Musobaqaoldi vaziyatlariga xos ruhiy holatlar
“Psixologik tayyorgarlik” mavzusi bo’yicha nazorat savollari
1. Psixologik tayyorgarlik tushunchasi nimani anglatadi?
2. Qanday psixologik sifatlar mavjud va ularning qisqacha mazmuni nimadan iborat?
3. Voleybolga hos qanday psixologik sifatlarni bilasiz va ularni qanday tarbiyalash mumkin?
4. Musobaqaoldi psixologik tayyorgarligi mohiyati va mazmuni nimalar bilan izohlanadi?
5. Salbiy psixologik holatlarni bartaraf etish qanday amalga oshiriladi?
21. YUQORI RAZRYADLI VOLEYBOLCHILAR VA TERMA JAMOADAR BILAN MASHG’ULOT O’TKAZISH XUSUSIYATLARI
Zamonaviy sport musobaqalarida raqobatning keskinlasha borishi va ushbu vaziyat ta’sirida yuksak natijaga erishish imkoniyati sportchilarning jismoniy va psixofunktsional imkoniyatlari hamda ularni sport mahoratini maksimal shakllantirish zarurligiga e’tibor qaratadi. Lekin, yuksak biojismoniy imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan o’quv-mashg’ulotlar hajmi va shiddatini uzluksiz oshiraverish ko’ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkinligi isbot talab qilmaydi. SHunday ekan bugungi sport amaliyotida pirovard foydali (bezarar) natijaga erishish zaruriyati o’quv-mashg’ulot jarayoniga ish qobiliyatini (jismoniy, funktsional, texnik-taktik imkoniyatlar) shakllantiruvchi (o’stiruvchi), tiklovchi va kuchaytiruvchi inovatsion pedagogik texnologiyalar tadbiq etilishini taqozo etadi. Bunday texnologiyalarni ham to’g’ridan-to’g’ri “ko’r-ko’rona” qo’llash foydali natija bermasligi ehtimoldan holi emas. Demak, “trener-sportchi-trener” uzluksiz “aloqa” tizimida foydali maqsadga erishish uchun ushbu texnologiyalar muayyan “sub’ekt” (sportchi)ning ko’pirrali imkoniyatlariga mos holda qayta ishlab chiqilishi yoki tamomila yangi texnologik yondashuv ixtiro qilinmog’i darkor. Boshqacha qilib aytganda yuqori malakali, raqobatbardosh sport jamoasini tayyorlashga “bel bog’lagan” trener o’z kasbiy-pedagogik faoliyatiga “tadqiqotchi” va “ixtirochi” sifatida ijodiy yondashishi lozim.
Ma’lumki, yuqori malakali sportchilar tayyorlash jarayoni yuksak sport natijalariga erishish maqsadiga muvofiqlashtirilgan bo’ladi. Binobarin, jamoa treneri chuqur va keng qirrali nazariy bilimlarga ega bo’lishi, mashg’ulotlar hajmi, shiddati, takrorlanishi, davomiyligi va yo’nalishi “sub’ekt” (sportchi)ga nisbatan qo’llash qonuniyatlari hamda ularni aks ta’sir natijalarini aniq bashorat qilish va pirovard foydali maqsadni ko’ra bilishi darkor.
YUqori malakali voleybolchilar va terma jamoalar bilan ishlash, ular bilan o’quv-mashg’ulot va integral tayyorgarlik jarayonlarini maqsadli tashkil qilish Jahon miqyosiga mos model’ ko’rsatgichlarga asoslanish, yordamchi trenerlar va mutaxassis-olimlar tomonidan muntazam o’ztkaziladigan kuzatuv natijalaridan unumli foydalanishga bog’liqdir. Masalan, sport takomillashuvi guruhlarida shug’ullanuvchi yuqori malakali voleybolchilarda tayyorgarlik turlari bo’yicha taqsimlanadigan soatlar hajmi quyidagicha bo’lishi tavsiya etiladi:
-
-
|
Nazariy tayyorgarlik
|
-
|
64 s
|
-
|
UJT
|
-
|
149 s
|
-
|
MJT
|
-
|
190 s
|
-
|
Texnik tayyorgarlik
|
-
|
347 s
|
-
|
Taktik tayyorgarlik
|
-
|
338 s
|
-
|
Integral tayyorgarlik va nazorat o’yinlari
|
-
|
387 s
|
-
|
Xakamlik amaliyoti
|
-
|
46 s
|
-
|
Me’yoriy testlar qabul qilish
|
-
|
36 s
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |