bilan chegaralanib qolmadi, balki kuzatishlariga tayanib, hayvonlar
ustida oddiygina, ammo asosli tajribalar o'tkazdi.
Kishi ruhiy holatlarining organizmga ta’siri har qanday ruhiy
jarayonning fiziologik asoslari bilan bog'liq ekanligini, organizmga tashqi
muhitning ta’siri katta bo'lishini isbotlash uchun Ibn Sino ikkita qo'zi
olib, ulardan birini och bo'ri yaqiniga bog'lagan, ikkinchisini esa oddiy
tinch sharoitda saqlagan. Har ikkalasiga ham tarozida o'lchab bir xil
miqdorda ovqat bergan. Ko'p o'tmay bo'riga yaqin bog'langan qo'zi
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo'rining hamlalaridan qo'rqib juda ham ozib ketgan va yaxshi boqili-
shiga qaramay, qo'rquvdan kasallanib o'lgan. Oddiy sharoitda saqlan
gan qo'zi esa kundan kunga semirib, tetik yashagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |