‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi y. Masharipov sport psixologiyasi


ko'p  davlatlar  diplomatik  munosabatlar  o'rnatdi  va  shu  davr  ichida



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/167
Sana20.09.2021
Hajmi7,57 Mb.
#179565
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   167
Bog'liq
18sportpsixologiyasipdf

ko'p  davlatlar  diplomatik  munosabatlar  o'rnatdi  va  shu  davr  ichida 
hukumatimiz  jismoniy  madaniyat  va  sportni  rivojlantirish  borasida 
muhim  ishlarni  amalga  oshirdi.  1992-yilning  fevralida  «Jismoniy  tar-
www.ziyouz.com kutubxonasi


biya  va  sport  to‘g‘risida»gi  qonunning  qabul  qilinishi,  1995-yilning  2- 
sentabrida  Toshkentda  birinchi  Markaziy  Osiyo  o'yinlarining  ochili- 
shi,  1999-yil  1-mayda kurash bo'yicha jahon birinchiligining o'tkazilishi 
O'zbekistonda  demokratik  va  huquqiy  jamiyat  qurishda,  yoshlar  va 
sportchilar tafakkurini shakllantirishda jismoniy madaniyat va sportning 
ahamiyatini  yanada  oshirdi.
Hozirgi  kunda  yoshlarda  milliy  ong,  milliy  mafkura,  o'ziga  xos 
m illiy  g 'u ru r,  m illiy  tafak k u r  va  iftixorni  tarbiyalash  b o rasid a 
respublikamizda juda ko'plab  ishlar amalga oshirilmoqda.  O'zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisining  IX  sessiyasida  ta ’lim  va  tarbiya  tizimini 
tubdan  o'zgartirish,  uni  yangi  zam on  talablari  darajasiga  ko'tarish, 
barkamol  avlodni  tarbiyalash  yo'nalishlari  belgilab  berildi.  Bu  bizning 
bugungi  kunda  oldim izga  qo'ygan  buyuk  m aqsadlarim izga,  ezgu 
niyatlarimizga, jamiyatimizning yangilanishi,  hayotimizning taraqqiyoti 
va  istiqboli  uchun  am alga  oshirayotgan  islohotlarim izga;  zam on 
talablariga javob  beradigan  yuqori  malakali,  ongli,  mustaqil  fikrlovchi 
irodali  mutaxassis  kadrlar  tayyorlash  muammolarini  bartaraf  etishga 
qaratilgan  ishlarimizga  yanada  rag'bat  berdi.
Istiqlol sharofati bilan  O'zbekiston sportchilarida m a’naviy yuksalish 
ham   yaqqol  ko'zga  ta shlanm oqda.  Jah o n  miqyosida  o 'tk azilg an  
musobaqalarda,  xususan,  2000-yil  Sidneyda  o'tkazilgan  O lim piada 
o'yinlarida  vakillarimizdan  M uham m adqodir Abdullayevning  ishtirok 
etishi  va  Olimpiada  chem pioni  bo'lishi  muhim  voqea  bo'ldi.  Keyingi 
yillarda  O'zbekistondan  ko'plab  mahoratli  sportchilar yetishib  chiqdi. 
Bu,  albatta,  o 'z -o 'z id a n   bo 'lgan   emas.  Buning  zam inida  o 'zb ek  
xalqining tarixiy taraqqiyoti, yuqori darajadagi madaniyati, pahlavonlari, 
qahramonlari  va  go'zal  a n ’analarining  ta ’siri  bor.
«Sport  psixologiyasi»  fani  jism o n iy   m a d an iy at  va  sp o rt 
mutaxassislarini  tayyorlashda,  ko'plab  muammoli  vaziyatlarni  to 'g 'ri 
hal  etish d a,  ta lab a  va  s p o rtc h ila rd a   m a ’naviy  h issiy o tla rn i 
shakllantirishda  alohida  ahamiyatga  ega.  Shu  nuqtayi  nazardan  bu 
masalaga  alohida  ilmiy-uslubiy va  metodologik jihatdan  yondashishga 
to'g'ri keladi.  Chunki, jism oniy madaniyat va sport  har bir millat taraq- 
qiyotida  xalq,  jam iyat,  davlat  kuch-qudratining  asosiy  om ilidan  biri 
hisoblanadi.
Demak,  «Sport  psixologiyasi»  fani  milliy  istiqlol  ruhida  barkamol 
avlodni  tarbiyalashda  eng  aw al  quyidagi  vazifalarni  amalga  oshiradi:
— xalqimiz o'tmishi, shuningdek, jismoniy madaniyat va sportimiz  tarixi
www.ziyouz.com kutubxonasi


falsafiy-psixologik tafakkur,  madaniy-ma’rifiy,  ijtimoiy-siyosiy,  mafkuraviy 
harakatlar va g'oyalarga  boy  ekanligini  to'laligicha  ro'yobga  chiqarish;
— sportchilar ongiga o'tmishdagi jasur,  yovqur, jahongir ota-bobolari- 
miz  ruhini  singdirish  hamda  ularda  moddiy  va  ma’naviy  madaniyatga 
bo'lgan  mehr,  hurmat  va  qadr-qimmat  tuyg'ularini  rivojlantirish;
— jismoniy  madaniyat  va  sport  asosida  o'zligini  anglash  va  milliy 
u y g 'o n ish ,  m afkuraviy  h issiyotni  riv o jlan tirish   va  shu  asosda 
insonparvarlik,  vatanparvarlik  ruhini  kuchaytirish.
M am lakatim izda  jism oniy  m adaniyat  va  sportni  rivojlantirish 
maqsadida ilmiy tadqiqot  ishlari  olib borishi  uchun barcha imkoniyatlar 
mavjud.  Hozirga qadar «Sport  psixologiyasi»  fani bo'yicha o'zbek tilida 
birorta  ham  darslik  va  o'quv  qo'llanma  yozilmagan  edi.  Bu  fanning 
sportchilarda sport  mahoratini oshirishda,  ularni  musobaqaga psixologik 
tayyorlashda ahamiyati katta.  «Sport psixologiyasi»  fani psixologiyaning 
jismoniy  madaniyat  hamda  sportga doir bilim,  malaka,  ko'nikmalarini 
hosil qilish.  rivojlantirish va tarbiyalashning qonuniyatlarini o'rganuvchi 
maxsus sohasi bo'lib, sportchilaming ruhiy xususiyatlari, temperamenti, 
xarakteri,  qobiliyati  va  ruhiy jarayonlarining  barqaror  xususiyatlarini; 
e ’tiqodi,  bilimi,  sportchiga  xos jangovarlik  holati,  startdan  oldingi  va 
musobaqadan  keyingi  holati,  ko'nikmasi,  malakasi  hamda  sportchiga 
xos  xulq-atvor  va  odatlarni  o'rganadi.
«Sport  psixologiyasi»  fani  umumiy  psixologiya  va  falsafani  tashkil 
etuvchi  fanlar  sirasiga  mansub  bo'lib,  bu  fan  pedagogika  va  tibbiyot 
fanlari  bilan  ham  nihoyatda  yaqindir.  «Sport  psixologiyasi»ning  ushbu 
fanlarga  yaqinligi,  hatto  ko'pgina  muammolarni  birgalikda  hal  etishi 
bu  fanni  mustaqillikdan  mahrum  qilmaydi:  tadqiqot  predmeti,  nazariy 
talablari  u  o 'z  predm etini  o'rganish  uslublari  jihatdan  farqlanadi. 
Fanning  barcha  muammolari  markazida  sportchi  va  uning  faoliyati 
turadi.  Sportchi  shaxsining  ijtimoiy  taraqqiyotdagi  roli  oshib  borgani 
sayin,  bu  fanining  fanlar  tizimidagi  ahamiyati  ham  ortib  boradi.
Mamlakatimizda  «Sport  psixologiyasi»  fanining  asosiy  maqsadi:  a) 

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish