‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi y. Masharipov sport psixologiyasi



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/167
Sana20.09.2021
Hajmi7,57 Mb.
#179565
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   167
Bog'liq
18sportpsixologiyasipdf

jamiyat  manfaatlariga  mos  keladigan faoliyat yo ‘nalishini  tashkil  etish;
b)  yuqori  m a la kali  sportchilarni,  Osiyo,  Jahon  va  O lim piada 
chempionlarini  ruhiy jihatdan  tayyorlash;  d)  mutaxassislarning  sportga 
oid  bilim  va  malakalarini  o'stirish;  e)  ilmiy  tadqiqot  ishlari  olib  borish 
uchun materiallar to'plash kabilar.  Hozirgi  kunda «Sport  psixologiyasi» 
fani  shunchalik  ko'p  materiallar  to'pladiki,  bu  materiallar  sportchi 
faoliyatining  psixologik  mohiyatini  o'rganishda  yordam  beradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hozirgi  kunda  davlatimiz  sport  mutaxassislari  va  murabbiylar oldi­
ga  yanada  murakkab  vazifalarni  qo'ym oqda.  Bu  ham  bo'lsa,  sportchi- 
larning  ruhiyatini  o'zgartirish,  o'zbek  sportini jahondagi  eng  taraqqiy 
etgan  sportlar  qatoriga  ko'tarish,  Respublikamiz  sportchilari  ruhiyati- 
da  o'rnashib  qolgan  sobiq  totalitar tuzum  davri  psixologik  tushuncha- 
lariga barham   berish,  ularda jismoniy  madaniyat  va  sport  psixologiya- 
sining  muhim  elementlari  bo'lgan  faollik,  mehnatsevarlik,  irodaviylik, 
o'zini  tuta  bilishlik,  mustaqillik,  chidamlilik,  epchillik,  matonatlilik, 
shuningdek,  o'z xatti-harakati  uchun javobgarlik  hissini  o'stirish,  keng 
miqyosda fikrlash kabilarni shakllantirishning psixologik mexanizmlarini 
ishlab  chiqish  kabilardir.
Respublikamizda  yuz  berayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy  yangilanishlar, 
shuningdek,  jism oniy  m adaniyat  va  sportning  rivojlanishi  «Sport 
psixologiyasi»  sohasiga  ham  taalluqlidir.  «Bugun  biz  qanday  davlat 
quryapmiz?»,  «Uning siyosiy va  ijtimoiy  negizi,  qiyofasi  qanday bo'lishi 
kerak?»,  «Yangi  demokratik  davlat  shakllanishiga jismoniy  madaniyat 
va  sportning  ta’siri  qanday  bo'ladi?»  kabi  savollarga javob  topish,  bu 
xususida  fikr  yuritish  fursati  yetdi.
Hozirgi  kunda  respublikamizda  boshqa  jabhalarda  bo'lganidek, 
jismoniy  madaniyat  va  sport  sohasida  ham  ahvol  tubdan  o'zgardi. 
Respublikamizda  ixtisoslashgan  himoya  kengashining  mavjudligi,  tad ­
qiqot  yo'nalishlari  va  mavzulami  erkin  tanlash  kabilar  «Sport  psixo­
logiyasi»  fani  uchun  juda  katta  im koniyatlar  yaratmoqda.  Amalga 
oshirilayotgan  va  rejalashtirilgan  tadqiqotlar  yo'nalishlarini  milliy, 
mafkuraviy,  mintaqaviy o'ziga xosliklarni  hisobga olib,  bevosita ta’lim- 
tarbiya,  ijtimoiy,  iqtisodiy va siyosiy jarayonlar mazmuniga bo'ysundiriih 
o'zbek  “ Sport  psixologiyasi”  fanini  jahon  talablari  darajasida  shakl­
lantirish  uchun asos bo'lib xizmat  qilmoqda.  Bu vazifani bajarish  uchun 
respublikamizning  ilmiy  salohiyati  yetarli.  O'zbekiston  Milliy  univer­
siteti,  Samarqand  davlat  universiteti  va  Farg'ona  davlat  universitetlari 
h ar yili  yuqori  malakali  psixolog  mutaxassislar tayyorlamoqda.  M usta- 
qilligimiz istiqboli bilan bog'liq muammolarni  hal qilishga hissa qo'shish 
biz  psixologlarning  bevosita  vazifamizdir.
Adolat yuzasidan aytish mumkinki,  m a’lum qonuniyatga ko'ra «Sport 
psixologiyasi»  har  doim  umumiy  nazariya  tom on  harakat  qiladi  va  bu 
jarayon  uzluksiz davom  etadi.  Lekin  bu  umumiy  nazariyalar faqatgina 
sportchiga xos bo'lgan  ruhiy jarayonlar va xususiyatlar taraqqiyoti qonu­
niyatlarini  tushuntirib  beruvchi  sohalargagina  taalluqli  bo'ladi.  Shu
www.ziyouz.com kutubxonasi


bilan  birga,  shu  umumiy  nazariyadan  kelib  chiqadigan  yo‘nalishlar 
ham  mavjudki,  bu  yo‘nalishlar  har  doim  o'zining  milliy,  etnik,  maf­
kuraviy,  mintaqaviy  va  g'oyaviy  xususiyatlariga  ega  bo'ladi.  Sobiq  to- 
talitar  mafkuraning  pirovard  maqsadiga  aylanib  qolgan  «Sovet  sporti» 
g'oyasi amalda har qanday o'ziga xoslikni,  milliy sport turlarining rang- 
barangligini yo'qqa chiqardi.  Natijada jismoniy madaniyat va sportning 
psixologik asoslariga xos «Sport psixologiyasi» sohasiga taalluqli bo'lgan, 
umumiy yagona  nazariyalar yaratilib,  amaliyotga tatbiq etila boshlandi. 
Shu  bois  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  mazmuniga  muvofiq 
respublikamizning  milliy,  mafkuraviy,  mintaqaviy  o'ziga  xosligini 
e ’tiborga  olib,  o'zbek  «Sport  psixologiyasi»  fanini  jahon  talablari 
darajasida  shakllantirish,  o'zbek sportchilarining  m a’naviy va jismoniy 
yuksalishining  ruhiy tom onlarini  ilmiy-uslubiy jihatdan  asoslab berish 
bugungi  kunning  eng  muhim  vazifasidir.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar:

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish