Atletik gimnastika
Atletik gimnastika mamlakatimizda o‘spirin, o‘smir va yigitlar
orasida yildan-yilga keng tarqalmoqda. Atletik gimnastikaning
ommalashishi uning butun tana muskullarining
garmonik
rivojlanishiga, to‘g‘ri va chiroyli qomat shakllanishiga, kuch,
qayishqoqliq, chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilganligidir.
Har bir o‘spirin, o‘smir va yigit kuchli, chaqqon va xushro‘y
boiishni istaydi. Bu istak tabiiydir.
Mamlakatimizda kishilaming sog‘lig‘i, uning jismoniy kamoloti
uchun kurash ko‘pdan buyon ijtimoiy ishga aylangan.
Sport mashg‘ulotlari bilan muntazam shug‘ullanish orqali kuchli
va chaqqon boiishi mumkin. Biroq, hamma ham sport seksiyalari
va maktablarda shug‘ullana olmaydi.
Atletik gimnastika bilan istaganlaming barchasi shug‘ullanishi
mumkin. Atletik gimnastika mashg‘ulotlarida buyumsiz va
buyumlar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar
(tayoqlar, bulavalar, gantellar, toidirm a to‘plar, arg‘amchi,
rezina tasma yoki amortizatorlar, toshlar, shtangalar bilan )turli
gimnastika snaryadlaridagi mashqlar ( gimnastika devori, arqon,
368
narvon, qo‘shpoyalar, tumik, halqalar) keng qo‘llaniladi. Atletik
gimnastika mashg‘ulotlarida umumrivojlantiruvchi mashqlardan
tashqari, yugurish, sakrash (to‘siqlar ustidan balandlikka, uzunlikka)
tirmashib chiqish va o ‘rmalash, uloqtirish va ushlab olish, to‘ldirma
to‘plami, yengil atletika yadrolarini, toshlami, muvozanat saqlash,
og‘irliklami yengib o‘tish mashqlari qo‘llaniladi.
Atletik gimnastika mashg‘ulotlari haftasiga 2 - 3 marta
gumhlarda va shuningdek shaxsiy o ‘tiladi. Gumh mashg‘ulotlari
dars shaklida 60 - 90 daqiqadan o‘tiladi.
Shaxsiy atletik gimnastika bilan har kuni ishdan yoki o ‘qishdan
keyin, doim bir xil vaqtda, ovqat iste’mol qilgandan 1 ,5 -2 soat keyin
20 - 40 daqiqadan shug‘ullanish kerak. Shaxsiy mashg‘ulotlarda
ikki yoki uch majmua bajariladi. Birinchi majmua mazmuniga ko‘ra
gigiyenik gimnastika majmuasini eslatib, mashg‘ulotga tayyorlovchi
qism hisoblanadi va u har kimning shaxsiy xususiyatini hisobga
olgan holda tuziladi.
Ikkinchi va uchinchi majmualar kuchni, qayishqoqlik va
chaqqonlikni rivojlantiruvchi mashqlardan tuziladi.
Ulami bajarishda turli buyumlar, oddiy moslama va mebellar
qoilaniladi. Uchinchi majmua ikkinchisining davomi hisoblansada,
ammo hamma mashqlar shiddatliroq su’ratda bajariladi. Shuning
uchun u boshlangich tayyorgarlikdan o ‘tgan va kamida 1 yil atletik
gimnastika bilan muntazam shug‘ullanganlar uchun tavsiya qilinadi.
Atletik gimnastika mashg‘ulotlarida muskul kuchini oshirish bilan
birga ulaming hajmini kattalashtirish ham muhimdir, chunki hosil
qilingan kuch muskul hajmining o‘sishi bilan baravar rivojlansa, u
uzoq vaqt saqlanadi.
Buning uchun yetarli darajada katta ogirliklar, lekin o ‘ta og‘ir
boim agan, sidirg‘asiga 10 martagacha (har birini 3 - 4 soniya)
bajarish mumkin boigan mashqlar qoilaniladi. Faqat shundagina
qo‘zg‘atuvchi kuch va shunga muvofiq, muskul to‘qimalarining
faolligi ham muskullarda oqsil parchalanishi uchun yetarli boiadi,
bu esa tiklanish davrida muskullarda ko‘proq oqsil hosil boiishiga
imkon yaratadi.
369
Muskullaming kam zo‘riqqan vaqtida qo‘zg‘alish ham kam
darajada namayon bo‘ladi. Demak, kichik yuklamali kam muskul
zo‘riqishga ega bo‘lgan mashg‘ulotlaming jismoniy sifatlarini
rivojlantirish uchun samarasi kam bo‘ladi. Harakat faoliyatining
shiddatini (yuklamaning miqdori va shiddatini) asta - sekin oshira
borish kerakligini ham hisobga olish kerak. M a’lum tayyorgarliksiz
xaddan tashqari yuklama va charchash, foyda o‘miga zarar keltirishi
mumkin.
Atletik
gimnastika
mashg‘ulotlarining
boshida
hamma
muskul guruhlarini rivojlantimvchi yengil mashqlar kiritish
zarur, o‘zlashtirish darajasiga qarab tobora qayishqoq mashqlar
qo‘llaniladi. Majmualarga mashqlardan tanlash qoidasi va ulaming
navbatini belgilash «gigiyenik gimnastika» bo‘limida yozilganlarga
o ‘xshashdir.
Atletik gimnastika mashg‘ulotlari jarayonida quyidagi qoidalarga
rioya qilish zamr:
- sog‘liqni kuzatib borish. Bir yilda 2 marta muntazam tibbiy
ko‘rikdan o ‘tish va vrach bilan mashg‘ulotlarda qo‘llanilayotgan
harakat faoliyatining tartibi va yuklamasi haqida maslahatlashish;
-jismoniy rivojlanishni kuzatib borish vajismoniy rivojlanishning
asosiy ko‘rsatkichlami hisobga olib borish: o ‘pkaning sig‘imi,
maksimal va minimal qon bosimi (tinch holatda); bo‘y va tana
og‘irligini, qo‘l gavda (bel va qorin pressining) va oyoq kuchuni,
ko‘krak qafasi, yelka, son va boldir aylanasini o ‘lchab borish;
- gigiyenik talablarga (kun tartibi, mashg‘ulotlar vaqti, o‘z -
o ‘zini nazorat qilish) rioya qilish va ko‘rsatkichlami (kayfiyatni,
tomir urishni, uyqu, ishtaha qobilyatini) yozib borish;
- qomat holatni kuzatib borish;
- o‘z xususyatlami hisobga olgan holda, mashqlar majmuasini
tuishni o ‘rganib olish;
- atletik gimnastika to‘g‘risida adabiyotlami kuzatib, o ‘qib
borish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |