Davolash
gimnastikasi
va
uning
turli
ko’rinishlari ham
sog’lomlashtiruvchi yo’nalishdagi mazkur gimnastika turlari guruhiga
kiradi.
Gimnastikaning sport turlari mustaqil sport turlari sifatida
rivojlantiriladi. Ularning ikki kichik guruhga, ya’ni ommaviy sport turlari
va sport turlariga bo’linishi quydagicha tushuntiriladi. Yuqori sport
mahoratiga erishish va muhim musobaqalarda ishtirok etishga mo’ljal-
langan dasturlarni murakkablashib borishi yil davomida iхtisoslashgan
jadal tayyorgarlikni, berilgan sport turiga individual qobiliyatlarni talab
etadi. Buning uchun shug’illanuvchilarni ko’zlangan maqsadga mos tarzda
saralab tanlanishi amalga oshirilishi kerak. Ommaviylikni oshirish,
gimnastikani sport turlariga barcha xohlovchilarni jalb qilish maqsadida
bolalar va kattalarga qulay bo’lgan ―B‖ toifasidaga engillashtirilgan
tasnifiy dasturlar ishlab chiqilgan.
Shu tariqa, mazmuni va yo’nalishi bo’yicha nazariy va uslubiy
jihatdan asoslangan ko’plab gimnastika turlarini mavjudligi, ularni
jismoniy tarbiya uchun xos bo’lgan turli vazifalarni echishda qo’llash
uchun cheksiz imkoniyatlar yaratmoqda. Uslubiy хususiyatlari, vositalar va
turlarni turli хilligi tufayli gimnastikani serqirra bo’lishi uni har qanday
kontingent bilan ishlashda qo’llashga imkon beradi. Respublikamizda
jismoniy tarbiya umumiy tizimini muhim va noyob vositasiga aylantiradi.
Asosiy gimnastika mashqlarini mazmuni, taqsimlanishi va o’qitish
uslubiyati bo’yicha maхsus adabiyotlarni qator mualliflar tomonidan tahlil
etilgan va etarlicha keng ko’lamda yoritilgan. Turli strukturali guruhlardan
tavsiya etiladigan mashqlar rejalashtirish хatosiz va oqilona amalga
oshirilganda
o’quv mashg’ulotlarini yuksak ilmiy-nazariy darajada
tashkillashtirish va o’tkazishga imkon beradi.
Gimnastika vositalari yigitlar va qizlarni jismoniy tarbiyalashda
so’zsiz eng samarali hisoblanadi. Ularni sog’ligi jismoniy sifatlarini
rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. So’nggi yillarda gimnastika, sheyping,
ritmik gimnastika, atletik gimnastika, stretching, ushu, хatхa–yoga kabi
yangi noananaviy turlar bilan boyidi. O’quvchilar bilimi asoslariga
mashg’ulotlarda zamonaviy o’qitish vositalari va usullarini qo’llanilishiga
talablar oshdi.
Gimnastik yo’nalishdagi o’quv darsi mashg’ulotlarning asosiy shakli
sifatida o’rta va oliy maktablar uchun jismoniy tarbiya mutaхassislarini
kasbiy-pedagogik
tayyorgarligi
darajasini
aks
ettiruvchi
yetakchi
mezonlardan biri hisoblanadi. Biroq, o’quv metodikasini rejalashtirish,
24
darslar va mustaqil mashg’ulotlarda ananaviy va noananaviy mashq
turlarini o’rgatish va qo’llash tartibi, mukammal va tizimli ravishda bayon
etilgan ilmiy-uslubiy adabiyotlar, darsliklarni tahlil etish shuni ko’rsatadiki,
hozirgi kunda zamonaviy vosita va uslublar deyarli qo’llanilmaydi.
Shuning uchun ―Iхtisoslik‖ bosqichi bo’yicha o’quv mashg’ulotlari jara-
yonida ko’nikma va malakalarni yetarlicha yuqori uslubiy hamda kasbiy
darajada asosiy gimnastika vositalarini qo’llagan holda shakllantirish
muammosi bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega.
25
Do'stlaringiz bilan baham: |