Ўзбекистон бадиий академияси



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/42
Sana14.11.2022
Hajmi2,55 Mb.
#865642
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42
Bog'liq
ikkinchi tartibli sirtlarning ozaro kesishish chiziqlarini yasash va ularning amaliyotda qollanilishi

1. Interfaol metodlar: 
“Keys-stadi” (yoki “Оʻquv keyslari”), “Blis-
sоʻrov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Munosabat”, “Reja”, “Suhbat” va 
boshqalar.
2. Strategiyalar: 
“Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, 
“Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “T-jadval”, “Yumaloqlangan qor” va 
hokazolar.
3. Grafik organayzerlar: 
“Baliq skeleti”, “B-B-B”, “Konseptual jadval”, 
“Venn diagrammasi”, “Insert”, “Klasster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va 
boshqalar.
Interaktiv metodlar оʻquv-biluv faoliyatini motivlashtirishda muhim omil 
bоʻlib hisoblanadi. Interaktiv оʻqitishning mohiyati shundan iboratki, оʻquv 
jarayonida barcha talabalar bilish faoliyatiga jalb etilgan bоʻladi. Ular оʻzlari 
bilgan va оʻylagan narsalarni tushunish imkoniga ega bоʻladilar. Bunday 
metodlar talabalarning bilish va yangi оʻquv materialini оʻzlashtirish 
jarayonidagi hamkorligini kuchayishiga hamda оʻquv-biluv faoliyatini 
rivojlanishiga ham yordam beradi. 
Interaktiv usulga asoslangan texnologiyani qоʻllaydigan оʻqituvchi ijodiy 
hammualliflik holatida ish olib borishga majbur. U asosli оʻzgarishlarga, 
nostandart va mas‟uliyatli qaror qabul qilishga tayyor turmogʻi lozim. Usul va 
1
Н.А.Муслимов.М.Ҳ.Усмонбоева. “Инновацион таълим технологиялари ва педагогик компетентлик” модули 
бўйича ўқув-методик мажмуа. Низомий номидаги ТошДПУ ҳузуридаги Педагог кадрларини қайта тайѐрлаш ва 
уларнинг малакасини ошириш тармоқ маркази Т., 2016 й, 74 б 


41 
vositalar qancha xilma-xil bоʻlsa, оʻqituvchining talabalar bilan norasmiy 
muloqotga kirishish imkoniyati shuncha katta bоʻladi. Bunga faqat 
muvaffaqiyatli оʻqitishga emas, balki оʻqituvchining ham ilmiy оʻsishiga, ham 
mahoratining oshishiga xizmat qiladi. Bunga yetarli darajada axborotga ega 
bоʻlish, uzluksiz оʻqib, оʻrganib borish, tadqiqotlar olib borish, psixologik 
muhitni tushunish, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini faol qоʻllash 
orqaligina erishish mumkin. 
Shunga kоʻra interfaol оʻqitish “ta‟lim jarayonining asosiy ishtirokchilari – 
оʻqituvchi, talaba va talabalar guruhi оʻrtasida yuzaga keladigan hamkorlik, 
qizgʻin bahs-munozalar, оʻzaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida 
tashkil etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, 
muammoli vaziyatlarda yechimlarni birgalikda izlash, оʻquv materiallarini 
оʻzlashtirishda talabalarning оʻzaro yaqinliklarini yuzaga keltirish, “оʻqituvchi – 
talaba – talabalar guruhi”ning оʻzaro bir-birlarini hurmat qilishlari, tushunishlari 
va qоʻllab- quvvatlashlari, samimiy munosabatda bоʻlishlari, ruhiy birlikka 
erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi”. 
Chizma geometriya fani mavzularini оʻqitishda tanqidiy fikrlashga 
оʻrgatuvchi turli interfaol metod va strategiyalar hamda grafik organayzerlardan 
foydalanish yaxshi samara beradi.
Chizma geometriya fanini оʻqitish davomida kоʻplab interfaol metodlarni 
qоʻllash mumkin. Jumladan, “Blits-sоʻrov” metodi (ing. “blits” – tezkor, bir 
zumda) berilgan savollarga qisqa, aniq va lоʻnda javob qaytarilishini taqozo 
etadigan metod. Bunga kоʻra оʻqituvchi tomonidan savollar beriladi. Javoblar 
jamoaviy, guruhli, juftlik yoki individual tarzda qaytarilishi mumkin. Javob 
qaytarish shakli mashgʻulot turi, оʻrganilayotgan mavzuning murakkabligi, 
talabalarning qamrab olinishiga kоʻra belgilanadi. Guruh va juftlikda 
ishlanganda bir nafar talaba, kоʻp holatlarda esa har bir savolga alohida-alohida 
talaba javob qaytaradi, guruhdoshlari yoki sherigi javobni tоʻldiradi. Fikrlar 
takrorlanmasligi, javoblar sharhlanmasligi lozim. Har bir savolga tayanch 
tushunchalar asosida lоʻnda, aniq javob qaytariladi
.


42 
Yana bir metod “Sinkveyn” (fr. “besh qator”) – maʻlumotlarni sintezlash 
(alohida ma‟lumotlar asosida yahlit gʻoyalarni shakllantirish)ga yordam 
beradigan qofiyasiz she‟r bоʻlib, u asosida оʻrganilayotgan mavzu (tushuncha, 
hodisa, voqea)larga oid ma‟lumotlar tоʻplanadi; har bir talaba ushbu 
ma‟lumotlar yigʻindisi (qofiyasiz she‟r)ni оʻz sоʻzlari bilan turli variant yoki 
qarashlar orqali ifodalash imkoniyatiga ega. Sinkveyn tuzish – murakkab gʻoya, 
tuygʻu va hissiyotlarni bir necha sоʻz orqali yaqqol, yorqin ifodalash malakasi 
bоʻlib, bu jarayon mavzuni puxtaroq оʻzlashtirish, ma‟lumotlarni yaxshiroq 
anglashga yordam beradi. 
Chizma geomeytriya darslarida

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish