160-rasm. Gimnastik xodada yurgan hoiatda mashq bajarish
Xavozakorlar ishlayotganda va tor joylardan yurganda, turli
sharoitda muvozanat saqlashni o‘rganishlari uchun, dasturga to‘sin-
lar kengligidagi bumdan (xodadan) yurish va boshqa turli mashqlar
kiritilgan edi. To‘sinning balandligi asta-sekin oshirila boriladi ( 0,5
m dan 5,5 m gacha) muvozanat saqlash malakalari ayniqsa, baland-
likda muvozanat saqlash fazoda muljal ola bilishga, vestibulyar ap-
paratining turg‘unligiga bog‘liqdir. Bu vazifalar balandlikda tura
olish ko‘nikmalariga bog‘liqdir. Bu vazifalar yo‘lkadan, akrobatik
sakrashlar, batutda sakrash va baland inshootda bajariluvchi, xud-
di ishchi bajaradigan operatsiyalarga o ‘xshash mashqlar yordamida
hal qilinadi (160-rasm). Balandlikka nisbatan muhofaza reaksi-
yasini kamaytirish va o‘z kuchiga ishonch hosil qildirish uchun
shug‘ullanuvchilar montaj tasmasini taqib baland, havozadan pastga
sakrash mashqlarini bajarishgan.
Mashg‘ulotlar dars shaklida haftasiga ikki marta 90 minutdan
o ‘tkazilgan. Birinchi 30 minutda o‘quvchilar hammalari birgalikda
chigil yozish, buyum bilan va buyumsiz umurivojlatiruvchi mashq-
larni bajarishgan. Keyinchalik 3 ta bo‘limga ajratilgan va ular doira
bo‘ylab almashinib, dastuming ayrim turlari bilan 20 minutdan
shug‘ullanishgan /tumikdagi mashqlar, batutda sakrashlar, baland
96
havozadagi mashqlar yoki akrobatika sakrashlari, tayanib sakrashlar
va hokazolar shular jumlasidandur/.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik yuqorida bayon qilib yozilgan
turlaridan farqli o‘laroq darsdan tashqari to‘garak mashg‘ulotlarida
o‘tkaziladi. U kasb faoliyatining yaxshilanishiga yordam berish
uchun biron bir sport turida takomillashishni nazarda tutadi. 0 ‘quv-
chi istagan sport turi bilan shug‘ullanishi mumkin, biroq har bir
muayyan ixtisos uchun u yoki bu kasb ishchilariga foydaliroq sport
turlarini tafsiya qilish mumkin chunonchi, montajchi havozkorlar
uchun batutda sakrashlar, sport gimnastikasi mashqlari akroba-
tika sakrashlari suvga sakrash shuningdek chang‘ida, tramplindan
sakrashlar katta yordam ko‘rsatadi. Ko‘rsatib o ‘tilgan sport turlarida
takomillashib va ularni muayyan sport natijalariga erishgandan
so‘ng, havozkorlar maqsadiga muvofiq ravishda o ‘z mehnat yu-
tuqlariga ta’sir qiladilar.
Oliy va o ‘rta maxsus o ‘ quv yurtlarida o ‘ quvchilaming j ismoniy tar-
biyasi umumiy dastur mashg‘ulotlari va fakultativ mashg‘ulotlardan
iborat. 0 ‘quvchi qaysi sport turi bilan shug‘ullanmasin, u badan
qizdirishga kiradigan va sportchilaming maxsus tayyorgarligi uchun
qo‘llaniladigan gimnastika mashqlarini albatta bajaradi ko‘rsatilgan
mashg‘ulotlarga ixtisoslashgan amaliy gimnastikaga xos bo‘lgan
mashqlami kiritish tavsiya qilinadi. Shunday qilib, ixtisoslashgan
amaliy gimnastikani jismoniy tayyorgarlik ko‘rishdagi ahamiyati
juda kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |