Ўзбекистон халқаро ислом академияси


-ma’ruza. Tavhid nushunchasining qaadimgi dunyo yirik davlatlariga yoyilishi



Download 1,97 Mb.
bet21/120
Sana31.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#237305
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   120
Bog'liq
ISLOM TARIXI UMK ред. (Lotincha)

7-ma’ruza. Tavhid nushunchasining qaadimgi dunyo yirik davlatlariga yoyilishi

Reja

1.Mesopotamiya hududida faoliyat olib brogan payg’ambarlar.

2.Misr hududida faoliyat olib brogan payg’ambarlar faoliyati.

3.Rim imperiyasi hududida faoliyat olib borgan payg’ambarlar
Tayanch so‘z va iboralar: «As-Sahifa», «umma», Banu Qaynuqo, Banu Nadir, Banu Qurayza, Banu So’ida, Banu al-Haris, Banu Jusham, Banu an-Najjor
SHaharda istiqomat qilayotgan aholining uch toifasi - muhojirlar, ansorlar va yahudiylar o‘zaro tinch yashashi uchun oldin tajribada ko‘rilmagan qonuniy asos yoki tomonlararo shartnoma kerak edi. Muhammad payg‘ambar bunday shartnomani tayyorladi va u «as-Sahifa» nomini oldi. «As-Sahifa»ga ko‘ra muhojirlar birinchi taraf, ansorlar ikkinchi taraf, yahudiylar esa uchinchi taraf deb e’tirof etildi. Hujjatning ahamiyati shundaki, u birinchi islom davlatining shaklu-shamoilini tasavvur qilish hamda o‘sha davrda yuz bergan voqea-hodisalarga aniqlik kiritishga imkon beradi. Bir qaraganda yangi din asosida qurilgan kichik bir jamoa qadimdan qon-qardoshlik asosida ish ko‘rib kelgan butun bir jamiyatni yutib yuborgandek tuyuldi. Aslida unday emas, balki qadimgi urug‘, qabila kabi etnik guruhlar o‘z huquq va vojibotlarini saqlagan holda, qonun tomonidan e’tirof etilgan yuridik shaxs sifatida yirikroq jamoaga birlashgandilar. As-Sahifaning to‘liq matni Ibn Ishoq - Ibn Hishomning «Sira»si va Abu Ubaydning «Kitob al-Amvol...»i orqali bizgacha etib kelgan. Sankt-Peterburglik olim O.Bolьshakov o‘zining «Istoriya xalifata» kitobida ushbu matnning ruscha tarjimasini bergan .

Quyida «As - Sahifa»ning arabchadan o‘zbek tiliga qisqartirilgan tarjimasini keltiramiz. «Bismillohir rahmonir rahim. Bu - Muhammad payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam tomonidan Quraysh va YAsrib mo‘‘minlari va musulmonlari, ularga ergashganlar, ularga qo‘shilganlar va ular bilan bir maqsad yo‘lida kurashayotganlar uchun (yozilgan) bitik (shul haqdakim), ular - boshqalardan ayri bir umma (jamoa)dirlar. Qurayshlik muhojirlar - islom kelganda qanday holda bo‘lgan bo‘lsalar, shunday , ya’ni avvalgidek hollarida(qoladilar); o‘ldirilgan kishi uchun o‘zaro evaz oladilar, oralaridan kimdir asir tushsa, yaxshilikcha va mo‘‘minlar o‘rtasida teng taqsimlangan o‘lpon bilan ozod qiladilar. Va banu Avf - avvalgidek,... Va banu So’ida - avvalgidek, ... Va banu al-Haris - avvalgidek, ... Va banu Jusham - avvalgidek, ... Va banu an-Najjor - avvalgidek, ... Va banu Amr ibn Avf - avvalgidek, ... Va banu an-Nabit - avvalgidek, ... Va banu Al-Avs - avvalgidek, ... Va mo‘‘minlar oralarida o‘lponi yoki evazi bo‘ynidan soqit qilinmagan biron «qarzdor»ni qoldirmaydilar. Va biron mo‘‘min boshqa mo‘‘minning qaroli bilan egasining roziligisiz hilf (homiylik shartnomasi)ni tuzolmaydi. Va taqvodor mo‘‘minlar zo‘ravonlik qiluvchi, zulm o‘tkazuvchi, jinoyatchi, hujumkor yoki mo‘‘minlar orasiga fisqu-fasod keltiruvchi kimsalarga qarshi tururlar va hatto ulardan birining o‘g‘li bo‘lsa ham unga qarshi yakdil kurashurlar. Va mo‘‘min bir kofir uchun mo‘‘minni o‘ldirmaydi, mo‘‘minga qarshi kofirning yonini olmaydi . Va Allohning zimmasi (panohi) barcha uchun birdir, u eng past darajadagi insonlarni ham o‘z himoyasiga oladi, albatta mo‘‘minlar boshqalardan ayri holda bir-birlariga himoyachidirlar. Va bizga ergashgan yahudlarga darhaqiqat yordam va tenglik beriladi, ularga zulm qilinmaydi va ularning dushmanlariga yordam berilmaydi. Va mo‘‘minlarning tinchligi bir tekisdir, Alloh yo‘lida kurashayotgan barcha mo‘‘minlar o‘rtasida teng va adolatli tinchlik o‘rnatiladi. Va biz bilan g‘azotga chiqqan har bir guruh biri ikkinchisining ketidan yuradi. Va mo‘‘minlar Alloh yo‘lida qon to‘kishda bir - birlariga to‘sqinlik qilmaydilar. Va taqvodor mo‘‘minlar eng yaxshi va eng to‘g‘ri yo‘ldadirlar. Va hech bir mushrik biron bir qurayshiyning na moli va na o‘ziga homiylik qila olmaydi va bu ishda mo‘‘minga qarshilik (xalaqit) qilmaydi. Va agar kimdir bir mo‘‘minni ochiq-oshkora (qasddan) qatl etsa, undan aynan shunday qasos olinadi, faqat maqtulning valiysi (vakili) o‘lponga rozi bo‘lmasa. Jumlai mo‘‘minlar unga qarshidirlar, unga qarshi turishdan boshqa narsaga ruxsat yo‘q. Va ushbu sahifada keltirilganlarga iqror bo‘lgan, Allohga va oxirgi kunga imon keltirgan mo‘‘min (muqaddas joyni) harom qiluvchiga yordam yoki boshpana berishi mumkin emas, kimki shunday kishiga yordam yoki boshpana bersa, u Allohning la’nati va qiyomat kunda g‘azabiga duchor bo‘ladi, uning na tavbasi va na iltijosi qabul qilinmaydi. Agar o‘rtangizda qaysi masalada bo‘lmasin qandaydir ixtilof paydo bo‘lsa, albatta Alloh azza va jallaga hamda Muhammad sallallohu alayhi va sallamga murojaat etingiz.”

Keyinroq, lekin, harqalay, o‘sha yili ba’zi arab qabilalari tarkibiga kiruvchi yoki ular bilan ittifoqdosh bo‘lgan yahudiy jamoalari xususida shartnomalar qabul qilindi. Ularga ko‘ra, yahudiylar agar musulmonlar urush harakatlarida qatnashayotgan bo‘lsalar, xarajatlarga sherik bo‘ladilar. SHuningdek, haqiqatan, banu Avf yahudiylari – ularning mavlolari va o‘zlari – mo‘minlar bilan bir jamoadir, ammo yahudiylarning o‘z dini bor, musulmonlarning esa – o‘z dini; agar kimdir adolatsizlik yoki jinoyat sodir qilsa, faqat uning o‘zi va oilasi aybdor bo‘ladi. So‘ngra aynan banu Avf yahudiylariga nisbatan ko‘rsatilgan qoidalar banu Najjor, al-Horis, as-Soida, Jusham, al-Avs va Sa’laba tarkibiga kiruvchi yahudiy jamoalariga ham joriy qilindi: ular ham dushmanlarga qarshi kurashda musulmonlarga yordam berishlari va Muhammad (sav)ning iznisiz urushga kirmasliklari shart qilindi. YAna: “YAsrib shahrining chegaralari ushbu “as-Sahifa” ahli uchun harom (muqaddas)dir; Quraysh qabilasining odamlari yoki ularga yordam beruvchilar “jor” qilinmaydi, ya’ni himoyaga olinmaydi. Ammo ular sulhga chaqirsalar, u qabul qilinishi kerak. Muhammad – Allohning rasuli, unga Allohning salavotlari va salomlari bo‘lsin!”

Mana, Ibn Ishoq zikr qilgan «as-Sahifa»ning qisqacha matni. Al-Voqidiy, Ibn Sa’d, at-Tabariy, Ibn Kasir va Ibn Sayyid an-Noslar bu matnni to‘liq keltirmagan bo‘lsalarda, unga ishora qilganlar. Hujjat boshidayoq muhojirlar birinchi, ansorlar-ikkinchi va yahudlar uchinchi o‘ringa qo‘yilgan hamda Muhammad (sav) Allohning payg‘ambari va rasuli deb atalgan. Bu birinchi bor Muhammad (sav)ning payg‘ambarlik risolasi rasmiy hujjatda qayd etilishi edi.

Umuman olganda “as-Sahifa”ning aslligi shubha ostiga olinmasada, shuni ta’kidlash joizki, uslubi (stili) o‘sha davr uslubiga tamoman to‘g‘ri kelishi, eng muhimi, undagi qonun-qoidalar Qur’onda o‘z aksini topgan aksariyat tamoyillarga muvofiq ekani ushbu hujjatning aslligidan dalolat beradi. Musulmonlarning boshqa odamlardan ayri yagona umma (jamoa) ekani (Oli Imron,110; al-Anfol, 72,75), bir- birlariga birodar, hamkor bo‘lishlari, birontasining elkasiga mushkul ish tushsa, o‘zaro yordam berish lozimligi (al-Baqara,215; at-Tavba,60), valo (klientlik, qarollik) va u bilan bog‘liq muvolo huquqi (an-Niso,33), qarindosh-urug‘ va qo‘shnichilik (homiylik) huquqi (an-Niso,25), shaxsiy mas’uliyat-javobgarlik hissini tarbiyalash (an-Niso,111; Fussilat,46), johiliya davriga xos qasoskorlik va badjahillikdan uzoqlashish (al-A’rof,199), qonunga bo‘ysinish, umumjamoa ishlarini davlat va uning idoralari tasarrufiga topshirish (an-Niso,59), ayrim-ayrim shaxslar o‘rtasida yuz beradigan urush va tinchlik holatlariga yakka tartibdagi hodisa emas, balki umumjamoa ixtisosiga kiruvchi ishlar deb qarash (al-Baqara,208; al-Anfol,61), jamoat tartibini o‘rnatish, zolimning qo‘lidan tutish, jinoyatchiga ko‘maklashmaslik va boshpana bermaslik masalalarida davlatga yordam berish (Fotir, 18) johiliya arablari uchun begona, birinchi bor Qur’onda o‘z ifodasini topgan qonun-qoidalar edi.

Mazkur oyatlarning aynan o‘zbek tiliga tarjimasi bilan tanishishingiz mumkin. Odamlarga chiqarilgan (ma’lum bo‘lgan) ummatning eng yaxshisi bo‘ldingiz, (ey, musulmonlar!) zero, siz amri ma’ruf, nahyi munkar qilasiz va Allohga imon keltirasiz. Agar ahli kitoblar (ham) imon keltirganlarida edi, o‘zlari uchun yaxshi bo‘lur edi. Ular orasida (Muhammadga imon keltirgan) mo‘minlari ham bor, ko‘pchiligi esa fosiqlardir (3:110). Albatta, imon keltirgan, hijrat qilgan, mollari va jonlari bilan Alloh yo‘lida (dushmanga qarshi) kurashgan va (muhojirlarga) joy berib yordam ko‘rsatgan (madinalik ansor)lar, aynan o‘shalar bir-birlariga do‘stdirlar. Imon keltirganu, lekin hijrat qilmaganlar, to hijrat qilmagunlariga qadar, ular bilan do‘stlik qilish sizlar uchun joiz emasdir*. Agar (ular) sizlardan din xususida yordam so‘rasalar, ularga yordam berish sizning zimmangizdadir. Illo, o‘rtalaringizda (urushmaslik haqida) ahdlashuv bo‘lgan qavm ziddiga (yordamlashish joiz) emas. Alloh qilayotgan amallaringizni ko‘rib turuvchidir (8:72). Keyinroq imon keltirib, hijrat qilgan va sizlar bilan birga (yov bilan) kurashganlar*, aynan o‘shalar (ham) sizlardandirlar. Qarindoshlar esa, Allohning Kitobida bir-birlariga yaqinroqdirlar**. Albatta, Alloh har narsani biluvchi zotdir (8:75). Sizdan (ey, Muhammad!) qanday ehson qilishni so‘raydilar. Ayting: «Nimaniki xayr-ehson qilsangiz, ota-ona, qarindoshlar, etimlar, miskinlar va musofirlarga qilingiz! Alloh har qanday qilgan ehsonlaringizni bilib turuvchidir» (2:215). Albatta, sadaqalarni faqat faqirlar, miskinlar, unda (sadaqa ishida) ishlovchilar, dillari oshna qilinuvchi (kofir)lar, (pul to‘lab ozod etiluvchi) qullar, qarzdorlarga va Alloh yo‘lida hamda yo‘lovchiga (musofirga berish) Alloh (tomoni)dan farz (etildi)*. Alloh ilmli va hikmatli zotdir (9:60). Har kim gunoh (ish) qilsa, faqat o‘zining zarariga qilgan bo‘lur. Alloh bilim va hikmat egasidir(4:111). Kimki yaxshi amal qilsa, o‘zi uchundir. Kim yomonlik qilsa ham o‘z ziyonigadir. Rabbingiz bandalarga nohaqlik qiluvchi emasdir. (41:46) Afvni (qabul qilib) oling*, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz o‘giring! (7:199). Ey, imon keltirganlar! Allohga itoat etingiz, Payg‘ambarga va o‘zlaringizdan (bo‘lmish) boshliqlarga itoat etingiz! Bordi-yu, biror narsada (din ishida) kelisha olmay qolsangiz – Allohga va oxirat kuniga ishonadigan bo‘lsangiz – uni Allohga va Payg‘ambariga havola qilingiz. Mana shu yaxshiroq va echimi chiroyliroq (ish)dir* (4:59). Ey, imon keltirganlar! YOppasiga itoatga kirishingiz va shaytonning izidan ergashmangiz! Albatta, u sizlarga aniq dushmandir (2:208). Agar ular sulhga moyil bo‘lsalar, Siz ham unga moyil bo‘ling va Allohga tavakkul qiling!* Albatta, U Eshituvchi va Biluvchidir (8:61).

«As-Sahifa», shak-shubhasiz, payg‘ambarning ijodi bo‘lib, u Muhammad (sav) siyosiy va diplomatik mahoratini namoyon etgan yirik hujjatdir. SHunisi e’tiborga loyiqki, yahudiylar bilan shartnoma imzolangan paytda Muhammad (sav) musulmonlar va yahudiylarni ayri-ayri dinga e’tiqod qiluvchi mo‘minlar jamoasi , deb hisoblardi. Bu ham hujjatning aslligini isbotlovchi eng yaxshi dalillardan biridir, zero keyinchalik musulmonlar bilan yahudiylarni bir jamoa, deb hisoblash birorta falsifikatorning aqliga kelmasdi.

Evropa tadqiqotchilari bu hujjatga uncha to‘g‘ri bo‘lmagan ravishda «Madina konstitutsiyasi» deb nom berishgan. Pokistonlik professor Hamidulloh esa buni tom ma’noda tushunib va shu fikrga asoslanib, o‘zining 1959 yil e’lon qilgan maqolasida Muhammad (sav) insoniyat tarixidagi birinchi konstitutsiyaning muallifidir, deb ta’kidlagan. Muhammad (sav)ning buyuk siyosiy va diplomatik iste’dodini taqdirlagan holda biz unday demagan, balki o‘sha vujudga kelgan vaziyatda “as-Sahifa” Madina shahar-davlatining asosiy qonuni vazifasini bajardi, degan bo‘lardik.

SHuni eslatish joizki, «as-Sahifa»da Xazrajning beshta yirik urug‘i - banu Avf, banu So’ida, banu al-Haris, banu Jusham va banu an-Najjorlar alohida qayd etilgan holda Avsning yirik urug‘laridan faqat ikkitasi - banu Amr bin Avf va banu an-Nabit zikr etilgan, qolganlari esa bir nom bilan banu al-Avs deb keltirilgan. Bu o‘sha vaqt, ya’ni «as-Sahifa» yozilgan paytda YAsribda islom qay darajada qaror topganini aniq aks ettiradi. Zero, Xazraj urug‘lari to‘la ravishda islomni qabul qilgan, hatto mo‘min bo‘lmaganlari ham zohiriy tarzda yangi dinga kirgandi. Avs urug‘lari esa yuqorida zikr etilgan ikki urug‘dan tashqari nisbatan kech, aniqrog‘i, Xandaq urushidan so‘ng (627 y.) musulmon bo‘ldilar. SHuningdek, «as-Sahifa»da arab qabilalari bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan kichik yahudiy urug‘lari tilga olingan holda shahardagi uch yirik yahudiy qabila - banu Qaynqo, banu Nadir va banu Qurayza - umuman eslatilmaydi. Sababi - ular islomga nisbatan adovatda bo‘ldilar, unga qarshi tashviqot olib bordilar. SHunday bo‘lsada, «as-Sahifa»dan yahudlarning yangi tartibni qabul qilish orqali davlat tarkibiga kirishlari mumkinligini ko‘zda tutgan umumiy band o‘rin oldi. Darhaqiqat, keyinchalik mazkur hujjatga ilova qilingan shartnomalarga ko‘ra bu qabilalar davlatga kirdi.

«As-Sahifa»dan ko‘zda tutilgan birinchi maqsad - Madina shahrida hijraning dastlabki davrlarida vujudga kelgan ijtimoiy va siyosiy hayotni qonuniy asosga solish, oldingiga nisbatan o‘zgarib yangitdan qaror topgan yoki o‘zgarishsiz qoldirilgan qonun-qoidalarni hujjatlab qo‘yish edi. Ushbu hujjat musulmon jamoasiga aniq sifat berdi. Unga ko‘ra Quraysh va YAsrib mo‘‘minlari va musulmonlari, ularga ergashganlar, ularga qo‘shilganlar va ular bilan birga janglarda qatnashganlar alohida bir umma (jamoa)ni tashkil qiladilar. Bu erda «umma» so‘zi qadimgi, nesi-nasab bilan bog‘liq arab jamoasini emas, balki mutlaqo yangi ma’noni anglatyaptiki, endilikda payg‘ambar umuman qabilachilikka yoki hech bo‘lmaganda uning davlatga nisbatan rasmiy maqomiga barham berdi, deyish mumkin. Boshqachasiga aytganda, payg‘ambar cheklangan qabilachilik darajasidan yuqori ko‘tarila oldi hamda yangi din va yangi davlat bir hil ma’no kasb etishiga erishdi. Bu o‘z navbatida ikkalasi uchun ham keng istiqbollar ochib berdi. Aytish kerakki, bunday tushuncha qadimgi YUnon va Rim olami uchun batamom yangi edi. Xristian individualizmi hukmron bo‘lgan bu olamdan farqli o‘laroq Madinada «umma»ning tashkil topishi musulmon universalizmiga qo‘yilgan o‘ziga xos birinchi qadam deb qaramoq kerak.

Albatta, «as-Sahifa»dagi «umma» diniy tusga ega edi. U - tinchlik, qo‘shnini himoya qilish va mazlumga yordam qo‘lini cho‘zish kabi tamoyillarga amal qiluvchi Alloh jamoasidir. Alloh nomidan bu jamoaga Muhammad (sav) rahnamolik qiladi. Imon - mo‘‘minlarda o‘z ifodasini topgan ittifoqlik rishtasidir. Demak, mo‘‘minlar birinchi navbatda bu ittifoqqa amal qiladilar va bu huquqdan foydalanadilar. SHuningdek, «umma» Madina shahrini o‘z ichiga olgan umumiy mintaqani ifodalardi. U harom (muqaddas) va tinch er hisoblanib, uning ichida biror kishi boshqa kimsaga adovat qilishi mumkin emas. Demak, umma faqat mo‘‘minlarnigina o‘z ichiga olmay, ularga ergashganlar va ular bilan jangga kirganlarni ham, ya’ni YAsribning barcha aholisini qamrab olardi. To‘g‘ri, ularning huquq va vojibotlarini bir hilda deb bo‘lmasdi. YAna shuni ta’kidlash joizki, umma Madinaning barcha toifalaridan iborat bo‘lsada, u yakka shaxslardan emas, balki jamoalar - qabila, urug‘lardan tashkil topgandi. SHuning uchun «as-Sahifa»da u yoki bu qabila ilgari qanday bo‘lsa, shundayligicha ummaga kirgani e’tirof etiladi. Xuddi ilgarigidek, qabila va urug‘lar boj-xiroj, asirlar uchun xun to‘lash, qabila himoyasiga (jor) olish kabi masalalarda huquqlarini saqlab qoldilar. Har bir shaxs begona kishini o‘z himoyasiga olishi mumkin edi, ammo bundan faqat Quraysh va uning tarafdorlari mahrum qilindi.

Ichki nizolarni bartaraf qilish vazifasi umma tasarrufiga o‘tishi bilan barobar qabilalarning qasos huquqini bekor qilish zarurati tug‘ildi. SHuning uchun ham «as-Sahifa»da biror masalada ixtilof chiqib qolgudek bo‘lsa, albatta Allohga va uning rasuli Muhammad (sav)ga murojaat etish shart qilindi. Bu o‘z navbatida sekin-asta yakka shaxs tomonidan qasos olish huquqining davlat tomonidan jazo berish vazifasiga aylanishiga imkon yaratdi.

«As-Sahifa»ning ikkinchi maqsadi - tashqaridan bo‘ladigan har qanday hujumga qarshi qabilalar ittifoqini tuzish edi. SHu boisdan mo‘‘minlar boshqa odamlarga emas (duvna an-Nos), bir-birlariga yordam berishi qat’iy shart qilindi. Ilgari «urush» va «qonga-qon qasosini olish» bir hil ma’noni anglatgan bo‘lsa, endi urush tom ma’nosi bilan urushga aylandi, ya’ni u butun jamoaning umumiy ishi bo‘lib qoldi. Xuddi shuningdek, tinchlik masalasi ham yakka shaxslarning ishidan umumjamoa vazifasiga aylandi. Dastlab bu cheklashlarga ko‘nikish biroz qiyin kechdi, ammo e’tiqod mustahkamlana borgan sari qonun-qoidalar ham takomillashaverdi.

«As-Sahifa» qabul qilingach, payg‘ambarning siyosiy vazifasi asosan Madina davlatining hududini saqlash va uning xavfsizligini ta’minlashdan iborat bo‘ldi. Muhammad (sav) siyosatini to‘g‘ri idrok etish uchun shu narsani unutmaslik kerakki, Madina shahri va uning atrofi yaxlit davlat deb qaralib, boshqalar bilan aloqalarni faqat payg‘ambar joriy etgan yangi shartlarda, boshqachasiga aytganda, faqat islomni qabul qilish yoki unga bo‘ysinish orqaligina o‘rnatish mumkin edi. Madinaning maqomini kuchaytirish maqsadida unga hijrat qilish (ko‘chib o‘tish) yangi davlat fuqaroligini olishning asosiy sharti qilib belgilandi. Islomga kirish va Madina fuqarosi bo‘lishni istagan har qanday shaxs albatta Madinaga ko‘chib o‘tishi kerak bo‘ldi. Qur’onning al-Anfol surasi 72 oyati aynan shu mazmundadir: “Albatta, imon keltirgan, hijrat qilgan, mollari va jonlari bilan Alloh yo‘lida (dushmanga qarshi) kurashgan va (muhojirlarga) joy berib yordam ko‘rsatgan (madinalik ansor)lar, aynan o‘shalar bir-birlariga do‘stdirlar. Imon keltirganu, lekin hijrat qilmaganlar, to hijrat qilmagunlariga qadar, ular bilan do‘stlik qilish sizlar uchun joiz emasdir. Agar (ular) sizlardan din xususida yordam so‘rasalar, ularga yordam berish sizning zimmangizdadir. Illo, o‘rtalaringizda (urushmaslik haqida) ahdlashuv bo‘lgan qavm ziddiga (yordamlashish joiz) emas. Alloh qilayotgan amallaringizni ko‘rib turuvchidir”. Ammo yana bir bor ta’kidlaymizki, bu – davr talabidan kelib chiqqan, Makka fathidan so‘ng bekor qilingan, vaqtincha ko‘rilgan chora edi.

Musulmonlarni yanada jipslashtirish, o‘z ta’limotini butparastlik an’analariga nisbatan yuksaklikka ko‘tarish maqsadida Muhammad (sav) yangi shakllanayotgan musulmon marosimchiligiga katta e’tibor qaratdi. Madinada va umuman Arabistonning Makkadan boshqa shaharlarida haram yo‘q edi. Musulmonlarning soni keskin ortganligi sababdan biron-bir xususiy uyda jamoat namozini ado etish mumkin bo‘lmay qoldi. SHuning uchun Madinada ulkan masjid qurilishi boshlanib, u yarim yilda bitkazildi. Masjid Muhammad (sav) va sahobalarning sevimli joyiga aylandi, ko‘pgina masalalar shu erda hal etiladigan, besh vaqt namoz bilan birga tahorat ham aynan shu erda amalga oshiriladigan bo‘ldi.



Har bir kishining e’tiqodi masalasi ilgarigidek uning shaxsiy ishi bo‘lib qolaverdi, hech kim majburan yangi dinga kiritilmadi. Ammo asta-sekin butparastlar e’tibordan qolaboshladilar. Qabila oqsoqollarining ishlariga ochiqchasiga daxl qilinmasada, ularning obro‘-e’tibori pasaya bordi. Xullas, Muhammad (sav) “as-Sahifa”ning bironta bandiga rioya qilmadi, deyishga hech qanday o‘rin yo‘q edi. Juda qiyin kechgan ilk Madina davrida Muhammad (sav)ning dahosi shaharda ibrat qilsa arziydigan tartib-intizom va “ummaning” yaqin kelajagini ta’minlaganida o‘z ifodasini topdi. Butun Arabiston kuchlarini to‘plab, Muhammad (sav)ga qarshi yo‘naltirishga qodir bo‘lgan kuchli tashqi dushman – ayovsiz Qurayshning mavjudligini e’tiborga olsak, Madinada bunday tinchlik-xotirjamlikka erishish juda zarur edi.

Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish