Uslubiy tavsiyalar: sakrash va sakrab turish mashqlarini o‘rga-
nish vaqtida oyoqlaming pmjinasimon harakatlantirishni ishlatish
juda muhim, ya’ni sakrash baland bo‘lishi uchun. Bunda to‘g‘ri
sakrab turish (qo‘nish) ga, ya’ni oyoq uchida tovonga qarab bajarili-
shi, yarim cho‘qqayib gavdaning to‘g ‘riligiga ahamiyat berish zamr.
Sakrashda amplitudani imkon boricha kattalashtirishga, mushaklar-
ni imkon boricha kamroq zo‘riqtirishga harakat qilish kerak.
Harakatdagi ba’zi sarkashlar:
- VI holatda oyoqlami almashtirib sakrash. Bunda oldinga ozroq
harakat bajariladi, gavda rostlanadi, qo‘llar turli holatda bo‘ladi;
- g‘ujanak bo‘lib sakrash - joydan qo‘zg‘almay sakrashga
o‘xshaydi. Faqat ikki-uch qadam tashlanadi va buning uchun yuqori
sakrashga harakat qilinadi;
- tekkizib sakrash - sakraganda bir oyoq tezkor ravishda orqaga
ko‘tarilib, ikkinchi oyoq tizza sohasida bukilib, oyoq uchi siltash
bajarilayotgan oyoq bo‘ksasiga tekkiziladi, ya’ni sakrashda yarim
shpagat bajariladi. Gavda biroz orqaga egilgan boiadi, qoilam i
tezkor siltash orqali yuqoriga ko‘tariladi va turli holatni egallashi
mumkin (202-rasm).
Tayyorlov mashqlari: chap oyoqda va o ‘ng oyoqda yarim shpa-
gat bajarish, oyoqni qattiq siltab, gavdani orqaga egish, tayanch
oldida turish, uchinchi holatda yarim o ‘tirish, oyoqni siltab ko‘ta-
rib sakrash, gorizontal holatga keltirish, bosh va yelkalami orqaga
egish, tayanchga yonlamacha turish, uchinchi holatda yarim o ‘tirish,
yarim barmoq uchida tezkor turish, bitta oyoqni oldinga bukib, ik-
kinchi oyoq uchini tayanch oyoq tizzasiga tekkizish, stanokka su-
yanish, yarim o‘tirgan holda sakrash, sakrashda yarim shpagat baja-
rish uchun uchinchi holatda sakrab turish.
Halqa sakrash - sakrash vaqtida bitta oyoq tekislangan holatda
pastda yoki oldinda boiadi, ikkinchi oyoq tezkor orqaga ko‘tarilib,
oyoq yuzi bosh uzra bukilishi kerak. Q o ilar qattiq siltash orqali ol-
dinga va yuqoriga ko‘tarilib turish holatini egallashi mumkin.
Tayyorlov mashqlari: yotgan holda oyoqlami navbatma-navbat
orqaga siltab tashlanadi. Shu holatda tezkor ko‘tarib bukiladi va av-
valgi holatga qaytiladi. Xuddi shu mashq tizzalab turib bajariladi.
134
Bir vaqtning o‘zida bosh orqaga qilinadi. Yarim shpagat holatda
“orqa” oyoqlar bukilib, gavda egiladi va bosh orqaga tashlanadi,
3 - 4 yarim cho‘qqayib, orqa oyoq bilan tezkor harakatlanib, tayanch
oyoq uchiga ko‘tariladi va qo‘llar bilan yuqoriga siltash bajariladi,
bosh orqaga tashlanadi, tayanchga yonlama turib yarim cho‘qqayish
va sakrash mashqlari bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: