiy sheriklik kabilardir.
Fuqarolik jamiyati fanini o‘qitish jarayonida ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik,
tizimlilik, qiyosiy tahlil metodlaridan foydalaniladi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar
milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni,
davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va
erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini ta’minlash uchun
muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning
bunyodkorlik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan
mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-
kredit siyosati puxta o’ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni,
iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflyasiyani prognoz ko’rsatkichlari
darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik,
fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar
yaratilishiga xizmat qildi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili,
bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida
raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar
bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab
chiqish va ro’yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning
har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlaryaratish, mamlakatimizn
imodernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha
ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida:
1. Aholi va tadbirkorlarni o’ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama
o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo’llash amaliyoti va ilg’or xorijiy tajribani
tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan
hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston
Do'stlaringiz bilan baham: |