‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Razzoqov, sh. Tashmatov, N. ‘R m 0N 0y iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Xalqaro mehnat taqsimotini tadqiq etishdagi tanqidiy



Download 40,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet138/184
Sana11.03.2023
Hajmi40,17 Kb.
#918013
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   184
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

21.2. Xalqaro mehnat taqsimotini tadqiq etishdagi tanqidiy
yo‘nalish
Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimoti butun jahon xo‘jaligining 
tashkil topishi va rivojlanishining hal qiluvchi omilidir. Bunda kapital 
chiqarish masalalari ham yetakchi o‘rin egallaydi. Shu sababli ularga 
bag‘ishlangan bir qancha nazariyalar mavjud.
Tarixan birinchi bo;lib neoklassik ta’limotlar vujudga keldi. Ulaming 
asosi B.Olin (Shvetsiya), K.Iverson (Daniya), R.Nurkse (Avstriya- 
AQSH) asarlarida o‘z aksini topgan. Ular o‘z ta’limotlarida maijinalizm 
konsepsiyasiga asoslangan holda, kapitalning harakatchanligi, 
«kapitalning eng yuqori unumi» (foiz stavkasi bilan ifoda qilinadi) u 
yoki bu mamlakat kapitalining mo‘l-ko‘lligining turlicha ekanligi bilan 
izohlaydilar. Kapitalning «mo‘l-ko‘lligi» yoki «kamligi» uning migratsiya 
sababi qilib ko‘rsatiladi. Bu jarayon to kapital unumi bir xil bo'lguncha 
davom etadi. Bu esa ishlab chiqarish omillari samaradorligining o'sishi, 
milliy daromadning ortishi, butun mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish 
darajasining tekislanishiga oUb keladi.
Kapital chiqarishning neokeynschilik ta’limoti 30-50-yillarda shakl- 
landi, F.Maxlup, E. Domar va R.Xarrot bu nazariyaning asoschilari 
hisoblanadilar. Ularning fikricha, kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarishda savdo, to‘lov balansining o‘zgarishi tufayli, ya’ni aktiv 
savdo balansi bo‘lgan mamlakatlarda kapital ortiqchaligi (jamg‘arma- 
laming investitsiyalardan ko‘pligi), passiv balansli mamlakatlarda esa, 
aksincha, kapital yetishmasligi sababli kapital harakati ro‘y beradi. 
«Jamg ‘ armalar»ning ortiqchaligi mamlakatni iqtisodiy depressiya va 
ishsizlikka olib boradigan eng muhim omil deb qaraladi. Unga qarshi 
kurash yoki uning oldini olish uchun «jamg‘armalap> hisobiga qo‘- 
shimcha tovar eksportini moliyalash zarur deb topiladi. Ammo bunda 
import oshmasligi, ya’ni kapital chiqarish yo‘li bilan hal etilishi kerak.
60-70-yillarda kapital chiqarishning «dinamik modeli» ommalashdi, 
unda R.Xarrotning iqtisodiy dinamika nazariyasi asosida mamlakatlar 
o'rtasidagi o‘zaro kapital eksporti sabablari va oqibatlarini aniqlashga 
urinish bor. U kapital eksporti va importini yalpi milliy mahsulot 
o'sishi, investitsion daromad va to‘lovlar bilan bog‘lashga intiladi. Unda 
neokeynschilikning xalqaro kapital harakati konsepsiyasiga asoslanadilar. 
Shu vaqtning o'zida iqtisodiy o‘sishning neoklassik nazariyasi ham


hisobga olinadi. Bulaming hammasi o'nlab o'zgaruvchi parametrlami 
o‘z ichiga oluvchi iqtisodiy matematik modellar asosida hal qilinadi. 
Masalan, amerikalik iqtisodchilar J.Borts va K.Kopekilar tuzgan ana 
shunday modelda 20 dan ortiq o‘zgaruvchi va shuncha tenglama mavjud; 
unda matematik apparat ustun bo‘lib, u nazariy asosning bo‘shligini 
kompensatsiyalaydi.
Ular kapital ortiqchaligi masalasini tushuntirishda neokeynschilarga 
asoslanadilar va uni jamg'armalar va investitsiyalar orasidagi farq sifatida 
e’lon qiladilar. Bu farq ishchi kuchi yetishmasligi va tez o‘suvchi kapital 
miqdori o'rtasidagi texnik-iqtisodiy disproporsiyadan kelib chiqadi 
deb tushuntiriladi.
Kapital o'sishi to‘lov balansi saldosi musbat bo‘lganda, investitsion 
daromadlar investitsion to'lovlardan ortiq hollarda ro‘y beradi. Daro­
madi to‘lovlardan yuqori bo'lgan mamlakatlar kapitalni sof eksport 
qiladigan, aksincha, to‘lovlari daromaddan ustun bo'lganlar esa 
kapitalni sof import qiladigan mamlakatlardir. Chunki ulardagi kapital 
miqdori mavjud mehnat resurslaridan ancha kam bo‘ladi. Bunda chet 
el investitsiyalari bilan sof kreditor yoki debitor mamlakatlar ahvoli 
o'rtasidagi o‘zaro bog‘lanish ta’kidlanadi.
Keyingi davrda xalqaro monopoliyalaming yangi tipi — transmilliy 
va transkorporativ konsemlar tashkil topmoqda. Bu monopoliyalar 
faoliyatini aks ettiruvchi bir qancha ta’limotlar mavjud. Ularda xalqaro 
monopoliyalar bir qancha millatlar nomidan chiqayotgan mustaqil 
korporatsiya sifatida izohlanadi va butun dunyoda ilmiy-texnika 
taraqqiyoti mevalarini targ'ib qiluvchi tashkilot deb qaraladi. Bu 
monopoliyalar misolida iqtisodiy aloqalar har qanday siyosat va maf- 
kuradan holi degan fikr ilgari suriladi, ya’ni u yoki bu korporatsiya 
ko‘p mamlakatlarda ishlab chiqarish va kommersiya operatsiyalarini 
olib borayotgan bo‘lsa, «sof xalqaro» korxonaga aylanadi va hech bir 
mamlakat manfaatlarini himoya qilmaydi. G.Jonson, Ch.Kindleberger 
va boshqalar xalqaro monopoliyalaming ilmiy-texnika yangiliklarini 
targ‘ib etish, tinchlikni saqlashga oid faoliyatlariga keng o‘rin beiganlar. 
Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda transmilliy korxonalaming 
mavqeyi yuqori baholanadi, ularning ilmiy-texnika sohasida, 
investitsiyalar qo'yish bo'yicha faoliyati ijobiy deb qaraladi.
Odatda, iqtisodiy integratsiya to‘g‘risidagi nazariyalarda integratsiya- 
ga a’zo mamlakatlar o'rtasidagi barcha to‘siqlar, ayniqsa savdo, boshqa


iqtisodiy munosabatlarda to‘la erkinlik berilishi zarurligi qayd etiladi. Shu 
bilan biiga, bozoming ko'lami va iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari o'rtasi- 
da funksional (ya’ni bevosita) bog'lanish bor degan g‘oya ham ilgari 
suriladi. Shunday qilib, iqtisodiy integratsiya zarurati tashqi bozoming 
qayta ishlab chiqarishga hal qiluvchi ta’siri tufayli yuzaga keladi.
Iqtisodiy integratsiya bo'yicha ta’limotlarda asosiy e’tibor «bojxona 
ittifoqi»ga berilib, unda o‘zaro savdo bo‘yicha har qanday cheklovlar 
bekor qilinishi va «uchinchi mamlakatlar» uchun yagona bojxona tarifi 
joriy qilinishi kerak bo‘ladi.
Olimlaming fikricha, iqtisodiy integratsiyaning asosiy ijtimoiy- 
siyosiy oqibatlari quyidagilardan iborat bo'ladi: ishlab chiqarishning 
doimo o'sishi va iqtisodiy inqirozlaming bo‘lmasUgi ta’minlanadi; 
iqtisodiyotning doimo o'sishi tufayli aholining turmush darajasi 
ko‘tariladi; ishchi va kapitalistlar o'rtasidagi sotsial sheriklikni rivoj- 
lantiradi; turli mamlakatlar o'rtasidagi qarama-qarshiliklar va siyosiy 
nifoqlar tugatiladi. Demak, iqtisodiy integratsiyaga kapitalistik jamiyatga 
xos bo'lgan illatlami kamaytirish vositasi sifatida qaraladi.

Download 40,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish