‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi y. Masharipov sport psixologiyasi



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/167
Sana20.09.2021
Hajmi7,57 Mb.
#179565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167
Bog'liq
18sportpsixologiyasipdf

M a s ’ u l  m u h a r r i r : 
N.  Jo‘rayev
T a q r i z c h i l a r i  
professor J.E.  Eshnazarov,
pedagogika  fanlari  doktori, 
professor N.Sh.  Shodiyev
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hozirgi  kunda ta'lim   oldidagi  eng m uhim   m asalalardan  biri jism oniy 
m adaniyat  va  sport  fanlarini  ham   jah on   andozalariga javob  beradigan 
o ‘quv  adabiyotlari  va  ilg'or  pedagogik  texnologiyalardan  foydalanib 
o 'q itish d ir.  «Sport  psixologiyasi»  fani  jism oniy  m adaniyat  va  sport 
m utaxassislarini  tayyorlashda,  sohaga  oid  ko'plab  m uam m oli  m asala 
va  vaziyatlarni  to‘g ‘ri  hal  etishda;  talaba,  o'quv chilar  va  sportchilarda 
m a’naviy hissiyotlarni  shakllantirishda alohida ahamiyatga  ega.  Shuning 
uchun  bu  m asalaga  c h u q u r  ilm iy-uslubiy  va  m etodologik  nuqtayi 
n a z a rd a n   y o n d a s h is h g a   t o ‘g ‘ri  k e la d i.  C h u n k i  h a r  b ir   m illa t 
ta ra q q iy o tid a ;  x alq n in g ,  ja m iy a tn in g ,  d a v la tn in g   k u c h -q u d ra tin i 
ta'm inlash da  jism oniy  m adaniyat  va  sport  m uhim   o ‘rin  tutadi.  Shu 
bois  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A .K arim ovning  2002-yil 
24-oktabrda  respublikam izda jism oniy  m adaniyat  va  sportni  rivojlan­
tirish  m aqsadida  qabul  qilgan  « 0 ‘zbekiston  bolalar sportini  rivojlanti­
rish  jam g'arm asini  tuzish  to ‘g ‘risida»gi  Farm oni  jism oniy  m adaniyat 
o ‘qituvchilari  va  m urabbiylari  oldiga  yanada  m urakkab  vazifalarni 
q o ‘ydi.  Bu  ham   b o 'lsa,  o'zbek  sportini  jahondagi  eng  taraqqiy  etgan 
m am lakatlar  sporti  darajasiga  ko'tarishdir.  Buning  uchun  milliy  is­
tiqlol  g'oyalari  talablari  asosida  sportchilarning  ruhiyatini  o'zgartirish; 
ularda  faollik,  m ehnatsevarlik,  irodalilik,  o 'zini  tuta  bilishlik,  m usta­
qillik,  chidam lilik,  epchillik,  m atonatlilik,  shuningdek,  o 'z   x a tti-h a ra - 
kati  uchun javobgarlik  hissini  o'stirish  m uhim   o 'rin   tutadi.  Bu  hayotiy 
vazifani  bajarish  u ch un  spotchilarda  o 'z   faoliyat  turlariga  oid  bilim , 
m alaka  va  ko'nik m alarni  yanada  rivojlantirishga  m o'ljallangan  sport 
psixologiyasi  m exanizm lari  ishlab  chiqilgan  darslik  va  turli  o'quv  ada- 
biyotlarining  aham iyati  katta.  Bu  o 'rin d a   shuni  ta ’kidlash  joizki,  k e­
yingi  yillarda  sportchilarni  jism oniy  va  ruhiy  jih atd an   tayyorlash  va 
chiniqtirishning  nazariy,  pedagogik  va  psixologik  asoslarini  ishlab  c h i­
qib,  am aliyotga  tatb iq   etayotgan,  «Sport  psixologiyasi»  fanini  rivoj­
lantirishga katta  hissa  qo'shib  kelayotgan  olim larim izning soni  yil  sayin 
o ‘sib  borm oqda.  O 'zbekiston  davlat  jism oniy  tarbiya  instituti  profes­
sori  Z .G .  G apparov  rahbarligida  R.D .  X olm uham m edov,  F.K .  T urdi- 
yev,  A.A.  Shabanov,  D.R.  Rapidjonova  va  boshqalar  bokschi  va  alpi- 
nistlarning  psixologik  xususiyatlarini  va  ularning  maxsus  m alakalarini 
takom illashtirish  b o 'y ich a   olib  borayotgan  ilmiy  izlanishlari,  chop  e t- 
tirgan  ilmiy  m aqolalari  sportchilarni  sport  m usobaqalariga  psixologik 
tay y o rlash d a  a lo h id a   o 'r in   tu ta d i.  S a m D U   jism o n iy   m ad a n iy at
www.ziyouz.com kutubxonasi


fakultetining  H.  Rafiyev,  J.  Eshnazarov  kabi  professorlari;  dotsent 
Y.  M asharipov,  T.  Hayitov,  B.  Haydarov,  U.  D o’sanov,  F.  Qosim ov 
kabi  o'qituvchilari  ham   sportchilarni  sport  m usobaqalariga  psixologik 
va  jism oniy  tayyorlashda  milliy  va  um um insoniy  qadriyatlardan  foy­
dalanish  m uam m olari  bilan  jiddiy  shug'ullanib  kelm oqdalar.  U niver- 
sitetda  shu  m uam m olar  b o'yicha  Respublika  ilm iy-am aliy  anjum an- 
lari  ham   o'tk azildi,  m azkur  anjum anlar  m ateriallari  bir  necha  m arta 
kitob  holida  chop  etildi.
O 'zbekiston  mustaqillikka  erishgach,  «Sport  psixologiyasi»  fani  ham  
fanlar tizim ida  o'ziga  xos  m unosib  o'rin lard an   birini  egalladi.  H ozirgi 
kunda  respublikam iz  sport jam oalari  va jam oalarida  psixologik  xizm at 
ko'rsatish  ishlariga  alohida  e ’tibor  berilm oqda.  Davr  talabiga  k o 'ra 
O 'zbekiston  davlat  jism oniy  tarbiya  institutida  2009  —  2010-o'quv 
yilidan  boshlab  jam oa  psixologi  tayyorlash  guruhiga  talabalar  qabul 
qilindi.  Kelajakda bu  kadrlar sportchilarni jam oada, guruhda va jam oada 
psixologik jih a td a n   tayyorlashga  ijobiy  ta ’sir  ko'rsatadi.
O 'zbekiston  davlat jism oniy tarbiya  instituti  professori,  psixologiya 
fanlari  nom zodi  Z .G .  G ap p aro v v a  O 'zM U   psixologiya  kafedrasi  dot- 
senti  I.M.  M am atovlar  1999 va  2000-yillarda «Sport  psixologiyasi  kursi» 
b o'yicha  m a ’ruza  m atnlari  chop  ettirdilar.  Bu  m a’ruzalar  m atnlaridan 
sohaga  oid  oliy  va  o 'rta   maxsus  o 'q u v  yurtlarida  asosiy  adabiyotlar 
sifatida  foydalanib  kelinm oqda.  Professor  G ‘.  Shavqarov  rahbarligida 
Sam D U   psixologiya  kafedrasining  m udiri,  dotsent  Sh.  Fayzullayev; 
dotsentlar — Y.  M asharipov,  S.  M usinov,  A.  A bduahadov  va  boshqalar 
Sam arqand  shahar  kollejlarida  psixolog  vazifasini  bajaruvchi  shaxslar 
bilan  birgalikda  Sam arqand  shahrida  o'tkazilgan  «Universiada  — 2004» 
m usobaqalarida  psixologik  xizmat  ko'rsatish  respublikada  birinchi  b o r 
tajribadan  o'tkazildi.  Buning  uchun  «Universiada  —  2004»  boshlan- 
m asdan  oldin  ikki  hafta  davom ida  maxsus  sem inar  darslari  tashkil 
etildi.  Bu  tajriba  «Um id  nihollari»,  «Barkamol  avlod»  m usobaqalarida 
ham   tashkil  etilsa  va  o'tkazilsa  maqsadga  muvofiq  b o 'lar  edi.  C hunki 
bu  tad b irn in g   sport  jam o alari  va  jam oalarid ag i  psixologik  m u h it, 
sportchilar  o'rtasidagi  o'zaro   m unosabatlar  va  boshqa  ijtimoiy  psixo­
logik  jarayonlarga  ijobiy  ta ’sir  ko'rsatishi  «Universiada  —  2004»  m u­
sobaqalarida  yaqqol  nam oyon  bo'ldi.  Bu  vazifani  bajarish  uchun  ayni 
vaqtda  respublikam izda  mavjud  ilmiy  salohiyat  yetarli.
M azkur  o 'q u v   qo'llanm ada  «Sport  psixologiyasi»  fanining  tarixi, 
predm eti,  o'qitish  uslublari,  boshqa fanlar bilan  aloqasi,  keyingi  yillarda
www.ziyouz.com kutubxonasi


qo'lga  kiritilgan  yutuqlar,  sportchi  im koniyatining  cheksizlik  psixolo­
giyasi;  kelajak  avlodni  jism oniy  va  psixologik  jihatdan  tarbiyalashda 
Ibn  Sino,  A m ir  T em ur  va  Z ah irid din   Bobur  qarashlari,  N ajm id din  
Kubro  va  Jaloliddin  M anguberdi  hayotidagi  jism oniy  va  ruhiy  faollik 
darajasi;  s p o rtc h ila rn i  sport  m u so b aq alarig a  psixologik  jih a td a n  
tayyorlash  m uam m olari,  sportchining m usobaqadan keyingi  ruhiy holati, 
sportchilarda  harakat  m alakalarini  shakllantirish,  tajovuzkorlik  holati 
paydo  bo 'lishining  psixologik  sabablari,  sport  turlarining  psixologik 
tavsifi,  sport jam oasi vajam oalardagi o 'zaro   m unosabatlar psixologiyasi, 
sportchining o 'z in i-o 'z i boshqarishida  qo'llaniladigan  uslublar,  ulardan 
foydalanish  kabilar  haqida  fikr  yuritiladi.
Ushbu  o 'q uv  q o 'llan m a  sport  mutaxassislari,  m urabbiylar, jism o niy  
m a d a n iy a t  o 'q itu v c h ila r i,  jis m o n iy   m a d a n iy a t  i n s titu tla r i  va 
universitetlarning jism oniy m adaniyat  fakultetlari  talabalari,  sportchilar, 
m agistrlar,  aspirantlar,  sport  kollejlari  va  litseylari  o'quvchilari  h am d a 
keng  kitobxonlarga  m o'ljallangan.  «Sport  psixologiyasi»  m ualliflarning 
ko'p yillik pedagogik ham da sport  m usobaqalarining doimiy ishtirokchisi 
va  m u ra b b iy i  s ifa tid a   o r ttir g a n   ta jrib a la r ig a   a s o sla n g a n   h o ld a  
respublikam iz  va  c h e t  ellard a  c h o p   etilgan  ilm iy,  o 'q u v -m e to d ik  
m a n b a la rn i  o 'r g a n is h ,  s h u n in g d e k ,  in te r n e t  m a te r ia lla r id a n  
foydalanilgan  holda  yaratildi.  Shu  bilan  birga  sport  psixologiyasining 
ko'p gin a  tu sh u n c h a lari  m ahalliy  sh a rt-sh a ro it  va  hozirgi  k u n n in g  
xususiyatlari  hisobga  olinib  an chagina  batafsil  yoritildi.
O 'quv  q o 'lla n m a   respublikam izda  «Sport  psixologiyasi»  fan idan  
o'zbek tilida tayyorlangan dastlabki ishlardan biri  bo'lgani  u chu n ayrim  
tushunchalar  kitobdan joy  olm agan  yoki  yetarli  darajada  pishiq  talqin 
qilin m ag an   b o 'lis h i  m um kin.  Shu  bois  m u alliflar  m a z k u r  o 'q u v  
qo'llanm aning m azm uni b o 'y ich a bildirilgan  xolisona  istak,  taklif,  fikr- 
m ulohaza  va  m aslahatlarni  sam im iy  qabul  qiladilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


«Sport  psixologiyasi»  jism oniy  mashq  va  m usobaqalar  sharoitida 
sp o rtc h i  p six o lo g ik   fa o liy a ti  q o n u n iy a tla r in in g   m e x a n iz m in i 
o ‘rganadigan  fandir.  Bu  fan  boshqa  psixologiya  sohalari  bilan  cham ­
barchas  bog'liqdir.  C hunonchi,  «Sport  psixologiyasi»  fani  sohasida 
faoliyat  ko'rsatayotgan  olim lar  um um iy  psixologiya,  pedagogika,  tib ­
biyot,  ijtimoiy  psixologiya, jism oniy m adaniyat  nazariyasi  asoslari  kabi 
sohalarda  erishilgan  nazariy  bilim lar va  amaliy  tajribalarga  tayanib  il­
miy  izlanishlar  olib  boradilar.  Bu  fan  sportchilarning  sportda  yuqori 
natijalarga  erishishlari  yo'lida  xizm at  qiladi.  Kishilarning  sport  faoli­
yati  uning  boshqa  faoliyat  turlaridan  farq  qiladi.  Sport  faoliyatining 
asosini jism oniy m adaniyat  m ashg'ulotlari va sport  musobaqalari tashkil 
etadi.  Shuning  uchun  ham   «Sport  psixologiyasi»  fanining  asosiy  vazi­
falaridan  biri  sportchilarni  sport  m usobaqalarida  qatnashishga  tayyor- 
lashdan  iborat.  Bu  tayyorgarlik  jarayoni  sportchilardagi  maxsus  jis­
m oniy  sifatlarni,  ko'nikm alarni,  qobiliyatlarni  shakllantirish,  bilim ­
larini  o'stirish,  jism oniy  va  ruhiy  qiyinchiliklarni  yengish  kabilarda 
paydo  bo'ladigan jism oniy  va  psixologik  tayyorgarlik  uslublarini  yana­
da  takom illashtirishni  talab  qiladi.  Shuningdek,  «Sport  psixologiyasi» 
fani  sportchilarga  o 'z  jam oa  a ’zolari  bilan  o'zaro  to 'g 'ri  m unosabatlar 
o'rn atish   yo'llarini  ko'rsatadi;  sportchining  jism oniy,  ruhiy,  taktik, 
texnik  tayyorgarligini  ham   o'rganadi.  «Sport  psixologiyasi»  fani  har 
bir  sport  turini  alohida  o'rganadi.
«Sport  psixologiyasi»  fani  60-yillarning  oxiriga  kelib  rivojlana 
boshladi.  Sobiq  Ittifoq  davrida  m azkur fan  bo'yicha  o'quv  adabiyotlari 
va  ilm iy-tadqiqot  ishlari  Rossiya  olim lari  tom onidan  yozilar va  boshqa 
re sp u b lik a   o lim la ri  o 'z   on a  tilig a   ta rjim a   q ilib   o 'r g a n a r   ed i. 
O 'zbekistonda  hozirgi  kungacha  o'zbek  tilida  «Sport  psixologiyasi» 
fani  bo'yicha  birorta  ham   darslik  yoki  o'quv qo'llanm a  yozilgan  emas.
«Sport  psixologiyasi»  fani  paydo  bo'lishining  birinchi  bosqichida 
asosan jism oniy  m ashq  bilan  shug'ullangan  kishilarning  ruhiy jaray o ­
niga  ta ’sir  m asalalari  (aqliy,  irodaviy)  o'rganilgan  bo'lsa,  asta-sekin 
sportchining  boshqa  xususiyatlariga  ta ’sir  etishi,  masalan,  sport  hara­
kat  m alakalari,  hissiy-irodaviylik  sifatlari,  sportchining startdan  oldin­
gi  ruhiy  ho lati,  m alakalam i  avtom atlashish  shakllari  kabilar  ham  
o'rganila  boshlandi.  Ikkinchi  bosqichda  «Sport  psixologiyasi»  fan  si­
fatida  pedagogik  faoliyat  jarayonlarida  qo'llanila  boshlandi:  sportchi-
www.ziyouz.com kutubxonasi


lam ing  bilish  jarayonlari  psixologiyasini  shakllantirdi;  ularning  iro ­
daviy  sifatlarini  tarbiyalash,  sportchilam ing  m usobaqaga  psixologik j i ­
h a td a n   tay yo rlash  m e x a n izm larin i  ishlab  chiqdi.  N a tija d a ,  sport 
psixodiagnostika  sohalari  paydo  bo'ldi.  Bu  bosqichda  ko‘plab  disser­
tatsiya  ishlari  bajarildi,  ya’ni  m uhim   ilmiy  tadqiqotlar  am alga  oshiril­
di,  sportchilarni  um um iy  psixologik  tayyorlash  m asalalari  ishlab  chi- 
qildi.  Sportchilam ing  texnik, jism oniy,  psixologik  va  taktik  tayyorgar- 
ligini;  sportchi  shaxsini  tarbiyalash,  sportchilar jam oasini  takom illash­
tirish  m asalalarini  hal  qilishga  erishildi.  Hozirgi  kunda  «Sport  psixo­
logiyasi»  fani  sportchilam in g   am aliy  faoliyati  qirralarini  yangi  shakl, 
vosita  va  uslublar  vositasida  o'rganuvchi  fan  sifatida  sp ortchilar  faoli­
yatini  ilmiy  asosda  boshqarish  ishlarini  to 'g 'ri  tashkil  etish,  sportchi- 
larga  yangi  nazariy  b ilim lar  berish,  ularning  shaxsiy  m uam m olarini 
yechish  uchun  y o 'l-y o 'riq   ko'rsatadigan  fanga  aylandi.
«Sport  psixologiyasi»  fani  sportning  barcha  turlarini  qam rab  oladi. 
Bu  fan  sport  m usobaqasi  davrida  sportchilarda  nam oyon  b o'ladig an 
jism oniy  va  psixologik  m ah o ratni  yanada  shakllantirish,  tarbiyalash 
qonuniyatlarini  o'rganadi  ham da  sport  m ashg'ulotlarini  sifatli  tashkil 
etish  uslublarini  ishlab  chiqadi.  «Sport psixologiyasi» fani sportda paydo 
b o'ladigan  m uam m oli  vaziyatlarning yechim ini  topish  uchun  quyidagi 
vazifalarni  to 'g 'ri  hal  etishni  o 'z   oldiga  maqsad  qilib  qo'ydi:
I.  Sport  faoliyatining  sportchilar  ruhiyatiga  ta ’sirini  o'rganish:
a)  sport  musobaqasi jarayonini psixologik jihatdan tahlil qilish  (sport 
turlarini  alohida  va  u m um iy  tahlil  qilish);
b)  sport  m ashg'uloti va  m usobaqasining sportchi  xarakteriga ta ’sirini 
o 'rganish;
d)  sportchilam ing  axloqiy  va  irodaviy  sifatlarini  o'rganish;
e)  sportchi  faoliyatining  shart-sharoitlarini  psixologik  tahlil  qilish;
0  jam oada  sportchilam in g   o 'zaro   m unosabatlari  va  tashkilotchilik
qobiliyatlarini  tajriba  yordam ida  shakllantirish.
II.  Sport  mashg‘ulotini  sifatli  tashkil  qilish  maqsadida  maxsus 
psixologik  ko'rsatmalar  ishlab  chiqish  va joriy  etish:
a)  sportchi  org anizm in ing  yuqori  darajada  ishchanligi  va  ruhiy 
faolligini  o'stirish  yo 'llarin i  topish;
b)  sportning  alohida  turlari  uchun  yangi  psixologik  uslublardan 
foydalanish.  M asalan,  psixodiagnostika  uslubi  yordam ida  sportchining 
ijtimoiy va  oilaviy sharoiti,  m uhiti, bilish jarayonlari  psixologiyasi,  sport 
qobiliyatlari  kabilar  o 'rg an ilad i;
www.ziyouz.com kutubxonasi


d)  sport  m ashg‘uloti  jarayonini  sifatli  tashkil  qilish  u ch un   sport 
anjom lari  bilan  ta ’minlash.

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish