al-Forobiy, Abu Bakr al-Roziy va boshqalar psixologiya masalalariga
qiziqqanlar. Ular psixologiyaga doir maxsus asarlar yozgan bo'lmasalar
ham o'zlarining falsafaga oid asarlarida inson ruhiyatiga oid turli xil
masalalami hal qilishga harakat qilganlar. Ibn Sinoning ilmiy merosini
o'rganish shuni ko'rsatadiki, buyuk mutafakkir psixologiyaga doir
masalalar bilan ko'proq qiziqqan va maxsus asarlar yozib qoldirgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
«Jon to'g'risida risola», «Psixologiya to'g'risida risola», «Jon-ruh haqida
kitob» va boshqalar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari, Ibn
Sinoning ko'pgina yirik falsafiy, tibbiy asarlarida («Tib qonunlari»,
«Shifo beruvchi kitob» va «Donishnoma» kabi) psixologiyaga doir
alohida bo'limlar mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |