Zbekiston davlat jahon tillari universiteti adabiyotshunoslik oraliq nazorat



Download 21,1 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi21,1 Kb.
#923342
Bog'liq
Eshbekova Munisa lirik tahlil

O’ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI

ADABIYOTSHUNOSLIK ORALIQ NAZORAT

Guruh: 1906


Talaba: Eshbekova Munisa
Tekshirdi: Rasulmuhammedova D.
TOSHKENT 2023

SAVOLLAR
1.She’rning muallifi va nomi.
2.She’rning yaratilishi tarixi: qachon yozilgan, nima sababdan, muallif kimga bag’ishlagan.
3.She’rning janri va vazni.
4. She’rning mavzusi va g’oyasi
5. She’rda mavjud badiiy tasvir vositalari (g’azal bo’lsa she’riy sa’natlar)
6.She’r haqidagi shaxsiy mulohazalarim

JAVOBLAR
O`rik gullaganda”
HAMID OLIMJON
Derazamning oldida bir tup
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi...

Novdalarni bezab g‘unchalar,


Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini.

Har bahorda shu bo‘lar takror,


Har bahor ham shunday o‘tadi.
Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni aldab ketadi.

Mayli, deyman va qilmayman g‘ash,


Xayolimni gulga o‘rayman;
Har bahorga chiqqanda yakkash,
Baxtim bormi deya so‘rayman.

Yuzlarimni silab, siypalab,


Baxting bor deb esadi yellar.
Etgan kabi go‘yo bir talab,
Baxting bor deb qushlar chiyillar.

Hamma narsa meni qarshilar,


Har bir kurtak menga so‘ylar roz.
Men yurganda bog‘larga to‘lar
Faqat baxtni maqtagan ovoz:

«Mana senga olam-olam gul,


Etagingga siqqanicha ol.
Bunda tole har narsadan mo‘l,
To o‘lguncha shu o‘lkada qol.

Umrida hech gul ko‘rmay yig‘lab


O‘tganlarning haqqi ham senda.
Har bahorni yig‘lab qarshilab
Ketganlarning haqqi ham senda...»

Derazamning oldida bir tup


O‘rik oppoq bo‘lib gulladi...

2. O`zbek xalqi uchun bahor kirishining madhiga aylanib qolgan bu she`r Hamid Olimjon tomonidan 1937-yil yozilgan. «O‘rik gullaganda» she’ri bahor faslidagi tabiat tasviriga hamohang ravishda shoirning ruhiy kayfiyatini ham aks etadi. 1937-yilning mart oyida Hamid Olimjon O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi tarkibida Qozog‘istonga borgan. Hamid Olimjon qardosh do‘stlar diyorida bo‘lgan kunlarda Olma-ota qalin qor gilami ostida, chirsillama qish havosi bilan nafas olayotgan edi. Shuning uchun ham mart oyining so‘nggi kunlarida Toshkentga qaytgan shoir o‘z hovlisidagi bir tup o‘rikning chaman bo‘lib ochilib turganini ko‘rib, ilhom og‘ushiga g‘arq bo‘ladi va o`sha mashxur misralarni yozadi:


Derazamning oldida bir tup
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi.
3. Bu she’r (Dastlabki va oxirgi ikki misralarni hisoblamaganda) 7 bandlik murabba’ janrida yozilgan. She’rning vazni esa sodda barmoq vaznida shaklda yozilgan:
Novdalarni bezab g‘unchalar, =9
Tongda aytdi hayot otini =9
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar =9
Olib ketdi gulning totini. =9

4. She`r bahor fasli go`zalligi va shoir hislari haqida. Juda ohista, jo‘ngina axborotdan boshlangan ushbu she’rda poetik tasvir xabar berishdan tuyg‘ular jo‘shqinligi, sezimlar junbushini aks ettirish sari bosqichma-bosqich yuksalib boradi. Shoirning gullagan o‘rikni ko‘rib to‘zg‘igan xayoliga baxtlimanmi degan o‘yning kelishi bir qaraganda tasodifiyga o‘xshab ko‘rinsada, mantiqiy asosga egadir. Chunki odam go‘zallikni tuya olganligining o‘zi bilan baxtiyordir. Binobarin, go‘zallik og‘ushida qolgan shoirning baxt haqida o‘ylashida zarracha g‘ayritabiiylik yo‘q. Gulni baxtiyorlik timsoli sanagan, oppoq gullar og‘ushida qolganidan tuyg‘ulari junbushga kelgan shoir o‘z quvonchini barchaning tuyg‘usi tarzida taqdim etadi. Shu sababli «Umrida hech gul ko‘rmay yig‘lab O‘tganlarning haqqi ham senda. Har bahorni yig‘lab qarshilab Ketganlarning haqqi ham senda…» misralari ham samimiy dil izhori sifatida, ham tiriklarning o‘tganlar yodi oldidagi burchdorligi ifodasi tarzida qabul qilinadi.


5. She`rda badiiy tasviriy vositalardan keng va unumli foydalanilgan.
Novdalarni bezab g‘unchalar,
Tongda aytdi hayot otini


Yellar meni aldab ketadi.

Yuzlarimni silab, siypalab,


Baxting bor deb esadi yellar

Har bir kurtak menga so‘ylar roz.


kabi misralarda jonlantirish ishlatilgan. Shoir yelga, g`unchalarga insonlarga xos bo`lgan xususiyatlarni kiritgan.


Xayolimni gulga o`rayman” misrasida esa metaforadan foydalanilgan.

6. Ushbu she`r sodda tizimda bo`lsa-da, nihoyatda nafis yozilganligi bilan menga juda yoqdi. Qisqagina xabarnoma orqali, daraxt gullagani bilan boshlanib, shoir hissiyotlari sari chuqurlashib ketganligi o`zgacha joziba bergan she`rga. Ayniqsa, she`rdagi jonlantirishlar shunchalik mahorat bilan berilganki, chindan tabiatga xos harakatlardek, tabiat gapirayotgandek tuyuladi. “Qurg`ur”, “beor” so`zlari ham o`zgacha kolorit beradi. Asosiy mavzusi baxt bo`lgan ushbu she`r chindan o`quvchiga bahor gullariga qarab his qilinadigan, boshqa hech qanday tuyg`uga o`xshamaydigan baxtni eslatadi. Aynan hozir daraxtlar gullab, shabada esib, quyosh nur sochib turgan pallada bu she`rni o`qib, shaxsan men juda rohatlandim.
Download 21,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish